10.03.2009 yildagi PQ-1069-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI USTAVLI VA BOSHQA ORGANLARI HUZURIDAGI DOIMIY MUXTOR VAKILI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili faoliyatini tartibga solish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3860-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili (keyingi oʻrinlarda — Doimiy vakil) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi va maqom jihatidan Oʻzbekiston Respublikasi Elchisiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (V.I. Norov) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 2009-yildan boshlab Doimiy vakil taʼminotining xarajatlar smetasi har yili tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R.S. Azimov) navbatdagi moliya yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Tashqi ishlar vazirligining xorijiy muassasalarini moliyalashtirishga ajratilgan budjet mablagʻlari hajmi doirasida Doimiy vakil taʼminotiga va faoliyatini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik organlari huzuridagi Doimiy vakili toʻgʻrisida” 2006-yil 12-oktabrdagi PQ-488-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1069-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 10-martdagi PQ-1069-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili (keyingi oʻrinlarda — Doimiy vakil) Oʻzbekiston Respublikasining Elchi maqomidagi diplomatik vakili hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Doimiy vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, 1961-yilda qabul qilingan Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va xalqaro huquqning boshqa normalariga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy vakilning turgan joyi Minsk shahridir (Belarus Respublikasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Doimiy vakilning asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Doimiy vakilning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (keyingi oʻrinlarda — MDH) organlarida Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH ishtirokchi — davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa yoʻnalishlardagi hamkorligi holatini va asosiy tendensiyalarini tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH doirasida amalga oshiriladigan koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar, loyihalar va dasturlarda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH organlari yigʻilishlarining kun tartibidagi masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash va pozitsiyalarni kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH, uning ustavli organlari faoliyatiga oid masalalar, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda oʻz vaqtida xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH organlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorligini taʼminlash, MDH doirasida oʻtkazilgan va oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yigʻilishlar, majlislar va boshqa tadbirlar materiallarini ularga oʻz vaqtida yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH Ijroiya qoʻmitasi, MDH ishtirokchi — davlatlarining doimiy muxtor vakillari, oʻzi boʻlib turgan mamlakatning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari, ishbilarmon, madaniy va ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari bilan Doimiy vakil vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan samarali hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligining topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mansabdor shaxslari va rasmiy delegatsiyalarining MDH doirasidagi tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashriflariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH doirasida xalqaro shartnomalar loyihalarini, shuningdek, MDH organlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va muzokaralar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH doirasida tuzilgan xalqaro shartnomalar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq normalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Doimiy vakil faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doimiy vakil qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy vakilga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq oʻrindoshlik asosida Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro tashkilotlardagi vakili lavozimi yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda Doimiy vakilning xarajatlar smetasida oʻrindoshlik asosida ishlagani uchun uning oylik maoshiga tegishli ustama nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Doimiy vakil faoliyatini moliyalashtirish tasdiqlangan smeta asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Doimiy vakil faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Doimiy vakil oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, oʻziga xizmat qiluvchi maʼmuriy-texnik xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, oʻzining taʼminoti uchun ajratiladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Doimiy vakil davlat va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarning saqlanishini, oʻz xavfsizligini lozim darajada taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Doimiy vakil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, tegishli muhr va shtamplarga ega boʻlib, bank muassasalarida istalgan valyutada hisob raqami ochishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Doimiy vakil oʻziga yuklatilgan funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Doimiy vakil oʻziga biriktirilgan mol-mulkka Oʻzbekiston Respublikasining va boʻlib turgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq egalik qiladi, unday foydalanadi va tasarruf etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 108-modda)