19.12.2003 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHINI HIMOYA HUQUQI BILAN TAʼMINLASHGA OID QONUNLARNI QOʻLLASH BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va oqlangan shaxsning (bundan buyon matnda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb yuritiladi) himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishda asos qilib olinuvchi prinsiplardan biri boʻlib, ish boʻyicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini oʻrganish natijalari shuni koʻrsatadiki, surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini asosan taʼminlab kelmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, ushbu huquqiy institut ish boʻyicha qonuniylikka rioya etish va haqiqatni aniqlashda juda muhim omil ekanligiga yetarli darajada eʼtibor berilmayapti. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ham, sud muhokamasi borayotganda ham qoʻpol tarzda buzish hollari barham topmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun talablariga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlash, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini buzish hollariga barham berish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir kishiga shaxsiy erkinlik va daxlsizlik taʼminlanishini kafolatlovchi normalaridan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi — yuzaga kelgan gumon, qoʻyilgan aybni rad etish yoki javobgarlik va jazoni yumshatish uchun unga qonun bilan berilgan protsessual imkoniyatlar (vosita va usullar) yigʻindisidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishning barcha bosqichida taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra (JPK 24, 64-moddalari), jinoyat ishini yuritishga masʼul barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishlari va oʻziga tegishli himoya huquqidan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar albatta sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilishi zarurligi haqidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya etishlari, ayblanuvchini nafaqat fosh etadigan, balki oqlaydigan, shuningdek, uning javobgarligini yengillashtiradigan va ogʻirlashtiradigan holatlarni ham aniqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda toʻplangan, tekshirilgan va baholangan dalillardangina foydalanish mumkin. Protsessual qonun talablari buzilgan holda toʻplangan dalillar ayblov asosiga qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashning muhim kafolati — uning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmasligi haqidagi Konstitutsiyada belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga qatʼiy amal etilishidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish majburiyati yuklanishi mumkin emas, oʻz aybsizligini yoki ish boʻyicha biror-bir holatni isbotlash masʼuliyatini yuklashga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Qonunga asosan bunday majburiyat jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qoʻllashda kelib chiqqan har qanday shubha ham uning foydasiga hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga, yaʼni ishlar sud majlisida taraflarning oʻzaro tortishuvi prinsipi asosida koʻrilishi shartligi haqidagi qoidaga soʻzsiz amal qilinishini taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tortishuv prinsipi ayblov va himoya funksiyalari bir-biridan ajratilgan holda amalga oshirilishini taqozo etadi. Bunda sud ayblov yoki himoya tarafida turmasligi hamda ularning biron bir manfaatlarini ifoda etmasligi lozim. Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda faqat ishni hal etish funksiyasini amalga oshirishi, yaʼni taraflarga protsessual huquqlarini amalga oshirish yoʻli bilan oʻz nuqtai-nazarlarini himoya qilishlari uchun teng imkoniyat yaratib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga binoan, sud protsessida taraflar dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning toʻgʻri hal etilishi, qonuniy va asoslantirilgan qaror chiqarilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, sudda ishlarni yuritishda tortishuv sud majlisida prokuror va himoyachining uzluksiz ishtiroki taʼminlangan holdagina roʻyobga chiqadi (sudlanuvchi qonunda belgilangan tartibda himoyachidan voz kechgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashning muhim elementlaridan biri qonun tomonidan unga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya)ning protsessual harakati yoki qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqining berilishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari va mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq, himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻrinda shuni nazarda tutish kerakki, shaxs JPK 221-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan soʻng rasmiylashtirilishi belgilangan boʻlsa-da, u amalda ushlangan (qoʻlga olingan) paytdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish huquqidan foydalanadi. Shu tufayli, bunday hollarda u guvoh sifatida soʻroq qilinishi, jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi haqidagi qaror unga eʼlon qilinmasdan hamda tegishli huquq va majburiyatlari tushuntirilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz bilan tegishli davlat organiga murojaat qilgan shaxs ham shunday huquqiy holatga ega (JPK 113-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real taʼminlash maqsadida, shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221, 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan yoki ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan (JPK 242-moddasi) hollarda jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlarining mansabdor shaxslari mahbus saqlanayotgan joy haqida uning yaqin qarindoshlariga yoki uning iltimosiga koʻra boshqa shaxslarga, voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida esa, shuningdek, uning qonuniy vakiliga JPK 217-moddasining 1-qismida belgilangan tartib va muddatda xabar berishlari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarning eʼtibori Jinoyat-protsessual kodeksining gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning himoyachi olish, aynan nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini, mahkumga esa, u qanday jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilganligini bilish huquqini kafolatlovchi 46, 48-moddalari talablariga qatʼiy rioya qilinishi zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov xulosasida va sud hukmida Jinoyat-protsessual kodeksining 360, 361, 379, 467-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniq bayon etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs bir necha jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlsa, bu holatlar har bir ayblovga nisbatan alohida bayon etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish boʻyicha himoyachi sifatida qatnashishi mumkin boʻlgan shaxslar toifasi JPK 49-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular jumlasiga, xususan, advokatlar hamda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlaridan biri yoki qonuniy vakillari kiradi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga binoan, belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan va advokatlar tuzilmalarining: advokatlar hayʼati, advokatlik firmasi, byurosi aʼzosi boʻlgan shaxslar advokat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yaqin qarindoshlari deganda, uning ota-onasi, aka-ukasi va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari (farzandlikka olinganlar), nevaralari, shuningdek er (xotin)ining ota-onasi, aka-ukasi va opa-singillari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining qonuniy vakillariga uning ota-onasi (uni bolalikka olganlar), vasiylar, homiylar, unga homiylik qiluvchi muassasa va tashkilot vakillari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda himoyachi sifatida ishtirok etishga ruxsat etilgan shaxsga surishtiruv, dastlabki tergov organi va sud tomonidan qaror (ajrim) shaklida yozma hujjat berilib, unda himoyachining JPK 53-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday qaror (ajrim) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud (sudya) tomonidan unga advokatning orderi yoki himoyachi sifatida tanlangan shaxsning qarindoshligi yoki vakillik vakolatini hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng darhol chiqarilishi kerak. Qaror (ajrim) nusxasi himoyachiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Himoyachi qonunga koʻra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi asosida boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ish boʻyicha bir necha himoyachi taklif etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻrinda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachini erkin tanlash huquqiga ega. Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) ish boʻyicha tayinlov asosida davlat hisobidan himoyachi ishtirok etayotgan taqdirda ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan taklif etilgan himoyachining ishda qatnashishiga monelik qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining jinoyat ishiga kirishishini rad etish toʻgʻrisida surishtiruv, tergov organi, sud (sudya) tomonidan chiqarilgan qaror ustidan jinoyat-protsessual qonunida koʻrsatilgan (JPK 27-moddasi) tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqiga oid qonun normalari mazmuniga koʻra, ish materiallarida davlat siri bilan bogʻliq maʼlumotlarning mavjudligi bunday maʼlumotlar bilan ishlashga maxsus ruxsati boʻlmagan himoyachining ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday hollarda himoyachi davlat siriga aloqador maʼlumotlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, himoyachining sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasligi ham uning ishda ishtirok etishiga monelik qilmaydi. Bu holda u JPK 20-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tarjimon bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qonunga muvofiq, ish boʻyicha JPK 51-moddasida koʻrsatilgan hollar mavjud boʻlganda, unda himoyachining ishtiroki shart ekanligi belgilangan boʻlib, bu talabga rioya etmaslik jinoyat-protsessual qonuni normalarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, “jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasalligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan shaxslar” deganda, jumladan, aqli raso deb topilgan boʻlsa-da, ammo ruhiy faoliyati doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, koʻrishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari boʻlgan yoki boshqa ogʻir xastalik bilan kasallangan shaxslar tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jinoyat ishi boʻyicha himoyachi yordamidan foydalanish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining huquqi hisoblanadi. Shu tufayli ham u ish yurituvning istalgan paytida himoyachidan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachidan voz kechganlik toʻgʻrisida sabablari koʻrsatilgan holda yozma murojaat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachidan voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining tashabbusi bilan va ushbu masala muhokama etilayotganda himoyachining real ishtiroki taʼminlangan holdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda ish materiallariga himoyachining ishda ishtirok etishga vakolati borligini tasdiqlovchi hujjat (advokatning orderi, qonuniy vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.) qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachidan voz kechishiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmasligi mumkin, agar u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy nuqsoni (kar, soqov, koʻr va h.k.) yoki ruhiy kasalligi tufayli oʻzini oʻzi himoya qilishga qiynalsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan boʻlsa.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek, himoyachidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza noilojlikdan (himoyachining mehnatiga haq toʻlash imkoniyatining yoʻqligi, ish boʻyicha himoyachining hozir boʻlmasligi va h.k.) kelib chiqqan hollarda ham himoyachidan voz kechishga yoʻl qoʻyilmasligi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachidan uning mehnatiga haq toʻlash imkoniyati yoʻqligi sababli voz kechmoqchi boʻlgan taqdirda, jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlarining mansabdor shaxslari JPK 50-moddasining toʻrtinchi qismi qoidalariga binoan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini bunday xarajatlardan toʻliq yoki qisman ozod etish chorasini koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya), ishning murakkabligi va boshqa holatlari gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini oʻzi amalga oshirishiga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin degan xulosaga kelsa, himoyachidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizani rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron bir sababga koʻra muayyan himoyachidan voz kechish hollari umuman himoyachi xizmatidan voz kechish deb qaralmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi haqida belgilangan namunada bayonnoma tuziladi hamda u gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi va surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadi. Sud majlisida bu haqda majlis bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishini talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Bunday talab barcha hollarda qanoatlantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining ishga yangidan kirishishi oʻsha paytga qadar amalga oshirilgan protsessual harakatlar takrorlanishini taqozo etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi davomida himoyachining ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos boʻlmaydi. Biroq, bu holda sud unga ish materiallari bilan tanishib chiqish va himoyasida boʻlgan shaxs huquq va manfaatlari himoyasiga kirishishga tayyorgarlik koʻrish uchun imkoniyat berishi kerak. Himoyachining u protsessga kirgunga qadar sud tomonidan soʻroq qilingan shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomasi JPK 448-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab, advokat oʻz vazifalarini bajarishni rad etishga haqli emas, JPK 79-moddasida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Himoyachi qonunga koʻra (JPK 53-moddasi) oʻz himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli huquqlar bilan taʼminlangan boʻlib, uning bu huquqlarini jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari tomonidan biror bir tarzda cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi oʻz himoyasi ostidagi shaxs ishtirokida oʻtkaziladigan barcha tergov harakatlarida, shu jumladan, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlari tushuntirilayotganda va u soʻroq qilinayotganda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi hal qilinayotgan, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishda, eksperiment oʻtkazilayotganda, tanib olish uchun koʻrsatilayotganda, yuzlashtirilayotganda, guvohlantirilayotganda, eksgumatsiya jarayonida, olib qoʻyish va tintuvda, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishda, mol-mulkni xatlashda, prokuror tomonidan soʻroq qilinayotganda qatnashishga haqlidir.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi jinoyat ishida qatnashishga ijozat olgan paytdan boshlab, ushlab turish haqida tuzilgan bayonnoma, ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalar yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish. Himoyachining bunday huquqi uning himoyasi ostidagi shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb eʼtirof etilgunga qadar oʻtkazilgan tergov harakatlariga oid bayonnomalar bilan tanishishga nisbatan ham amal qiladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, tergov organi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ishtirokida oʻtkaziladigan tergov harakatlari kuni, vaqti va joyi haqida uning himoyachisini oldindan xabardor etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamogʻida boʻlsa yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan boʻlsa, himoyachi u bilan qonunga koʻra (JPK 53-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining uchinchi qismi) soni va davomiyligi chegaralanmagan holda yakkama-yakka (holi) uchrashish huquqiga ega.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan uchrashishiga asos — uni ishda ishtirok etishiga ruxsat berganlik haqidagi qaror (ajrim) hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan muassasa maʼmuriyati himoyachidan u oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashishi uchun surishtiruv, tergov organi yoki sud tomonidan yana boshqa maxsus ruxsatnoma berilishini talab qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachiga oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashishga, oʻzining yoki himoyasi ostidagi shaxsning talabiga koʻra, jinoyat protsessining har qanday paytida darhol, gumon qilinuvchi bilan esa, JPK 48-moddasiga muvofiq ruxsat berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa maʼmuriyati himoyachiga oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashuv berishni rad etgan taqdirda, himoyachi bunday harakat ustidan prokurorga “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 30-32-moddalarida belgilangan tartibda shikoyat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonun talabiga koʻra (JPK 17, 88-moddalari) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qoʻriqlanishi taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash jarayonida qiynoqqa solish, zoʻrlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda boʻlish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya”ga koʻra “qiynoq” har qanday tusdagi shunday harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan maʼlumotlar yoki eʼtirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qoʻrqitish yoki zoʻrlash maqsadida yoki bunday ogʻriq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asoslangan har qanday sabab boʻyicha qasddan kuchli ogʻriq yoki jismoniy yoxud maʼnaviy azob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qiynoqqa solish, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash hamda insonga nisbatan boshqacha shafqatsiz yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda boʻlish, shuningdek, qonunga xilof boshqa choralar qoʻllash, shu jumladan, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini buzish natijasida olingan dalillar ayblov asosiga qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) qamoq joylaridan keltirilgan shaxsdan har doim surishtiruv, tergov harakatlari oʻtkazilgan paytda unga nisbatan qanday munosabatda boʻlishganligi hamda saqlash sharoiti toʻgʻrisida soʻrashlari shart. Surishtiruvning yoki tergovning qiynoqqa solish yoxud qonunga xilof boshqa usullari qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi har bir murojaat fakti boʻyicha arz qilingan vajlarini sinchiklab tekshirish, shu jumladan, tibbiy guvohlantirish oʻtkazish orqali sinchiklab tekshirishlari va natijasiga qarab, tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishga qadar protsessual yoki boshqa huquqiy choralar koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, isbotlash jarayonida tergov harakatlarini oʻtkazish, shu jumladan, soʻroq qilish tartibi va shartlari qonun bilan qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlanganidan, qamoqqa olinganidan, chaqiruv qogʻozi boʻyicha soʻroqqa kelganidan yoki majburan olib kelinganidan soʻng darhol yoki yigirma toʻrt soat ichida birinchi marta soʻroq qilishning (JPK 111-moddasi)da belgilangan qoidalariga rioya etilgan holda soʻroq qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman tergov harakatlari, faqat, soat 6 dan 22 ga qadar oʻtkazilishi kerak, JPK 88-moddasi ikkinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlarini yuritish tartibi va shartlarining buzilishi prokuror va sud tomonidan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ruhiy taʼsir oʻtkazish deb baholanishi mumkin. Bunday taʼsir ostida toʻplangan maʼlumotlar dalil kuchiga ega boʻlmaydi va ular ayblov hukmi uchun asos qilib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qonunga muvofiq (JPK 20, 51, 487-moddalari) quyidagi hollar gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi deb baholanadi, agar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga koʻra himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ish himoyachining ishtirokisiz tergov qilingan yoki sudda koʻrilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlari oʻzaro qarama-qarshi boʻlgan bir necha shaxsning huquqlari bitta himoyachi tomonidan himoya qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tergov tamomlangandan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan boʻlsa va qoidabuzarlik sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchiga ayblov xulosasi topshirilmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi soʻzlash uchun imkoniyat, shuningdek, oxirgi soʻz berilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish sudlanuvchining ishtirokisiz koʻrilgan boʻlsa (JPK 410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud boʻla turib, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan holatlarning aniqlanishi sud qarorining bekor qilinishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sud taraflar ayblov mohiyati va ish holatlari yuzasidan oʻz vajlarini bayon qilayotganda ularning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, raislik qiluvchi koʻrilayotgan ishning mohiyatiga aloqasi boʻlmagan holatlar boʻyicha gapirayotgan muzokara ishtirokchisi soʻzini boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 473-moddasi talabiga koʻra, hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, eʼlon qilinganidan soʻng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli boʻlgan boshqa tilda oʻqib eshittiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumga, oqlangan shaxsga taqdim etilishi shart boʻlgan hukm va boshqa sud (tergov) hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak (JPK 20-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu talablarga rioya etilmaganligi natijasida mahkum, oqlangan shaxs sud hukmi ustidan shikoyat berish imkoniyatidan mahrum etilgan boʻlsa, bu holat apellyatsiya shikoyati berish uchun belgilangan muddatni tiklash yoki apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Raislik qiluvchi hukm eʼlon qilingandan soʻng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatlarini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va unga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, unga afv soʻrab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud mahkumga, oqlangan shaxsga, ularning himoyachilari va qonuniy vakillariga sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratishi shart. Bayonnomaning qonunda belgilangan muddatdan kechikib imzolanganligi haqida protsessning manfaatdor ishtirokchilari oʻz vaqtida xabardor qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkumdan, oqlangan shaxsdan sud majlisi bayonnomasi bilan himoyachi ishtirokida tanishish istagi borligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda ariza kelib tushgan boʻlsa, sud bu haqda himoyachini xabardor qilishi va ularga ushbu huquqdan birgalikda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratib berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bayonnoma hajmining kattaligi va boshqa uzrli sabablar tufayli protsess ishtirokchilariga u bilan tanishish va eʼtiroz bildirish uchun besh sutkadan ortiq vaqt talab etilsa, bu muddat sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan taqdim etilgan eʼtirozlar muhim protsessual ahamiyatga ega boʻlganligi sababli sud (sudya) tomonidan sinchiklab va xolisona koʻrib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼtirozlar toʻliq yoki qisman rad etilgan hollarda sud (sudya) bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi va u eʼtirozlar bilan birga ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar koʻrib chiqilganligi haqida manfaatdor shaxslar xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sud berilgan shikoyat va bildirilgan protestlar toʻgʻrisida mahkumlarni, oqlangan shaxslar, himoyachilar hamda ushbu shikoyat va protest boshqa shaxslardan qaysi birining manfaatiga taalluqli boʻlsa, shu shaxslarni xabardor qilishi hamda ularning protest yoki shikoyat ustidan eʼtiroz berish huquqini tushuntirishi shart. Shu bilan bir paytda mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining hamda apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida berilgan protestning nusxasi yuboriladi (JPK 479-moddasi ikkinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning bu talabi buzilgan taqdirda, sud uni bartaraf etish chorasini koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sud ishning apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasida koʻrilishi kuni toʻgʻrisida Jinoyat-protsessual kodeksi 53-moddasi talabiga koʻra, mahkumning himoyachisini va qonuniy vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni koʻrish boshqa kunga qoldirilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi tomonidan ishning himoyachi ishtirokisiz koʻrilishi, agar u sud majlisi vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan va bu uning sud majlisida ishtirok etishi imkoniyatidan mahrum qilgan boʻlsa, bu holat jinoyat-protsessual qonun talablarining jiddiy buzilishi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining sudga kelmasligi, agar uning tegishli ravishda xabardor etilganligi toʻgʻrisida jinoyat ishida aniq maʼlumotlar boʻlsa va sud majlisini keyinga qoldirish uchun asos boʻlmasa, ishni uning ishtirokisiz koʻrishga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida himoyachining ishtiroki taʼminlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishi uning oʻz himoya huquqini amalga oshirishi nuqtai nazaridan ham, shikoyat va protestlar xolis hal etilishi nuqtai nazaridan ham juda muhimdir. Shuning uchun sudlar qamoqda saqlanayotgan mahkumning uni apellyatsiya sudi majlisiga tushuntirish berish uchun chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirishlari kerak (JPK 479-moddasi toʻrtinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahkumga (oqlangan shaxsga) berilgan himoya huquqi taʼminlanishining jiddiy kafolati, bu qonunga koʻra (JPK 494, 513-moddalari) yuqori instansiya sudi tomonidan jazoning kuchaytirilishiga, ogʻirroq jinoyatga doir qonun normasi qoʻllanilishiga, shuningdek, kassatsiya va nazorat tartibida sud qarorlarining qayta koʻrib chiqilishiga, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining ogʻirlashishiga olib kelsa, ayblov (oqlov) hukmi yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim (qaror) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, bir yil oʻtgandan soʻng yoʻl qoʻyilmasligidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sud hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni JPK 532, 542-moddalari tartibida hal qilishda himoyachining ishtirok etishiga, agar bu haqda mahkum, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimos qilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan mahkumga nisbatan, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy kasallikka chalingan mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalar himoyachi ishtirokida koʻrilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud (sudya) gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yuridik yordam uchun haq toʻlashdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda advokat mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasiga asosan yuridik yordam uchun haq toʻlashdan mehnatga qobiliyatsiz va toʻlovga qurbi yetmaydigan shaxslar, yaʼni qaramogʻidagi har bir shaxsga toʻgʻri keladigan jami daromadi eng kam ish haqining ushbu masala koʻrilayotgan vaqt uchun belgilangan miqdoridan koʻp boʻlmagan, binobarin kam taʼminlangan fuqarolar ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sudlar har bir jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv, tergov olib borishda, shuningdek, sud muhokamasi davrida gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ularning Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida himoya huquqini taʼminlashga oid talablarga rioya qilinganligi masalasini sinchiklab tekshirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 41-sonli qarori hamda 1999-yil 24-sentabrdagi “Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 41-sonli “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisida”gi 17-sonli qarori (unga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori bilan kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgarishlar bilan) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son