1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-son Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat bojining quyidagi stavkalari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik maslahatxonalarni hisobga olganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni, shuningdek yuridik maslahatxonalar toʻgʻrisidagi nizomlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshida koʻrsatilgan stavkalarning 20 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji summalari qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxslar ularning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalari koʻrib chiqilganligi uchun tegishli adliya organlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Faqat tanlangan bitta ixtisoslik boʻyicha advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxslar advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan litsenziya uchun davlat boji va ularning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalari koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimni mazkur qarorning tegishli ravishda 2-bandi beshinchi xatboshisi va 3-bandida koʻrsatilgan summaning 50 foizi miqdorida toʻlaydilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-son Qonunining 7-moddasiga muvofiq, 2009-yilning 1-yanvarigacha faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar 2009-yilning 1-iyuligacha advokatlik tuzilmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini koʻrsatib oʻtilgan Qonunga muvofiqlashtirishi majburiyligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi va Palataning hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuzishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda amaldagi advokatlik tuzilmalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni, ularda ishlayotgan advokatlar tomonidan malaka imtihonlari qayta topshirilishini, ularga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi yangi namunadagi litsenziyalar va advokat guvohnomalari berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Palataning hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari tarkibiga kiritilgan advokatlarga malaka imtihonlari topshirmasdan advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalari va ularda ishlayotgan advokatlar mazkur qarorga muvofiq tegishli ravishda advokatlik tuzilmalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berishda davlat bojlari va yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 12-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2003-yil 5-noyabrdagi 485-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 109-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb ataladi) qarorlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslik faqat fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat ishlarini yuritishda advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatishda talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat tanlangan ixtisoslik yoʻnalishlaridan qatʼi nazar huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma maʼlumotnomalar berish, huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat organlarida (sud organlaridan tashqari), jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat koʻrsatish huquqiy ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u boʻyicha belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Litsenziya olish uchun advokat maqomini olishga talabgor shaxs (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida olti oy stajirovka oʻtagan boʻlishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan advokatlik guvohnomasi advokatning maqomini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlangan har bir ixtisoslik boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziyalarni berish talabgorning doimiy yashash joyidagi adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablariga, Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda taqiqlanmagan vositalar va usullardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan hollarda tayinlov asosida jinoiy ishlarni koʻrib chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har uch yilda kamida bir marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziya olish uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish toʻgʻrisida familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport maʼlumotlari koʻrsatiladigan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan uning arizasini adliya organi koʻrib chiqishi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasining malaka imtihonini topshirganligi toʻgʻrisidagi qarori.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgordan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa boʻlimi orqali yoki elektron shaklda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar masʼul shaxs tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan yoki axborot tizimi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektron shaklda ular olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish toʻgʻrisida yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun undirilgan yigʻim summasi adliya organi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, kelib tushgan hujjatlar qoʻshimcha, shu jumladan, mustaqil ekspertizadan oʻtkazilganda adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari ushbu muddatni uzaytirishi, biroq 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgorning arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish natijalariga koʻra adliya organi litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va talabgorni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma talabgorga yozma shaklda bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgor davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan keyin ikki kun muddatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmasa adliya organi litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda adliya organi rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmasiga binoan bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bergan adliya organlari tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha litsenziyalar reyestrlari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tarafida betlar soni, daftarni yuritish sanasi (yil, kun, oy) koʻrsatiladi va adliya organi rahbarining muhri va imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor malaka imtihonini topshirgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin malaka imtihonini qayta topshirmasdan murojaat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning toʻliq roʻyxatini topshirmasa yoki ularni nomuvofiq ravishda rasmiylashtirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish staji boʻlmasa, shuningdek advokatlik tuzilmasida kamida olti oylik stajirovkadan oʻtmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqat boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyasining amal qilish muddati tugagan shaxs qonunga muvofiq talabgor boʻlishi mumkin boʻlmagan uch yillik muddat oʻtmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni boshqa sabablarga koʻra, jumladan maqsadga muvofiq emas deb hisoblash sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Litsenziyani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga yozma ravishda va rad etish sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, hujjatlar adliya organi tomonidan talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgor adliya organining litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatlarini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Talabgorning (advokatning) familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda u bir oy muddatda litsenziya bergan adliya organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni va litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgungacha advokatlik faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga talabgor (advokat)ning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya dublikatini olish uchun talabgor (advokat) litsenziya bergan adliya organiga familiyasi, ismi va otasining ismini hamda litsenziya dublikatini berish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda litsenziya dublikatini berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziya dublikatini berishda va litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi adliya organining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatini berish talabgor (advokat) arizasi olingan kundan boshlab uch kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Advokatga guvohnoma bergan adliya organlari advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, adliya organi advokatga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Advokatga nisbatan intizomiy ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, malaka komissiyasining qaroriga asosan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida, advokat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, ushbu advokatga guvohnoma bergan adliya organiga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar talabgor litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi oltinchi qismida va 131-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi sud qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror, tegishli ravishda advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Adliya organlari litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi buyruq chiqqan kundan boshlab uch kun muddatda bu toʻgʻrisida advokat maqomi toʻxtatib turilgan yoki toʻxtatilgan shaxsni shuningdek, Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasini yozma ravishda xabardor qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi axborot, advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan litsenziyalar reyestriga maʼlumotlar kiritish uchun litsenziya bergan adliya organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatga guvohnoma bergan adliya organi advokat maqomi toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻgʻrisida sud-tergov organlariga maʼlumot uchun xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi LITSENZIYA
Ushbu litsenziya ___________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______________________________________________________________________________________ ga berildi.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ushbu litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga advokat maqomini olish huquqini beradi.
Ruxsat berilgan ixtisoslik turlari:___________________________________________________________________
_________________________________________ (Litsenziyani bergan adliya organi rahbari F.I.O.)
Seriya ___________ №___________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________________ hududida advokatlik faoliyati bilan
shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning
DAVLAT REESTRI
Tartib raqami
Litsenziya olgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi
Litsenziya olgan fuqaroning yashash joyi (litsenziya olish paytida)
Litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Litsenziyaning amal qilish muddatini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1
2
3
4
5
6
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazish deb ataladi) hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarining muassislari advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) ega boʻlgan, advokat sifatida qasamyod qabul qilgan shaxslar va advokatlar boʻlishi mumkin, yuridik maslahatxonalar muassislari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis tomonidan (boshqa muassislar tomonidan buning uchun vakolat berilgan muassislardan biri tomonidan) imzolangan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik firmasi yoki advokatlar hayʼatini tashkil etish toʻgʻrisidagi, ularning muassislari toʻgʻrisidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hayʼatlari uchun) maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan taʼsis yigʻilishining protokoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlari davlat tilida ikkita nusxada;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud boʻlsa — emblema va boshqa ramzlarning ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika organi tomonidan berilgan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash nomlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Adliya organi quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar litsenziyalarining nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ustav advokatlik byurosi va advokatlik firmasining, ustav va taʼsis shartnomasi esa — advokatlar hayʼatining taʼsis hujjatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatining ustavi ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi, advokatlar hayʼatining taʼsis shartnomasi esa uning muassislari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq advokatlar hayʼatlaridagi aʼzolar soni oʻn nafardan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisobga olish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududiy boshqarmaning rahbari tomonidan imzolangan, yuridik maslahatxona tashkil etish zarurati asoslari aks ettirgan hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizom davlat tilida ikkita nusxada;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizom tegishli hududiy boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun zarur boʻlgan hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa boʻlimi orqali yoki elektron shaklda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza adliya organi tomonidan oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza adliya organi tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarini roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizani barcha zarur hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish yakunlariga koʻra adliya organi roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisida yoki roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati boʻyicha advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda quyidagilar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organining muhri bilan tasdiqlangan, “roʻyxatdan oʻtkazilgan” belgisi qoʻyilgan taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud boʻlsa — emblemasi va boshqa ramzlari ham, “tasdiqlangan” belgisi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati boʻyicha hisobga qoʻyilganda hududiy boshqarmaga quyidagilar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizom, “hisobga qoʻyildi” belgisi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhr va shtamp namunalarining eskizlari, “tasdiqlangan” belgisi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi guvohnomalarning blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Guvohnomalarning blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomalar blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Adliya organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni berish bilan bir vaqtda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha advokatlik tuzilmalarining tegishli reyestrlari hamda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda advokatlik tuzilmasi bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlar soni, daftarni yuritish boshlangan sanasi (yil, kun, oy) koʻrsatiladi, muhr, adliya organi rahbarining imzosi qoʻyiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya organi quyidagi hollarda roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish huquqiga ega:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa yoki ular lozim tartibda rasmiylashtirilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlari qonunchilikka toʻgʻri kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini tashkil etishning maqsadga muvofiq emasligi sababli roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomning 15-bandi uchinchi xatboshida koʻrsatilgan holatda roʻyxatdan oʻtishni rad etish bilan bir vaqtda adliya organi tomonidan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish haqida qaror qabul qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga yozma ravishda va rad etish sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar adliya organi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun muddatda, hisobga olish boʻyicha hujjatlar esa — uch kun muddatda koʻrib chiqiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi adliya organining roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga (nizomlariga) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari qayta tashkil etilganda roʻyxatdan oʻtkazgan (hisobga olgan) adliya organiga yetti kun muddatda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati vakolatli organlarining taʼsis hujjatlariga (advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari uchun) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (yuridik maslahatxonalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustavga va (yoki) taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatining muhri qoʻyilgan ikki nusxadagi matni (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarning uni tashkil etgan hududiy boshqarma muhri qoʻyilgan ikki nusxadagi matni (yuridik maslahatxonalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nom oʻzgartirilganda — roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash nomlar yoʻq ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek ikki nusxada yangi shtamp va muhr namunalarining eskizlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik tuzilmasini ajratib chiqarish yoki qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan boʻlish balansi yoki topshirish dalolatnomasi, shuningdek qoʻshilayotgan advokatlik tuzilmasining roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga (nizomlariga) kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur advokatlik tuzilmalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) tartibda va muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga (“Qoʻshimcha maʼlumotlar” ustuniga) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pochta manzili oʻzgarganda advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hayʼatlari va yuridik maslahatxonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalar oʻn kun muddatda roʻyxatdan oʻtkazgan (hisobga olgan) adliya organini bu haqda xabardor qilishi shart. Bunda davlat boji undirilmaydi. Adliya organlari bildirishnomani olgan kuni bu oʻzgarishlarning axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Advokatlik tuzilmalarining faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Adliya organlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar sifatida advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustavdagi faoliyatga, qayta tashkil qilish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Yuridik maslahatxonalar faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlanganda taqdimnomalar adliya organlari tomonidan ushbu yuridik maslahatxonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) tartibi buzilganda, shuningdek taʼsis hujjatlarining talablariga rioya etilmaganda adliya organi advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati va tegishli hududiy boshqarmadan iqtisodiy sud orqali bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishda adliya organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati jarima undirilgandan keyin qonunchilikni va taʼsis hujjatlari talablarini buzishda davom etsalar adliya organi iqtisodiy sudga ularni tugatish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqlidir.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Advokatlik tuzilmalari oʻz faoliyati natijalarini hisobga olib boradilar va tegishli hududiy boshqarmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan shakl boʻyicha va muddatda statistik maʼlumotlar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Advokatlik tuzilmalarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini qayta tashkil qilish ularning muassislari (sheriklari, aʼzolari) qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini tugatish ularning muassislari (sheriklari, aʼzolari) yoki iqtisodiy sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurosining muassisi boʻlgan advokatning litsenziyasi amal qilishining tugatilishi adliya organining daʼvo arizasiga koʻra ushbu advokatlik byurosining tugatilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yuridik maslahatxonalar faoliyatini toʻxtatish ularni tashkil etgan hududiy boshqarmalarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini qayta tashkil qilish va tugatish hamda yuridik maslahatxonalar faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida