06.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1936
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBILDA TASHUVCHINING FOYDALANISH XIZMATI VA TEXNIKA XIZMATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-aprelda 1936-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” qarorini bajarish va umumiy foydalanishdagi avtomobilda tashish bilan shugʻullanayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish faoliyatini qonuniy tartibga solish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2009-yil 3-martdagi 19-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom avtotransport vositasida yoʻlovchi va yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlarning foydalanish xizmati hamda texnika xizmatiga oid vazifalarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1936-2, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1936-2/0495-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish xizmati — yuk va yoʻlovchilar tashishni belgilangan reja va shartnomalarga muvofiq ravishda tashkil qilish hamda amalga oshirish, tashish jarayonini boshqarish, nazorat va tahlil qilish, harakatlanish jadvallarini ishlab chiqish, yoʻlovchilar va yuklarni xavfsiz tashish hamda xizmat koʻrsatish sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xizmati — avtotransport vositalarini texnik jihatdan shay holda saqlash va ularni rivojlantirish ishlarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmati — korxonada xavfsiz va sogʻlom ish sharoitlari yaratilganligini va barcha xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, tarmoq boʻlimlari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar beruvchi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kirituvchi tarkibiy boʻlinma.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydalanish xizmati avtomobilda tashuvchi rahbariga bevosita boʻysunuvchi foydalanish boʻlimi boshligʻi tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari miqdori 150 tadan ortiq boʻlgan taqdirda foydalanish xizmatini avtomobilda tashuvchi rahbarining tashuvlarni tashkil etish va foydalanish boʻyicha oʻrinbosari boshqaradi. Korxona rahbari shtat tarkibiga alohida foydalanish boʻlimi boshligʻi lavozimini kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnika xizmati avtomobilda tashuvchi rahbariga bevosita boʻysunuvchi ishlab chiqarish texnik boʻlimi boshligʻi tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari miqdori 150 tadan ortiq boʻlgan taqdirda texnika xizmati rahbar oʻrinbosari (bosh muhandis va ayni vaqtda ishlab chiqarish texnik boʻlimi boshligʻi) tomonidan boshqariladi. Korxona rahbari shtat tarkibiga alohida ishlab chiqarish texnik boʻlimi boshligʻi lavozimini kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2016-yil 13-dekabrdagi 48-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1936-1, 16.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 576-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkor foydalanish xizmati va texnika xizmatini foydalanish xizmati va texnika xizmati mavjud boʻlgan korxonalar bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Yoʻlovchilar tashish jarayonida foydalanish xizmatining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanayotgan avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi talablarga muvofiq ravishda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlgan taqdirda transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avtomobilda tashuvchining faoliyat koʻrsatadigan hududidagi mavjud yoʻnalishlar hamda ochilish ehtimoli boʻlgan yangi yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilar oqimini oʻrganadi, yoʻlovchilar tashishda avtotransport vositasidan samarali foydalanish hamda aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va madaniyatini oshirish boʻyicha rejalar tuzadi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy transport boshqarmalariga yangi yoʻnalishlar ochish va/yoki mavjudlarini oʻzgartirish, harakat yoʻnalishi, yoʻnalish masofasi va harakatlanish jadvaliga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar beradi;
(6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1936-2, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1936-2/0495-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun boʻlib oʻtadigan ochiq tenderlarda ishtirok etishga talabgor sifatida qatnashadi, tenderlarda qatnashish uchun kerakli hujjatlarni (tender takliflari, tariflar uchun asoslar va h.k.) tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) avtotransport vositalarining har bir yoʻnalishdagi ish tartibini belgilovchi yoʻriqnomalarni, avtotransport vositalarini yoʻnalishga chiqarish va korxonaga qaytarish jadvalini, avtotransport vositalarining yoʻnalishlardagi harakatlanish vaqtlari meʼyorlarini ishlab chiqadi, shuningdek, avtotransport vositalarini zaruriy anjomlar (ekipirovkalar) bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yoʻl varaqalarini rasmiylashtirish, belgilangan miqdorda texnik jihatdan soz, zaruriy anjomlar bilan taʼminlangan avtotransport vositasini jadvallar asosida yoʻnalishga yetkazib turish, foydalanish xizmatiga oid hisob va hisobotni yuritish ishlari boʻyicha dispetcherlik xizmati faoliyati hamda chipta hisobchilari ishi ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yoʻnalishlardagi chipta sotuvchilarni va haydovchilarni yoʻnalishga chiqishda chiptalar bilan taʼminlanganliklarini hamda ish yakunida ular tomonidan tushumlarning topshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) avtotransport vositasining yoʻnalishdagi ishini tezkor dispetcherlik xizmati orqali boshqaradi, shuningdek, yoʻnalishdagi nazoratni amalga oshiradi hamda yoʻnalishga texnik yordam avtomobillarining yetkazib berilishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) haydovchilar ustidan tegishlicha boshqaruvni (ishga jalb qilish, avtomobillarga biriktirish) amalga oshiradi hamda avtotransport vositasining ish jadvalidan kelib chiqqan holda ularning ish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) yoʻnalishdagi bino va inshootlardan (avtoshohbekat, avtoboshbekat, toʻxtash joylari, dispetcherlik punktlari) samarali foydalanishni taʼminlaydi, ularda shikoyat va takliflar daftarlarining mavjudligini nazorat qiladi, tushgan shikoyat va arizalarning qatʼiy hisobini yuritadi, shuningdek, ularni koʻrib chiqib, tegishli muddatda javob qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) yoʻlovchi tashish transportining uzluksiz ishlashini taʼminlovchi boshqa turdagi ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yuk tashish jarayonida foydalanish xizmatining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuk tashish bilan shugʻullanuvchi avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobilda tashuvchi xizmat koʻrsatuvchi hududda mavjud yuk tashish aylanmasi hamda yuklarning mavjudligi, ularni tashish yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi, yuk joʻnatuvchi va qabul qiluvchilar boʻyicha tashish rejalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashishlar uchun buyurtma va arizalar qabul qiladi, tashish boʻyicha shartnomalar tuzadi, shartnomaviy tariflarni kelishib oladi, tashish shartlari, shuningdek, alohida hollarda, ortish-tushirish ishlarining ham bajarilishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yukni joʻnatish va qabul qilish manzillarini oʻrganib chiqadi, ularning avtotransport vositasini qabul qilishga hamda ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishga tayyorgarligini aniqlaydi, kirish yoʻllari, yoritilish darajasi, tarozxonasi, ortish va tushirish maydonining holatini, yuklovchilar hamda ortish-tushirish mexanizmlari bilan taʼminlanganlik darajasini tekshiradi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tashuvlarning oraliq masofasini tekshiradi, yuk beruvchining vakillari hamkorligida ularni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiradi, oraliq masofalarning roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtotransport vositasining yoʻnalishga chiqish hamda korxonaga qaytish jadvalini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) avtomobilning yuksiz qatnovi imkon qadar kam boʻlishini va tashish samaradorligini inobatga olgan holda, yuk tashish boʻyicha harakat jadvali va yoʻnalishini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) zarur hollarda, bir kecha-kunduzlik tezkor tashuvlar rejasini tuzadi hamda ana shu reja asosida har bir avtomobil uchun tezkor topshiriqni nazarda tutuvchi yoʻl varaqalarini yozib beradi va bajarish uchun haydovchilarga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) avtotransport vositasining yoʻnalishdagi ishini dispetcherlik xizmati orqali boshqaradi va nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, har bir yoʻnalishga texnik yordam avtomobillarining yetkazib berilishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) haydovchilar ustidan maʼmuriy boshqaruvni (ishga jalb qilish, avtomobillarga biriktirish) amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xalqaro tashuvlarni amalga oshirish uchun haydovchilarning ruxsatnoma blankalari bilan taʼminlanishlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amaliy yordam koʻrsatadi;
(7-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) yuk tashish avtotransportining uzluksiz ishlashini taʼminlovchi boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Foydalanish xizmatining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Foydalanish xizmati quyidagilardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispetcherlar guruhi (bosh dispetcher va navbatchi dispetcherlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishdagi xodimlar (yoʻnalish dispetcheri va nazoratchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chipta sotuvchi kassirlar (yoʻlovchilarni tashishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari guruhlari boshliqlari (avtotransport vositalari miqdori 150 tadan ortiq boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dispetcherlar guruhi (bosh dispetcher va navbatchi dispetcherlar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻlovchi tashishda — avtobus, mikroavtobus, taksi harakatini tashkillashtirish, harakatlanish jadvali va tartibini ishlab chiqish, tashuvlarni tezkor ravishda rejalashtirish, avtotransport vositasini yoʻnalishga chiqarish jadvalining bajarilishi ustidan nazorat olib borish, yoʻl varaqalarini rasmiylashtirish, berish, qabul qilish va tahlil qilish, yoʻnalish dispetcherlarini boshqarish, texnik yordam avtomobillarini yuborish, tashkilotlardan yoʻlovchilarni tashish boʻyicha buyurtmalar olish va ularni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuk tashishda — shartnomalar tayyorlash, tashuvlarga buyurtmalar qabul qilish, ularni bajarishni tezkor ravishda rejalashtirish, yoʻl varaqalari hamda tovar-transport yukxatlarini rasmiylashtirish, berish, qabul qilish va tahlil qilish, avtotransport vositasining yoʻnalishdagi ishini boshqarish, texnik yordam avtomobillarini yuborish bilan shugʻullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoʻnalishdagi xodimlar (yoʻnalish dispetcheri va nazoratchilar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻlovchi tashishda — avtobus, mikroavtobus, taksilarning yoʻnalishdagi harakatini tezkor ravishda boshqarish, harakatlanish jadvali va tartibiga rioya etilishini nazorat qilib borish, yoʻl hujjatlarini rasmiylashtirish, harakatlanishni nazorat qilish jurnalini yuritish, tushumning toʻliq yigʻilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuk tashishda — yuklarni tashishga tayyorlash hamda avtotransport vositalari harakati uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligini nazorat qilish, bajarilgan ishlar qaydnomasini yuritishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Avtotransport vositalari guruhlari boshliqlari oʻz navbatida xavfsiz saqlanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, avtotransport vositasining jadval asosida va jamlangan holatda yoʻnalishga chiqarilishini kuzatib boradi, haydovchilar, ularga biriktirilgan harakat vositalari hamda ish tartibini belgilash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtomobilda tashuvchining texnika xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnika xizmatining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnika xizmati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yangi va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etgan holda, avtotransport vositasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash jarayonlarini tashkillashtiradi hamda ish faoliyati, taʼmirlash ishlari va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar, uzel va agregatlar miqdorining kamaymasligini, shuningdek, avtotransport vositasini oʻz vaqtida texnik jihatdan soz holatda yoʻnalishga chiqarish uchun tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻnalishda avtotransport vositasidan texnik jihatdan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qiladi, yoʻnalishda ish vaqtining texnik sabablarga koʻra yoʻqotilishini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtotransport vositasini yoʻnalishdan qabul qilib olishni hamda uning tegishli joyda saqlanishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) foydalanish anjomlari uchun ketadigan sarf-xarajatlarni qisqartirish tadbirlarini amalga oshiradi, texnik xizmat koʻrsatish jarayonida yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) texnika xizmati sohasida kadrlar tayyorlash hamda texnik xizmat koʻrsatishda band boʻlgan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish boʻyicha texnik oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) texnik xizmat koʻrsatishda zarur boʻlgan bino va inshootlar, shuningdek, asbob-uskunalar va jihozlardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) texnik xizmat koʻrsatish jarayonidagi jarohatlanish sabablarini oʻrganadi, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, texnika xizmatiga oid hisobot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xavfsiz faoliyat koʻrsatish va texnik vositalar bilan taʼminlanishga oid boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Texnika xizmatining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnika xizmatining tashkiliy tuzilmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garaj boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustaxona boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino, inshoot va texnika vositalaridan foydalanish boʻyicha mexaniklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatchi mexaniklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va yordamchi uchastkalar ustalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik xizmat vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avtotransport vositasining bir maromda ishlashini taʼminlash uchun avtomobilda tashuvchi quyidagi bino, inshoot va texnik xizmat vositalariga ega boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasini saqlash uchun sovuq ob-havoda dvigatelni ishonchli tarzda ishga tushirishga imkon beruvchi texnik vositalar bilan taʼminlangan garaj yoki maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun roʻyxatdagi har 10 ta avtomobilga kamida bittadan toʻgʻri keladigan jihozlangan avtomobil joyi, texnik xizmat koʻrsatish, koʻrikdan oʻtkazish, taʼmirlash uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yonilgʻi-moylash va boshqa turdagi foydalanish mahsulotlarini saqlash va tarqatish uchun kerakli inshoot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik xizmat vositalari doimiy va/yoki harakatlanuvchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Barcha inshoot va texnik xizmat vositalari joylashuvi va foydalanilishiga koʻra avtotransport vositalari, asbob-uskunalar, elektrojihozlar, koʻtarish mexanizmlari, sanitar-texnik va boshqa qurilmalardan texnik foydalanish qoidalariga, yongʻin xavfsizligi qoidalariga, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga, garajlarni loyihalash meʼyorlari va shartlari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnika xizmati texnik jihozlarning uzluksiz va ishonchli ishlashini taʼminlashda ularni oldindan rejali taʼmirlash tizimiga asoslanishi, shuningdek, avtotransport vositasining kundalik texnik xizmati, birinchi texnik xizmat, ikkinchi texnik xizmat hamda joriy taʼmirni oʻz ichiga oluvchi texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash ishlarini yoʻlga qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnik xizmat koʻrsatish ishlari tasdiqlangan reja va ish hajmiga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Avtotransport vositasini saqlash va yoʻnalishga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Avtotransport vositasi usti yopiq bino ichida yoki avtotransport vositasining turishi uchun maxsus ajratilgan ochiq maydonlarda saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiq turish joyiga birinchi navbatda yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Avtotransport vositasi foydalanish xizmati va texnika xizmati oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv hamda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida yoʻnalishga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoʻl varaqalari avtotransport vositasining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi maʼlumot olinganidan keyingina yozib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Yoʻnalishda texnik yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnika xizmati yoʻnalishdagi nosoz avtomobillarga yordam koʻrsatish maqsadida texnik yordam koʻrsatish avtomobilini jihozlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Texnik yordam koʻrsatish avtomobili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon tipidagi kuzov yoki soyabon bilan taʼminlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki chiroqlar hamda xodimlarga moʻljallangan oʻrindiqlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iskanjali ustachilik dastgohi bilan jihozlanishi, avtomobillarni yoʻnalishda taʼmirlash uchun zarur asbob-uskunalar va moslamalar majmui, eng muhim ehtiyot qismlar, shuningdek, xizmat koʻrsatiluvchi avtomobillarni koʻtarib turish imkonini beruvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilni shatakka olib tortish uchun qattiq shatakka olish qurilmasi, tros, kerakli asboblar hamda sirpanishga qarshi zanjirlar bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonilgʻi va moy quyish uchun qoʻshimcha baklar, shuningdek, yonilgʻi quyish uchun jihozlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi vositalar (oʻt oʻchirish asboblari, qum toʻldirilgan qutilar), birinchi yordam uchun dori qutisi hamda qorongʻida taʼmirlash ishlarini olib borish uchun qoʻshimcha yoritish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Avtotransport vositasini yoʻnalishdan qabul qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Avtotransport vositasini yoʻnalishdagi ish vaqti tugaganidan soʻng qabul qilish hamda korxonaga qaytarish jarayonida ularning butligi va raqam belgilari tekshiriladi hamda nosozliklarni aniqlash maqsadida tashqi koʻrikdan oʻtkaziladi. Avtotransport vositasini qabul qilayotganda navbatchi mexanik yoʻl varaqasi va qayd etish daftariga spidometr koʻrsatkichlarini yozib qoʻyadi hamda qaytish vaqtini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashqi koʻrik navbatchi mexanik tomonidan haydovchi ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtkazish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zaruriy anjomlar, radiator ustki qoplami va kuzovning (kabina va platforma) tashqi koʻrinishi, ularning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dvigatelning ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moy, suv, tormoz suyuqligining oqib ketmayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rul mexanizmining tortqilari va sharli birikmalar, tros, shlang va quvurlar, tormoz, ramaning boʻylama toʻsinlari, koʻndalang toʻsin va ressoralar, shina, avtotirkamaning tirkash moslamalari ahvoli tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Koʻrik natijalari asosida navbatchi mexanik zarurat tugʻilganda, taʼmirlash ishlari roʻyxatini tuzib chiqadi. Avariya holatidagi shikastlanishlardan dalolat beruvchi nosozliklar aniqlangan taqdirda, navbatchi mexanik dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik nosozliklar tufayli avtotransport vositasi yoʻnalishdan vaqtidan oldin qaytsa, navbatchi mexanik buning sababini aniqlashi, yoʻl varaqasining tegishli joyiga belgi qoʻyishi, harakat tarkibining taʼmirdan oʻtkazilishini tashkillashtirib, uning yoʻnalishga qaytarilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 2-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 2-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qullab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 2-mart,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 192-modda; 2016-y., 50-son, 576-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/1936-2/0495-son)