31.12.2008 yildagi O‘RQ-198-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ADVOKATURA INSTITUTI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 19-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar) 240-moddasining ikkinchi qismi “yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun” degan so‘zlardan keyin “shuningdek guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishni rad etganda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 49-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 50-modda uchinchi qismining birinchi jumlasidagi “advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 51-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash to‘g‘risidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yohud ajrim O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan e’tiboran to‘rt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 52-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda advokat” degan so‘zlardan keyin “o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 53-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar to‘g‘risida bilish hamda ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda bo‘lsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 55-moddaning birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish” degan so‘zlar “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 57-moddaning birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish” degan so‘zlar “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 59-moddaning birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish” degan so‘zlar “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; so‘roq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning so‘roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish; o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik; so‘roq bayonnomasi bilan tanishish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish; ko‘rsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) quyidagi mazmundagi 661-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“661-modda. Guvohning advokati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish bo‘yicha guvohning advokati bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va orderni taqdim etganidan so‘ng, guvoh chaqirilgan paytdan e’tiboran qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi bo‘yicha chaqirilganligini bilish; guvohning so‘roq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan o‘tkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; so‘roq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni so‘roq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; so‘roq tugaganidan so‘ng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi, so‘roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Himoyachining iltimosnomasiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 87-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘plashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq to‘plangan materiallarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan albatta qanoatlantirilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 95-moddaning uchinchi qismi “Kodeksning” degan so‘zdan keyin “88, 90” raqamlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 114-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“So‘roqqa o‘z advokati bilan hozir bo‘lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. So‘roq tugaganidan so‘ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi, so‘roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlarini bayon etishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 224-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslardan bittasi mavjudligini bevosita ko‘rib yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa, gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini bildirishlari va undan yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart. Shu bilan birga, ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, shuningdek u bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi shart. Bunda ushlayotgan shaxs o‘zini tanishtirishi va ushlanayotgan shaxsning talabiga ko‘ra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 225-modda to‘rtinchi qismining birinchi jumlasi “tushuntiriladi” degan so‘zdan keyin “va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 230-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi so‘roqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qo‘llanilishi lozim bo‘lgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning ma’muriyati ushlab turish to‘g‘risidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida bo‘lsa, faqat o‘sha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 353-moddaning birinchi qismidagi “238” raqami “239” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 384-moddaning 10-bandi “barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari ko‘rib chiqilganligini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 1971-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1971-modda. Advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat so‘roviga javob taqdim etmaslikda ifodalangan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 245-moddaning birinchi qismi “197” raqamidan keyin “1971” raqami bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3-modda. Advokat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat ilmiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 31-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31-modda. Advokat maqomiga ega bo‘lish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida olti oy muddat stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida bir yildan keyin qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni o‘tkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki talabgorning faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. Shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran advokat Advokatlar palatasining a’zosi bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura o‘z faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini o‘z advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki a’zolikka asoslangan advokatlar hay’atini tuzishga yoxud faoliyat ko‘rsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat o‘z faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablag‘larni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), ta’sis shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Yuridik maslahatxona hisobga olingan kundan e’tiboran o‘z faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablag‘lari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minot oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar qonunda belgilangan tartibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 41 — 44-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-modda. Advokatlik byurosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurosining ta’sis hujjati muassis tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Advokatlik firmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik firmasining ta’sis hujjati uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustavdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik firmasini ta’sis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda o‘zaro sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga ko‘ra advokatlar — sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklik shartnomasida uning amal qilish muddati, sheriklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, boshqaruvchi sherikni saylash tartibi, uning vakolatlari va boshqa muhim shartlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar bilan bitimlar (shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari ko‘rsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklik shartnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sheriklik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sheriklardan biri bo‘lgan advokatning maqomi tugatilganda yoki to‘xtatib turilganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sheriklardan birining talabiga ko‘ra sheriklik shartnomasi bekor qilinganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan e’tiboran uning ishtirokchilari ishonch bildiruvchi shaxslarga (himoya ostidagi shaxslarga) va uchinchi shaxslarga nisbatan ijro etilmagan umumiy majburiyatlar bo‘yicha solidar tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklardan biri sheriklik shartnomasidan chiqqanda u o‘zi yuridik yordam ko‘rsatgan barcha ishlar bo‘yicha ish yuritishni boshqaruvchi sherikka topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklik shartnomasidan chiqqan advokat sheriklik shartnomasida o‘zi ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar bo‘yicha ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklik shartnomasi tugatilganidan keyin advokatlar yangi sheriklik shartnomasini tuzishlari shart. Agar yangi sheriklik shartnomasi avvalgi sheriklik shartnomasining amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran bir oy ichida tuzilmasa, advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga o‘zgartirilishi yoki tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan e’tiboran va advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga o‘zgartirilguniga qadar yoxud yangi sheriklik shartnomasi tuzilguniga qadar advokatlar yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida bitimlar (shartnomalar) tuzishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Advokatlar hay’ati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hay’ati a’zolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hay’atining ta’sis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan ta’sis shartnomasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’sis shartnomasida muassislar advokatlar hay’atiga o‘z mol-mulkini o‘tkazish shartlarini, ushbu hay’at faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hay’atiga yangi a’zolarni qabul qilish, muassislarning (a’zolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hay’ati muassislarining (a’zolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hay’atlari tarkibidagi a’zolar soni o‘ntadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hay’atida yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida tuziladi hamda advokatlar hay’atining hujjatlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hay’ati yuridik yordam ko‘rsatish uchun o‘zi turgan erdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Yuridik maslahatxona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik maslahatxona — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan advokatlik tuzilmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik maslahatxona tegishli hududda yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli bo‘lmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududlardagi yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik maslahatxonaning moddiy-texnika ta’minoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun xizmat xonalari va zarurat bo‘lganda, turar joylar ajratish bilan bog‘liq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishi shart bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga taalluqli axborotdan xabardor bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘plangan materiallarni o‘z ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat yuridik yordam ko‘rsatayotgan ishdagi zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta’minlangan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida), uchrashuvlarning soni va ularning davom etish vaqti cheklanmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoli uchrashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sug‘urta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni bajarish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “yordamchiga” degan so‘zdan keyin “va stajorga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokat o‘z professional faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, o‘ziga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat muayyan ish bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam ko‘rsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni so‘rab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv o‘tkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni dastlabki tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi bo‘lgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor bo‘lsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat qaysi shaxsning manfaatlarini himoya qilish topshirig‘ini olgan bo‘lsa, o‘z vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o‘zi ozod etmasa, haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat o‘z bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishida ishtirok etishga tayinlangan advokat fuqaroning to‘lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam ko‘rsatishdan bosh tortishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat davlat xizmatida turishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 8-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81-modda. Advokatning stajori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan advokat stajorga ega bo‘lishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs advokatning stajori bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajori bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajirovka advokatlik tuzilmasida o‘taladi. Advokatning stajori o‘z faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shug‘ullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat stajorining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “mijoz” degan so‘z “ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “advokat yordamchisi” degan so‘zlardan keyin “advokat stajori” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91-modda. Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida tuziladigan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat o‘rtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o‘ziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qat’i nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar, tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida o‘z zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqning predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq to‘lash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqni bajarishni o‘z zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga to‘lanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan haq to‘lanadi. Mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatxonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatxonaning ta’minoti uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “mijoz” degan so‘z “ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) quyidagi mazmundagi 121 — 124-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“121-modda. Advokatlar palatasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi advokatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari bo‘yicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-modda. Advokatlar palatasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obro‘-e’tiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ta’qiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatura faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-modda. Advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi bo‘lib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-modda. Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs bo‘lib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega bo‘lgan shaxslarga litsenziyalar berish to‘g‘risidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyalari Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qo‘shma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, malaka komissiyalarining ish tajribasini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qo‘shma qarorlari bilan advokatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlaridan teng miqdorda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“131-modda. Advokat maqomini to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat maqomini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo‘lmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilganda — bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bo‘lgan davrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni o‘tash davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘lmasa, — tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki o‘zgartirilguniga qadar bo‘lgan davrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar bo‘lgan davrga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik maqomini to‘xtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qo‘yadi, bundan advokat bedarak yo‘qolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi to‘xtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining to‘xtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat maqomining to‘xtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi to‘xtatilishiga olib keladi, ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 14 — 16-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy ish yuritish Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi yoki advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan ko‘zg‘atiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilariga muvofiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilariga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini ko‘rishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokat maqomining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo‘lganidan so‘ng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar talabgor litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 31-moddasining oltinchi qismida va 131-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga ko‘ra ham tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokat maqomining tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor bo‘lishga haqli emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatura faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
order shaklini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan Advokatlarning yig‘ma davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yig‘ma davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda) 10-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10-modda. Yuridik yordam olish huquqini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga ko‘ra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning o‘zi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining vakili tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam ko‘rsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 721-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga qat’iy rioya etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi to‘rtinchi xatboshisidagi “vakolat beruvchining, o‘z himoyasidagi shaxsning” degan so‘zlar “ishonch bildiruvchi shaxsning (o‘z himoyasi ostidagi shaxsning)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “yoki qamoqqa olish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “uning yordamchisidan” degan so‘zlar “uning yordamchisidan va stajoridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maxsus ruxsatnoma (order va advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa to‘siqlar vujudga keltirish man etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi qismidagi “vakolat beruvchining yoxud o‘z himoyasidagi shaxsning” degan so‘zlar “ishonch bildiruvchi shaxsning (o‘z himoyasi ostidagi shaxsning)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10-modda. Advokatning hayotini va sog‘lig‘ini muhofaza qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 12-moddaning ikkinchi qismidagi “respublika advokatlar jamoat birlashmasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini olti oy ichida ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarida advokat bo‘lib ishlamayotgan shaxslar tomonidan olingan litsenziyalarning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-198-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 514-modda)