Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 19.12.2003 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi ayrim normalarining oʻzgartirilishi, birinchi instansiya sudi qarorlari va ajrimlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish institutining joriy etilishi hamda fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining sudlar tomonidan bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori fuqarolik ishlarini koʻrishda qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlari qabul qilish maqsadida moddiy va protsessual huquq normalariga ogʻishmay va qatʼiyan rioya qilish lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 1-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani qabul qilishni rad etishga haqli. Keltirilgan talablarning isbotlanmaganligi, daʼvo muddatini oʻtkazib yuborilganligi va boshqa, qonunda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qoʻzgʻatish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 149-moddasiga muvofiq arizada nafaqat daʼvogarning talabi, balki daʼvogar oʻz talablariga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar ham koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasi Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 149 va 150-moddalari talablariga javob bermasa yoki davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, sudya Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 154-moddasiga asosan arizani harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va kamchiliklarni tuzatish uchun muhlat beradi. Beriladigan muhlat chegarasi har bir muayyan holatda arizadagi kamchiliklar xususiyati va ularni bartaraf etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolik ishini qoʻzgʻatish, arizani harakatsiz qoldirish yoki arizani qabul qilishni rad etish masalasi sudya tomonidan tegishli ajrim chiqarish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni rad etishni qonunda nazarda tutilganidek, yaʼni ajrim chiqarish yoʻli bilan emas, balki “ustxat” orqali rasmiylashtirish hollarini amaliyotdan batamom chiqarib tashlash kerak. Arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizalar, shuningdek prokurorning huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 149-moddasi talablariga javob berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Daʼvodan voz kechilganligi toʻgʻrisidagi, daʼvoning tan olinganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek kelishuv bitimiga erishilganligi toʻgʻrisidagi arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va tegishincha, daʼvogar, javobgar yoki ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Agar bunday arzlar yozma shaklda taqdim etilgan boʻlsa, mazkur arizalar ishga qoʻshib qoʻyilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar va xulosalar, agar sud zarur deb topsa, sud protsessi ishtirokchilari (taraflar, guvohlar, ekspertlar) tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar arz qilingan talablarni sudda ish koʻrilayotganda tan olishi ish yuritishni tugatishga asos boʻla olmaydi. Sud tan olishni qabul qilsa, arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etishning asosiy shartlaridan biridir. Ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash fuqarolik protsessining mustaqil, barcha fuqarolik ishlari uchun majburiy bosqichi boʻlib, u har bir fuqarolik ishining xususiyati va toifasiga qarab amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmasdan turib, ishni sudda koʻrishga tayyorlash yuzasidan qilgan harakatlarini ajrim shaklida rasmiylashtiradi. Bu ajrim ustidan apellatsiya shikoyatidan alohida tarzda shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi tushuntirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga molik boshqa faktlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishni hal etish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularni oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqarolik ishi Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 131-moddasida belgilangan muddatlardan kechiktirilmay sudda koʻrishga tayyorlanishi va koʻrib chiqilishi lozim, shu jumladan muqaddam qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinishi munosabati bilan ish yangidan koʻrishga yuborilganida ham bu qoida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arizada yoki sud tomonidan bitta ish yurituviga birlashtirilgan bir qancha talablar hamda sudda koʻrishga tayyorlash va koʻrish yuzasidan baʼzilari boʻyicha umumiy, baʼzilari boʻyicha esa, qisqartirilgan muddatlar belgilangan boʻlsa, fuqarolik ishi sudda koʻrishga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan, oʻta murakkab ishlar boʻyicha, sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra, ikki oydan kechiktirilmay koʻrilishi lozim.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar shuni eʼtiborda tutsinlarki, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 110, 111-moddalariga muvofiq davlat bojini va davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish, sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorini kamaytirish sudning protsessual harakati boʻlib, faqat taraflarning mulkiy ahvoliga qarab amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarafning mulkiy ahvoli deganda uning davlat bojini qonunda belgilangan miqdorda bir yoʻla toʻlashiga qodir emaslik holatlari tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 121, 346-moddalarida belgilangan tartibda shikoyat berilishi, protest keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy va qarshi daʼvo arizalar hamda boshlangan sud jarayonida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning arizalari boʻyicha davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994-yil 3-noyabrda qabul qilingan 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga muvofiq miqdorda toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 249-moddasida koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralari, agar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud chiqargan hal qiluv qarorini bajarishni qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida ham, ish koʻrilayotganda ham qoʻllanilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu choralar jinoyat orqali yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, qarz summasini undirish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi va boshqa ishlarni koʻrishda qoʻllanilishiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 57-moddasiga muvofiq har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan boʻlsalar ham ularni muhokamaga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qoʻshimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirsa, sud ularning iltimosnomasiga koʻra dalillar toʻplashda ularga yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sud faqat nizo predmetiga nisbatan bevosita aloqador va birgalikda nizo mazmuni yuzasidan taraflarning vajlarini tasdiqlash yoki rad qilish, ish holatini aniqlash uchun yetarli boʻlgan faktik maʼlumotlarni va dalillarni tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ish holatlari arz qilingan yoki oʻzgartirilgan daʼvo predmeti doirasida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan dalillarni qabul qilishga, shuningdek kelib chiqqan nizo boʻyicha isbotlash vositalari boʻla olmaydigan maʼlumotlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan isbotlash vositalari doirasi, arz qilingan talablar va eʼtirozlarning xususiyatini inobatga olgan holda sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishni koʻrish keyinga qoldirilgan taqdirda, keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 33-moddasida sanab oʻtilgan yangi shaxslarni jalb qilish uchun keyinga qoldirilgan ishlar bundan mustasno. Zotan, bunday holda ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avvalgi sud majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 63, 65, 66 va 72-moddalarida nazarda tutilgan tartibda olingan yozma dalillar va guvohlarning koʻrsatuvlari ishni mazmunan hal qilinayotgan sud majlisida oʻqib eshittirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval chiqarilgan hal qiluv qarori bekor boʻlganidan soʻng, sudya ishni yangidan koʻrishda, bekor boʻlgan hal qiluv qarori chiqarilgan sud majlisida soʻroq qilingan guvohlarning koʻrsatuvlarini, agar yangi sud majlisida guvohlarning ishtirok etishi mumkin boʻlmasa (kasalligi, uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganligi tufayli va hokazo), oʻqib eshittirishga hamda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa dalillar bilan birgalikda baho berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonun boʻyicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻrtasida hamda yuridik shaxslar bilan fuqarolar oʻrtasida tuzilgan bitimlarga oid ishlarni koʻrishda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitim tuzilganligini, uning mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qilishi eʼtiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi har bir shaxsni uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini, uning yozishmalar va telefonda soʻzlashuvlar siri oshkor qilinmasligini kafolatlaydi. Qonunga xilof ravishda yozib olingan telefondagi soʻzlashuvlar dalil hisoblanmaydi va sud Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 56, 59-moddalariga asosan ularni koʻrish uchun qabul qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 207-moddasiga koʻra sud ishni daʼvogarning arz qilgan talablari doirasida hal qiladi. Biroq, sud daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda daʼvogarning arz qilgan talablari doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sud hal qiluv qarorini, daʼvogar oʻzining talablariga asos qilib koʻrsatmagan, lekin sud majlisida aniqlangan va har tomonlama tekshirilgan faktlar bilan asoslantirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Boshlangan sud majlisida faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi FPK 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan barcha asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sirtdan ish yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar javobgar sud majlisiga kelmaganligi tufayli daʼvogarning iltimosiga koʻra ishni koʻrish keyinga qoldirilgan boʻlsa, javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar sud majlisiga kelgan, ammo sud majlisi tugagunga qadar oʻzboshimchalik bilan sud majlisini tark etgan yoxud ish boʻyicha eʼlon qilingan tanaffusdan keyin uzrli sababsiz kelmagan taqdirda, sud mavjud boʻlgan materiallar asosida ishni uning ishtirokisiz koʻrish masalasini muhokama qilishi mumkin. Bunday sud majlisida chiqarilgan hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 320-moddasiga muvofiq sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishlari, prokuror protest keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, faqat sud ularning huquq va majburiyatlariga taalluqli hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirdagina apellatsiya shikoyati berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudning hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 320-moddasida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) muddatini mazkur qaror chiqqan kundan boshlab hisoblash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi arizalari, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 130-moddasida belgilangan qoidalar asosida birinchi instansiya sudi tomonidan sud majlisida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya (xususiy) shikoyati berish muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 346-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 332-moddasiga muvofiq sud ishni apellatsiya tartibida koʻrayotganda ishda mavjud boʻlgan va qoʻshimcha taqdim qilingan materiallar asosida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli ekanligini toʻliq tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarorini toʻliq tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning faktik holatlari aniqlanganligi, moddiy va protsessual huquq normalarining qoʻllanilganligi qanchalik toʻgʻri boʻlganligini tekshirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi daʼvo talablari doirasida taraflar tomonidan yangidan taqdim etilib, tekshirish uchun qabul qilingan dalillar asosida, agar ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar mazkur dalillar yuzasidan oʻzlarining fikrlarini apellatsiya shikoyatiga (protestiga) keltirgan eʼtirozlarida yoki apellatsiya instansiyasi sudi majlisida bildirishgan boʻlsa, yangi holatlarni aniqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda apellatsiya instansiya sudi ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrishga yubormasdan, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartiradi yoki uni bekor qilib, ish boʻyicha yangi hal qiluv qarori chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellatsiya shikoyati toʻliq hal qiluv qarori ustidan emas, balki uning bir qismi ustidan berilgan boʻlsa, shikoyat berilgan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmaydi, chunki apellatsiya instansiyasi sudi qonuniylik manfaatini koʻzlab Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 332-moddasiga muvofiq ishni toʻliq tekshirib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 93, 97, 100 va 337-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra apellatsiya instansiya sudi tegishli ajrim chiqarib, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, ish yuritishni toʻxtatib turishga, ish yuritishni tugatishga yoxud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellatsiya instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotganda ajrimda ish holatlarini tekshirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qaysi protsessual harakatlar birinchi instansiya sudi tomonidan bajarilishi lozimligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda apellatsiya instansiyasi sudi qaysi dalillar ishonchga sazovor, qaysilari sazovor emasligi, qaysi dalillarning boshqa dalillarga nisbatan ustunligi hamda ishni yangidan koʻrib chiqishda qanday hal qiluv qarori chiqarilishi mumkinligi haqidagi masalani oldindan hal qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan eʼtiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi va vakolatlariga doir tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 34813 va 34815-moddalarida nazarda tutilgan kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi va vakolatlariga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 27-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi oʻzgarishsiz qolgan yoki bekor qilinganligidan qatʼi nazar ishni apellatsiya instansiyasi sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi oʻzgarishsiz qolgan yoki bekor qilinganligidan qatʼi nazar ishni kassatsiya instansiyasi sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi FPK 312-moddasining uchinchi qismiga koʻra sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy asoslar deganda hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir qilmaydigan harakatlar, yaʼni protsessual huquq normalariga rioya qilmaslikni, shuningdek moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllashni tushunish kerak. Sud qarorlarini shak-shubhasiz bekor qilinishiga olib keladigan, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 314-moddasida sanab oʻtilgan protsessual huquq normalarini buzish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunda sud qarorlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish borasida cheklashlar belgilanmagan, shuning uchun sudning qonuniy kuchga kirgan har qanday hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ustidan nazorat tartibida protest keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi FPK 350-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil davomida berilishi mumkin. Uch yillik muddat oʻtgandan keyin berilgan arizalar koʻrilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir-biriga bogʻliq boʻlgan taqdirda ham, ikki yoki undan ortiq ishlar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar, qarorlar ustidan Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 353-moddasi tartibida bitta protest keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda qaysi ishlar boʻyicha bitta protest keltirilgan boʻlsa shu ishlar talab darajasida rasmiylashtirilishi uchun protestni imzolagan mansabdor shaxsga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shikoyatlarni nazorat tartibida koʻrayotgan sudlarni eʼtibori ish boʻyicha keltirilgan protestning koʻchirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga oʻz vaqtida yuborish hamda ularni ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 355-moddasi talablariga qatʼiy rioya etilishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 356-moddasiga muvofiq nazorat tartibida protest keltirgan mansabdor shaxs ish koʻrilgunga qadar protestni qaytarib olishga haqli ekanligini inobatga olib, uning protestni asoslantirish va xulosa qismini oʻzgartirishiga ham yoʻl qoʻyiladi. Ishni koʻrish vaqtida protest qaytarib olinishi ham, oʻzgartirilishi ham mukin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sud qarorida boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilgan hollarda, ishni nazorat tartibida koʻrishda FPKning 357-moddasida nazarda tutilgan protest doirasidan chetga chiqish huquqi, nazorat instansiyasi sudiga koʻrilayotgan ishga ilova qilingan, boshqa ishlar yuzasidan chiqarilgan, lekin protest keltirilmagan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni oʻzgartirish yoxud bekor qilish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat tartibida koʻrayotgan sud birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrilmagan qoʻshimcha materiallarga asoslangan holda hal qiluv qarorini oʻzgartirishga yoki yangi hal qiluv qarori chiqarishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sudlarga shu narsa tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi FPK 13-moddasining ikkinchi qismi talablariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlishi taqozo etiladi deganda, ishlarni nazorat tartibida koʻrish uchun Rayosat aʼzolarining toq (kamida uch nafar sudyadan iborat boʻlgan) soni tushuniladi, Oʻzbekiston Respublikasi FPK 27-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan, ishni nazorat tartibida koʻrishda qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydigan sudyalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 314-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash roʻyxati tugal boʻlganligi sababli, ish nazorat instansiyasi sudida juft sonli tarkibdagi sudyalardan iborat hayʼatda koʻrilgan boʻlsa, ushbu holat oʻz oʻzidan sud qarorini bekor qilishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 27-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, ishni viloyat sudining yoki unga tenglashtirilgan sudning nazorat instansiyasida koʻrish mumkin boʻlmasa, bunday ishning sudlovga taalluqliligi Oʻzbekiston Respublikasi FPK 30-moddasining uchinchi qismi talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 362-moddasida koʻrsatilgan asoslar roʻyxati tugal ekanligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda faqat sudning xulosasiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni, xususan arizachiga nomaʼlum boʻlgan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni eʼtiborga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori chiqarilganidan soʻng vujudga kelgan yangi holatlar mazkur qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishga emas, balki yangi talablar bilan murojaat qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 363-moddasi talabiga koʻra qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan qayta koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi chiqargan hal qiluv qarorini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudlarining ajrim va qarorlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish hal qiluv qarorini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta koʻrish haqida ariza berish muddati Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 365-moddasida belgilangan qoidalar asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish tegishli instansiya sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi FPKda belgilangan normalarga rioya etilgan holda koʻriladi.
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻradigan sudlar birinchi instansiya sudlari tomonidan fuqarolik ishlarini koʻrishda protsessual huquq normalariga rioya qilinayotganligiga eʼtiborni kuchaytirishlari hamda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan chora koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son