31.03.2009 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AGROBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga hamda iqtisodiyotning agrosanoat sektori korxonalariga kredit berish va ularni moliyalashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli bank siyosatini shakllantirish, shuningdek aholiga hamda qishloq tadbirkorlariga keng koʻlamli bank va konsalting xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga, shu jumladan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalarga yuqori sifatli, jahon bozorida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etishga hamda ichki isteʼmol bozorini yuqori sifatli oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirishga koʻmaklashish maqsadida kredit berish va ularni moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda zamonaviy korporativ boshqaruvni shakllantirish va bank ijro etuvchi organining samarali faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning maqbul darajada kapitallashuvini, likvidliligini unga yuklangan vazifalarning bajarilishi va majburiyatlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun yetarli darajada saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal tijorat banki sifatida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks xizmat koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda faoliyat koʻrsatayotgan bank-moliya infratuzilmasini faollashtirish va kengaytirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga markaziy apparati tarkibida kreditlarning qaytariluvchanligi monitoringini olib borish va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish boʻyicha maxsus guruh tashkil etish tavsiya qilinsin, quyidagilar maxsus guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tizimli ravishda chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank filiallarida moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, kredit portfeli holatini, shuningdek kreditlarning taʼminlanganligi va ulardan maqsadli foydalanilishi holatini monitoring qilish va xolisona baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarning qaytariluvchanligi darajasini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Paxta-bank” aksiyadorlik tijorat banki chiqargan aksiyalarni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga qayta roʻyxatdan oʻtkazishni va yangidan chiqarilayotgan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazishni yigʻimlar undirmasdan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi va boshqaruvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning boʻlinmalarida va fermer xoʻjaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2009-yil mobaynida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari uchun, oʻqitish haqini undirmagan holda, fermer xoʻjaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga Milliy teleradiokompaniya, Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2009-2010-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini hamda uning tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni keng yoritish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Mirziyoyev Sh.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi ‎
2.‎ Tursunov Yo.E.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari‎
3.‎ Lavozimiga koʻra‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
4.‎ Eshmatov M.Yo.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari‎
5.‎ Omonov F.B.‎ —‎‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi ‎
6.‎ Gʻanixoʻjayev B.F.‎ —‎‎ Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari‎
7.‎ Xidirov Ya.S.‎ —‎‎ Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori‎
8.‎ Otajonov N.S.‎ —‎‎ “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ‎
9.‎ Qudratov E.K.‎ —‎‎ “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining raisi ‎
10.‎ Nurmatov Sh.I.‎ —‎‎ “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasining raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar Bank kengashi tarkibiga kiritiladi.
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)