03.02.2006 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN NORMALARINI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyruq tartibida ish yuritishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur tartibda ish yuritishni belgilovchi qonunchilikka ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud buyrugʻi birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning alohida bir turi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida koʻrsatilgan talablar yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar boʻyicha beriladi va u ijro hujjati kuchiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sud buyrugʻi berish haqidagi talab Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 145-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi koʻrsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim boʻlgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga koʻra sud buyrugʻi berish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga quyilgan talablar daʼvo arizaga quyilgan talablarga oʻxshash ekanligini nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili koʻrsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrugʻini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqaro sogʻligʻi, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaro manfaati yuzasidan sud buyrugʻi berish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin. Bunday holda, sud buyrugʻi berish haqidagi arizaga, arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, fuqaroning sudga murojaat qila olmasligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarga tushuntirilsinki, buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasi oʻtkazishni istisno qilishi sababli koʻchar mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berish haqidagi arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oila qonunchiligi talabiga koʻra, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab, ota-onalarning biri yoki har ikkalasidan, boshqa ota-onalar, farzandlikka oluvchi, bolaning vasiy yoki homiyi yoxud bolalarni tarbiyalash muassasa maʼmuriyati tomonidan ham berilishi mumkinligi sababli, ular ham sud buyrugʻi berish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 152-moddasi bilan belgilangan daʼvo arizani qabul qilishni rad etishning umumiy asoslari bilan bir qatorda, agarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchining talabi va u taqdim etgan hujjatlarni oʻrganishda huquq toʻgʻrisida nizo borligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchining talabi FPKning 2382-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizaning shakli va mazmuni FPKning 2383-moddasi talabiga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanmagan boʻlsa sudya sud buyrugʻi berish haqidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud buyrugʻi berish haqidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda nizoli boshqa talab quyilgan boʻlib, ushbu talablarni alohida koʻrish imkoni boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2385-moddasiga muvofiq sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilishdan rad qilinishi va undiruvchiga tegishli tartibda daʼvo ariza bilan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida nazarda tutilgan talablar boʻyicha undiruvchi sud buyrugʻi berish haqidagi ariza bilan yoki daʼvo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud daʼvo talabini qabul qilish va ishni daʼvo tartibida koʻrishni rad qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2382-moddasida koʻrsatilgan talablar boʻyicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda sud buyrugʻi berish mumkin. Shunga koʻra, undiruvchi taraflar oʻrtasida daʼvo tartibida hal qilinishi lozim boʻlgan huquq toʻgʻrisida nizo mavjud emasligi haqidagi oʻz talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi FPK 2382-moddasining 3-bandiga asosan, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab boʻyicha sud buyrugʻi arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmasa beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar, birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan eʼtiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrugʻi berish mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud buyrugʻi berishni istisno etadi. Shuningdek, Oila kodeksi 102-moddasining 2-qismiga asosan voyaga yetmagan farzand taʼminoti uchun qatʼiy summada aliment undirish haqidagi talab ham sud buyrugʻi tartibida koʻrilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oila kodeksi 136-moddasining 3-qismi talabiga koʻra voyaga yetmagan bolalar uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishini eʼtiborga olib, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish talabida oʻtgan davr uchun ham aliment undirish talabi qoʻyilgan boʻlsa, oʻtgan davr uchun aliment undirish haqidagi talab Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 136-moddasining 4-qismida koʻrsatilgan holatlar aniqlangandagina qanoatlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, sud talab berilgan kundan boshlab aliment undirish haqida sud buyrugʻi berib, oʻtgan davr uchun aliment undirish qismi boʻyicha esa undiruvchiga daʼvo tartibida sudga murojaat qilishi huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2384-moddasiga muvofiq, sud buyrugʻi berish toʻgʻrisida ariza berilganda qonun hujjatlarida daʼvo arizalar uchun belgilangan tartib va miqdorda davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumiy qoida boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga jalb qilinmagan tarafga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari chet davlatlar tomonidan, shuningdek, chet davlatlarning shu tartibda qabul qilingan sud qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olinmaydi va ijro qilinmaydi. Bir vaqtning oʻzida ijro hujjati ham boʻlgan sud buyrugʻini berish taraflarni sud majlisiga chaqirib, ularning tushuntirishlarini eshitish imkoniyatidan mahrum qilishi sababli qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi sud buyrugʻini berish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish uchun ham asos boʻladi. Bunday holda, undiruvchining huquqlari qarzdorga sud majlisi oʻtkazilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berilgan holda ishni sud muhokamasida koʻrish orqali himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar ariza Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2383-moddasi talablariga javob bermasa yoki davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, sudya sud buyrugʻini berish haqidagi arizani qabul qilib, oʻz ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini toʻlash uchun koʻpi bilan uch kun muhlat berishi mumkin. Undiruvchi belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini toʻlasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kundan qabul qilingan hisoblanadi. Aks holda, sudya qonun talabiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud buyrugʻi berish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim uch kunda chiqarilishi va mazmuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 153-moddasi talabiga javob berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar, sud buyrugʻi berish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslarini sud buyrugʻi berishni rad etish asoslaridan farqlay bilishlari lozim. Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi FPK 2385-moddasida koʻrsatilgan sud buyrugʻi berish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslaridan farqli ravishda, sud buyrugʻi berishni rad etish uchun ariza qabul qilinganidan keyin taraflar oʻrtasida huquq toʻgʻrisidagi nizo mavjudligi, shuningdek, arz qilingan talabning FPK 2382-moddasida nazarda tutilmaganligi asos boʻladi. Sud buyrugʻi berishni rad qilish toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizani qabul qilishni rad etish hamda sud buyrugʻi berishni rad etish undiruvchini shu talab boʻyicha daʼvo tartibida sudga murojaat qilish huquqidan mahrum qilmasligi sababli, shu toʻgʻrida chiqarilgan sud ajrimlari ustidan shikoyat berilmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi FPK 2388-moddasining talablariga koʻra, sud buyrugʻi hal qiluv qaroridan farq qilib, unda bayon va asoslantiruvchi qismlar mavjud boʻlmasdan, talablarni qanoatlantirishga asos boʻlgan moddiy qonun normasini koʻrsatish bilan chegaralanishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2389-moddasida nazarda tutilgan sud buyrugʻining nusxasini qarzdorga darhol yuborish tartibi, shuningdek, FPKning 23810-moddasida koʻrsatilgan sud buyrugʻini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolatidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar oʻn kunlik muddatda qarzdor tomonidan arz qilingan talabga nisbatan eʼtiroz berilsa, sudya oʻz ajrimi bilan sud buyrugʻini bekor qilishi shart. Shu bilan birga, sudya buyruqni bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda undiruvchiga arz qilgan talabi boʻyicha daʼvo ishlarini yuritish tartibida murojaat qilish huquqini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirilmay taraflarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qonun talabiga koʻra, qarzdorning davlat boji miqdori yuzasidan keltirgan eʼtirozlari sud buyrugʻini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi, chunki davlat foydasiga davlat boji undirish undiruvchi va qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarga daxldor emas. Faqat asosiy talablar yuzasidan bildirilgan eʼtirozlargina sud buyrugʻini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sud buyrugʻiga nisbatan eʼtiroz bildirish uchun qonunda belgilangan oʻn kunlik muddatning qarzdor tomonidan oʻtkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, sud uning arizasiga asosan ushbu muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqida ariza bilan murojaat qilinmasdan turib, muddat oʻtkazilgandan soʻng berilgan shikoyatlar sud tomonidan koʻrilmaydi va muallifga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 2389-moddasida koʻrsatilgan qarzdor tomonidan eʼtirozlar taqdim qilinishi mumkin boʻlgan oʻn kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishligi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPKning 12-bobida koʻrsatilgan talablar qoʻllanilishi, shu jumladan, oʻtkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish toʻgʻrisidagi ajrimga nisbatan FPKning 130-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat keltirish mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur institutning sud hokimiyati samaradorligini oshirishdagi va sud ishini soddalashtirishdagi muhim ahamiyatini inobatga olib, sudlarga sud buyrugʻi berish amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son