Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2018 24.09.2004 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2018
Hujjat 24.08.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALILLAR MAQBULLIGIGA OID JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNI NORMALARINI QOʻLLAShNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy prinsipi — aybsizlik prezumpsiyasiga koʻra shaxs uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm faqat qonunda belgilangan tartibda toʻplangan dalillarga asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritish va uni sudda koʻrish davrida jinoyat-protsessual qonunining dalillar va isbot qilishga oid normalariga asosan rioya etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashni tartibga soluvchi qonun talablarini buzish hollari barham topmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlaridan fuqarolarni himoya qilish samarasini kuchaytirish, ular tomonidan Konstitutsiya va Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga rioya etilishi va bajarilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tushuntirilsinki, JPK 11-moddasida mustahkamlangan qonuniylik prinsipiga muvofiq, har bir jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv organlari, dastlabki tergov va sudning dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdagi faoliyatida ham qonuniylik prinsipining rioya etilishi majburiydir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonunni aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga koʻra yuz berganligidan qatʼi nazar, shu yoʻl bilan olingan dalillarning nomaqbul (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega boʻlmay, ulardan Jinoyat-protsessual kodeksining 82-84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qoʻyish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, isbot qilish jarayonida dalillarning maqbulligi toʻgʻrisidagi masalani toʻgʻri hal etish muhim oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalil tegishli subyekt tomonidan, yaʼni dalilni olish bilan bogʻliq boʻlgan protsessual harakatni oʻtkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faktga oid maʼlumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalil uni olish bilan bogʻliq protsessual harakatni oʻtkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab oʻtilgan shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning nomaqbul deb topilishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dalillar, jumladan, quyidagi hollarda nomaqbul deb topiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) dalil surishtiruvchi tomonidan surishtiruv tamom boʻlganidan soʻng, tergovchi, prokurorning yozma topshirigʻisiz oʻtkazilgan tergov harakati davomida olingan boʻlsa, tergov harakati belgilangan tartibda ishni oʻz yurituviga olmagan yoki tergov guruhi tarkibiga kiritilmagan tergovchi tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, tergov harakati JPK 76-moddasida belgilangan asoslarga koʻra rad etilishi shart boʻlgan shaxs tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) maʼlumotlar tergov va sud harakati oʻtkazilmasdan yoki qonunda nazarda tutilmagan manbadan, masalan, jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida olingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) dalil qonunga xilof usul bilan, yaʼni uni toʻplash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinmagan holda olingan boʻlsa, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) prokurorning sanksiyasi olinishi shart boʻlgan hollarda tergov harakatining sanksiya olinmasdan oʻtkazilishi (kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tergov harakatida xolis sifatida ish boʻyicha manfaatdor shaxsning, shu jumladan, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻrsatuvlarning, shu jumladan, aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi koʻrsatuvlarning qiynoqqa solish, zoʻrlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning shaʼni, qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda boʻlish, shuningdek, aldash va qonunga xilof boshqa yoʻllar orqali olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekspert xulosasining ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek, ekspert rad etilishi shart boʻlgan holda olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) himoyachining ishtiroki shart boʻlgan hollarda uning ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan koʻrsatuv olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yaqin qarindoshlarining JPK 116-moddasi talablariga xilof ravishda oʻz roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan soʻroq qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga oid maʼlumotlar yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov va sud boshlangan va tugallangan vaqtning koʻrsatilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 90—93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa talablarning bajarilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual qonuni talablari buzilgan tarzda olingan boshqa hollarda ham dalillar nomaqbul deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻplash paytida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi sababli nomaqbul deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda oʻtkazilgandan soʻng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati oʻtkazish bayonnomalarida ayrim maʼlumotlar yoki bandlarning yoʻqligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, tergovchini soʻroq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, nomaqbul deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga koʻra, tiklashning imkoniyati yoʻq (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart boʻlgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmay turib takroran soʻroq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran koʻrsatish va h.k.). Bu esa, isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tergov organlari va sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, ish boʻyicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov xulosasi va hukmda nomaqbul dalillarga asoslanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomaqbul deb topilgan dalillarni tiklashning imkoniyati boʻlmagan hollarda sud ishni qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytarmasdan, toʻplangan dalillar majmuidan kelib chiqqan holda ishni mazmunan hal etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonun buzilishi oqibatida olingan dalil surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan nomaqbul deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalilni nomaqbul deb topish masalasi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar tomonidan qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sud dalilni nomaqbul deb topganda, uni dalillar majmuidan chiqarish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda hukmning tavsif qismida koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan koʻrish paytida har bir instansiya sudi, taraflarning iltimosnomasi bilan chiqarilgan dalilni maqbul deb topish toʻgʻrisidagi masalani qayta muhokama etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar har bir jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv, tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-protsessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari, ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son