31.03.2009 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AGROBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga markaziy apparati tarkibida kreditlarning qaytariluvchanligi monitoringini olib borish va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish boʻyicha maxsus guruh tashkil etish tavsiya qilinsin, quyidagilar maxsus guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tizimli ravishda chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank filiallarida moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, kredit portfeli holatini, shuningdek kreditlarning taʼminlanganligi va ulardan maqsadli foydalanilishi holatini monitoring qilish va xolisona baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarning qaytariluvchanligi darajasini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Paxta-bank” aksiyadorlik tijorat banki chiqargan aksiyalarni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga qayta roʻyxatdan oʻtkazishni va yangidan chiqarilayotgan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazishni yigʻimlar undirmasdan amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi va boshqaruvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning boʻlinmalarida va fermer xoʻjaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2009-yil mobaynida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari uchun, oʻqitish haqini undirmagan holda, fermer xoʻjaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga Milliy teleradiokompaniya, Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2009-2010-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini hamda uning tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni keng yoritish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)