Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2023 03.02.2006 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2023
Hujjat 03.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ER KODEKSINI TATBIQ QILIShDA SUD AMALIYOTIDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda erga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida bayon etilganidek, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini koʻzlab erdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan koʻrilgan yer bilan bogʻliq nizolar yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish shuni koʻrsatdiki, mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalari asosan toʻgʻri qoʻllanilmoqda. Shu bilan birga ishlarni taalluqliligi masalasida, yer uchastkasiga boʻlgan huquq va ularni bekor qilish, yer uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda erga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalarini toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini tatbiq qilish bilan bogʻliq ishlarni toʻgʻri hal qilish yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yerga oid huquqiy munosabatlar deganda — yer resurslarini boshqarish, uni qoʻriqlash va himoya qilish, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish, yer uchastkalariga egalik qilish va undan foydalanish jarayonida kelib chiqadigan huquqiy va boshqa ashyoviy munosabatlar tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi fuqarolarni huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar va erga oid huquqiy munosabatlar yuzasidan kelib chiqqan nizolar sudlarga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli organ va mansabdor shaxslarning yer munosabatlariga doir qarorlari va harakatlari ustidan berilgan shikoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 26—29 boblarida nazarda tutilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyat va arizalar boʻyicha ish yuritish tartibida koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ yoki mansabdor shaxslarning yer munosabatlarini tartibga solish yuzasidan qabul qilgan qarorlari yoki xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarda buzilgan huquqlarni tiklash, moddiy va maʼnaviy zararlarni qoplash talabi qoʻyilganda, bunday ishlar daʼvo yuritish tartibida koʻrilishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi vakolatli organning qarorini bekor qilish va u bilan bogʻliq yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va qayta sotib olish natijasida yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda yoki yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanilganida yer uchastkasini olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
servitutni belgilash yoki bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan huquq buzilishlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash va uni boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bogʻliq va boshqa nizolar daʼvo ish yuritish tartibida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibda tadbirkor maqomiga ega boʻlgan fuqarolar oʻrtasida kelib chiqqan xoʻjalik sudlariga taalluqli nizolardan tashqari qolgan barcha ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 31-moddasining 1-bandiga asosan umum yurisdiksiya sudlariga taalluqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi fuqarolarning huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar boʻyicha fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida sudya, FPKning 158-160-moddalariga muvofiq, shikoyat qilinadigan qarorni qabul qilishga asos boʻlgan zarur hujjatlarni talab qilib olishi va ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslar doirasini aniqlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha taraflar nizoli yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 10-moddasining 5-qismi va 21-moddasi talabiga muvofiq yer uchastkasini boʻlish imkoniyati boʻlmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu xol yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini yoki undan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi davlat hujjatlarida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini boʻlish va undan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek, yer uchastkasi chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 22-moddasining 4-qismiga asosan davlat yer kadastri va yer ekspertizalarining yer uchastkasini boʻlish imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosasi va yer uchastkasidan ilgaridan foydalanish tartibi oʻrnatilganligi holatidan kelib chiqishlari lozim. Agarda, birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasida ilgaridan foydalanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, u holda yer uchastkasi taraflarning uy-joydagi hissasiga mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 62-moddasining 4-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birgalikda egalik qiluvchilar oʻrtasida yerdan foydalanish tartibi oʻrnatilganidan soʻng vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki foydalanish tartibi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni eʼtiborga olishlari lozim. Yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulk ishtirokchilaridan birining umumiy foydalanishda boʻlgan turar joyda yordamchi imoratlar va qurilmalarni barpo etishi oʻz-oʻzidan birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasining oʻlchamini oʻzgartirishga asos boʻlmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlaridan biri uy-joyning oʻziga tegishli qismini oʻzga mulkdorga oʻtkazganda, shuningdek uy-joyning bir qismi vorislik, hadya va boshqa tarzda oʻzgaga oʻtkazilganda yer uchastkasidan foydalanish tartibini yangidan belgilashga, faqat bu tartib boshqa mulkdorlarning huquq va manfaatlariga zid boʻlmagan taqdirdagina, yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy mulkdorlarining biri imoratning oʻziga tegishli boʻlgan qismini uchinchi shaxs foydasiga oʻtkazganda, yer uchastkasidan foydalanishning ilgaridan oʻrnatilgan tartibi yangi mulkdor uchun ham majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini boʻlish yoki undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolar boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tarafga qoldiriladigan uchastkaning oʻlchami va chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarining oʻlchami va chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan turar joyga, yordamchi imoratlarga va qurilmalarga oʻtish joyining oʻlchami va chegaralari hamda boshqa eʼtiborga molik holatlari koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish haqidagi nizolarni hal qilishda, sudlar bunday huquqlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida koʻrsatilgan hollarda bekor qilinishiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasi 1-qismining 6-11-bandlari asosida yer uchastkalarini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi vakolatli organlar qarorlarining qonuniy va asosliligi masalasini hal qilishda, sud ular tomonidan mazkur kodeksning 38-moddasi talablariga rioya qilinganligi holatiga baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining 6-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlaridan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga joʻnab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan koʻproq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi. Bu holatda yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, lekin egasiz mol-mulk tariqasida davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil mobaynida yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdorining Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 40-moddasida belgilangan majburiyatlari bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan, servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar ular servitut toʻgʻrisida oʻzaro kelisha olmasalar, unda servitut cheklangan tarzda foydalanuvchining daʼvosi boʻyicha sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda sudlar, tegishli vakolatli organlarni ishga jalb etishlari va servitut belgilash yuzasidan ularning xulosasini olishi shart. Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat roʻyxatiga olinishi lozim. Yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda servitut saqlanib qoladi. Servitutni belgilashga sabab boʻlgan asoslar barham topsa belgilangan servitut bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va qayta sotib olish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37 va 41-moddalarida nazarda tutilgan shartlar va kafolatlar tegishli tartibda bajarilganidan soʻngina yer uchastkasini olib qoʻyishi mumkinligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-moddasining 3-qismiga muvofiq, davlat hisobidagi yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganida, uni qaytarib olish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga koʻra, yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganida uni yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, ijarachiga yoki yer uchastkasining mulkdoriga qaytarish sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish deganda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organning qarorisiz, yer uchastkasi chegarasi joyida belgilanmasdan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilmasdan hamda yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinmasdan yer uchastkalarini egallab olinishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86 va 87-moddalarida belgilangan tartib va holatlarda zarar yetkazuvchi hisobidan toʻla hajmda, fuqarolik qonun hujjatlarining zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni belgilovchi umumiy qoidalariga amal qilgan holda qoplanishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkasi berishni rad qilish toʻgʻrisidagi tuman hokimining qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrishda sudlar yer uchastkasi berish masalasida tanlov oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2002-yil 5-yanvardagi, “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 30-oktabrdagi hamda “2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2004-yil 24-dekabrdagi qarorlari asosida qabul qilingan nizomlarda bayon etilgan qoida va tartiblarga rioya qilinganligini aniqlashlari lozim. Qayd etilgan talablarga rioya qilmaslik shikoyatni qanoatlantirishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, fermer xoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning qarori hamda xatti-harakatlari ustidan shikoyat berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini tatbiq qilish bilan bogʻliq masalalarning muhimligidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga mazkur turkumdagi ishlarni muntazam ravishda umumlashtirib, muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son