06.10.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” Agentligi) bilan Latviya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi oʻrtasida Bitim
Кучга кириш санаси
06.10.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI (“OʻZSTANDART” AGENTLIGI) BILAN LATVIYA RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Akkreditatsiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Latviya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomondan Oʻzbekiston Respublikasi va ikkinchi tomondan Yevropa Hamjamiyatlari va ularga aʼzo davlatlar oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi 1996-yil 21-iyunda imzolangan Sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasidagi oʻzaro hamkorlikning foydaliligini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala Tomonning iqtisodiy manfaatlariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti (JST)ga kirish uchun tayyorgarlik olib borishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Latviya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlat boʻlganligini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doiralarida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni istab va milliy qonunchilikka muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni amalga oshirish davomida Tomonlar mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi qonunlariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy laboratoriyalarning oʻzbek va latviya vakolatli tashkilotlari tarafidan tashkil etiladigan laboratoriyalararo solishtirishlarda oʻzaro qatnashishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining taklifiga binoan, taklif etuvchi Tomon uyushtirayotgan ilmni oshiradigan turli tadbirlar (seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqalar)da ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining (manfaatdor Tomonning) iltimosiga binoan, akkreditatsiya masalalariga tegishli boʻlgan, oʻz mamlakatlarining qonunchilik hujjatlarini rus yoki ingliz tilida taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor Tomonning taklifiga binoan akkreditatsiya sohasida auditorlarni oʻqitishda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 2, 3 va 5-moddalari amali bilan bogʻliq xarajatlarni alohida shartnomalarga asosan taklif qilayotgan (manfaatdor Tomon) qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni (axborot, sharhlar, tajriba va h.k. almashish) Tomonlar mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq olingan hujjatlar yoki axborotning maxfiyligi uchun shu hujjatni yoki axborotni olgan Tomon masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat yoki axborot uchinchi tarafga faqat uni bergan Tomonning roziligi bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar va ularning natijalari haqidagi axborot faqat ikkala Tomonning roziligi bilan eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning, bir tomondan, Oʻzbekiston Respublikasi va ikkinchi tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari va ularga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Latviya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga aʼzoligidan kelib chiqadigan uning majburiyatlariga qandaydir tarzda taʼsir etadigan yoki oʻzgartiradigan qilib qoʻllanilishi yoki izohlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda va qoʻllashda yuzaga keluvchi barcha kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvlariga koʻra ushbu Bitimga tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin, mazkur bayonnomalar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan har biri oʻz niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga yozma ravishda xabar berib, ushbu Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Bitimning amal qilishi boshqa Tomon bunday xabarnomani olgan kundan boshlab 1 (bir) oy muddat oʻtgandan keyin tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2008-yil 6-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, latish va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim matnini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)