Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 17.03.2009 yildagi PQ-1073-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KRIZISGA QARShI DASTURGA KIRITILGAN QO‘ShIMChA INFRATUZILMA OBYEKTLARI BO‘YIChA LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha infratuzilma obyektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shu asosda iqtisodiyotning tezkor rivojlanishini hamda respublika mintaqalarining tabiiy va iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining daromadlari hamda turmush darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009-yilda qo‘shimcha infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi ma’qullansin. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Krizisga qarshi dasturga kiritilgan, 2009-yilda ishga tushiriladigan qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari ro‘yxati 1, 1a, 1b va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda Krizisga qarshi dasturga kiritilgan infratuzilma obyektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarning buyurtmachilari — vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2009-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda 1, 1a, 1b va 2-ilovalarga kiritilgan loyihalar bo‘yicha belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi va ekspertizasi yakunlanishini, tanlov savdolari o‘tkazilishi va moliyalashning ochilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ishga tushirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlarining hududiy dasturlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va korxonalar rahbarlari zimmasiga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan muddatlarda qurish hamda ishga tushirishni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga binoan 4-ilovada* ko‘rsatilgan telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiyalash hamda rivojlantirish loyihalari doirasida import qilinadigan uskunalar, dasturiy apparat vositalari va materiallar 2010-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi 2009-yilda qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishi hamda ishga tushirilishini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini har oy Prezidium majlislarida ko‘rib chiqqan holda uning qat’iy nazoratga olinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1073-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 128-modda)