Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.03.2009 yildagi 79-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “SURXONDARYo VILOYATINING SUV TAʼMINOTI VA SANITARIYASI” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining aholisi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining Direktorlar kengashi “Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli resurslaridan ekvivalentda 30,0 mln AQSh dollari miqdorida 19,36 mln summada qarz olishning maxsus huquqlaridan sakkiz yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 32 yilda qaytarish muddati bilan qarz, shuningdek 1,5 mln AQSh dollari summasida grant berilishini maʼqullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi ulushi ekvivalentda 8,5 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliqlar, bojxona toʻlovlari, majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilish shaklida ekvivalentda 5,77 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davri 2009—2014-yillar etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi loyiha amalga oshirilishi, qarz va grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya davrida (2009—2014-yillar) qarz boʻyicha foizlarni toʻlash Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya davridan keyin (2014-yilning II choragidan boshlab) qarzni qaytarish va foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Surxondaryo viloyatining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi mablagʻlari hisobiga, yetishmaydigan qismi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ajratiladigan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan birgalikda 1-ilova*ga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish va foizlar toʻlash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz va grant bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, shuningdek Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga Osiyo taraqqiyot banki bilan loyiha bitimini imzolash, shuningdek Surxondaryo viloyati hokimligi bilan subqarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz va grant bitimlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosani bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligiga va Surxondaryo viloyati hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha boʻyicha tender hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish va uni qaytarish uchun mablagʻlarni jamlash tartibi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan subqarz bitimi shartlariga muvofiq asosiy qarzni qaytarish va Osiyo taraqqiyot bankining qarzi boʻyicha foizlar toʻlashga zarur mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanishini nazorat qilish uchun javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzurida faoliyat koʻrsatayotgan Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini boshqarish guruhiga uning xodimlari sonini tegishli ravishda 4 nafarga koʻpaytirgan holda koʻrsatib oʻtilgan loyihani boshqarish funksiyasini yuklasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz bitimi shartlariga muvofiq bir oy muddatda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda loyihaning investitsiya davrida (2014-yil 1-aprelgacha) Termiz shahrida shtat jadvalini va yillik moliyalashtirish smetalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan majburiy kelishgan holda 4 nafardan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda mintaqalararo Xoʻjaipok vodoprovodidan foydalanish boshqarmasini suv taʼminoti tizimini boshqarishning yagona organini tashkil etish maqsadida balans topshirishning oxirgi sanasidagi holati boʻyicha Surxondaryo viloyatining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.Xanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish ustidan umumiy muvofiqlashtirishni amalga oshirish va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xaridi boʻyicha tender komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2010-yildan boshlab yillik investitsiya dasturlarini shakllantirishda koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) investitsiya davri mobaynida (2009—2014-yillar) bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga ulushi hisoblanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar koʻrsatilgan loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) tatbiq etilsin, yagona ijtimoiy toʻlov va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha 2015-yilgacha boʻlgan davrda loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 144-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son 60-modda)