14.09.2001 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.09.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY NIZOLARI BOʻYICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kodeks normalarini sud amaliyotida tatbiq qilish, uy-joylarga bogʻliq nizolarni toʻgʻri va adolatli hal etish hamda kelib chiqayotgan muammo va chigalliklarni bartaraf etish maqsadida tushuntirishlar berish zaruriyati paydo boʻlganligini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy-joy qonunchiligi normalariga rioya qilish fuqarolar, shuningdek, uy-joy fondini hisobga olish, saqlash, foydalanish va taʼmirlashni taʼminlash vakolati yuklatilgan davlat organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning uy-joyga boʻlgan huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sudlar bunday toifadagi ishlarni hal etishda masʼuliyatni yanada oshirishlari, nizolarning qonuniy koʻrilishini toʻliq taʼminlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar boʻyicha daʼvo arizalari qabul qilish masalasini hal etishda, avvalo mazkur daʼvo talabining sudga taalluqliligi hamda daʼvo vakolatli shaxs tomonidan qoʻzgʻatilganligini tekshirishlari lozim. Xususan, sudlar quyidagi uy-joy nizolarini hal etish vakolatiga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy va davlat uy-joy fondlariga qarashli turar-joylarni ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchilar, ularning oila aʼzolari oʻrtasidagi uy-joy munosabatlari boʻyicha vujudga kelgan nizolar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi bilan fuqarolar oʻrtasidagi uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat uy-joy fondining turar-joyiga berilgan hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi nizolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy kodeksining 71—74, 79, 85-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha turar-joydan koʻchirish bilan bogʻliq nizolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik huquq majburiyatlari asosida vujudga keladigan uy-joy bilan bogʻliq nizolar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan vujudga keladigan nizolar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yordamchi xonalarni qayta qurish va oʻzgartirishga rozilik berish masalalarini hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organi va ijaraga beruvchilarning vakolatiga tegishli ekanligidan kelib chiqib, bunday masalalar boʻyicha daʼvolar sudga taalluqli emasligi sudlarga tushuntirilsin. Biroq, fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati va ijaraga beruvchilarning yuqorida qayd etilgan masalalarni hal qilishi bilan bogʻliq harakatlaridan norozi boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 27-bobida belgilangan tartibda tegishli shikoyat bilan sudga murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlar uy-joy bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda ularni xususiy yoki davlat uy-joy fondiga tegishli ekanligi haqidagi huquqiy maqomini aniqlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibdagi turar-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda sotib olingan kvartiralar va uylar, uy-joy hamda uy-joy qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq miqdorda toʻlangan kvartiralar, hadya, ayirboshlash shartnomalari hamda meros huquqi va Oʻzbekiston Respublikasi FKning 187-moddasi asosida olingan kvartiralar va uylar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan hamda ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda (oldi-sotdi, hadya, meros, va h.k. shartnomalar) olingan kvartiralar va uylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joylar fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlarning toʻla xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraga qarashli boʻlgan uy-joy fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joy fondi tarkibiga kirmaydigan binolardan (ishlab chiqarish binolari, sexlar, yigʻma inshootlar, palatkalar, oʻtovlar, vagon uycha va h.k.lardan) koʻchirishda yoki ularni boʻshatishda sudlar mulk ijarasi shartnomalarini tartibga soluvchi fuqarolik kodeksining normalarini tatbiq etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy uy-joy fondidan foydalanish, tasarruf etish, egalik qilish bilan bogʻliq nizolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xususiy mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan boshqa fuqarolarni turar-joyga koʻchirib kiritishga, jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor, uning oila aʼzolari, ijarachi va uning oila aʼzolari oʻrtasida uy-joy masalasida kelib chiqqan nizolar (uyga kiritish, uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish, uydan koʻchirib chiqarish) sud tartibida hal qilinadi va mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda nizoli uyda yashovchi voyaga yetgan barcha shaxslar tegishliligicha ishga jalb qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyga yashash uchun kiritish hamda turar-joydan foydalanishga boʻlgan huquqini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolarni hal etishda sud turar-joyga daʼvo qiluvchi shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasi 2 va 3-qismlarida qayd etilgan shaxslar safiga kirishi yoki boshqa asos boʻyicha uyda yashashga boʻlgan huquqiy holatlarini, qanday sabablarga koʻra yashamayotganligini va daʼvoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarni aniqlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning oila aʼzolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlari, mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek, mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xoʻjalik yuritayotgan va uning turar-joyiga roʻyxatdan oʻtgan boʻlsalar, mulkdorning oila aʼzosi deb topilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorga nisbatan uy-joyda yashash huquqini yoʻqotgan deb topishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, notarial tartibda tuzilgan uy-joy shartnomasida sotuvchi va uning oila aʼzolarining turar-joy roʻyxatidan chiqib ketish muddati koʻrsatilgan boʻlsa, shu muddat tugagan kundan, muddat koʻrsatilmagan boʻlsa shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ular turar-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ulushli mulkdagi uy-joylarni boʻlishda mulkdorlar oʻzaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushli yoki umumiy mulkda boʻlgan uy-joylarni boʻlishda sudlar, nizoli uy-joyda mavjud boʻlgan xonalar va foydalanishda boʻlgan umumiy maydonni hisobga olib, hissa boʻyicha teng yoki hissadan uncha koʻp, uncha kam boʻlmagan holda boʻlishni, yoxud ayrim xonalarni qayta qurish hisobidan uy-joyni boʻlish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida tegishli ekspertiza xulosalarini inobatga olishlari zarur. Sud bunday mulkdagi uy-joylarni boʻlishda taraflarga ajratilgan barcha xona hamda qoʻshimcha va yordamchi imoratlarni oʻz qarorida aniq koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushli mulk sifatida boʻlgan turar-joylar mulkdorlarga ularning ulushini asl holda ajratib berish oʻrniga boshqa mulkdor tomonidan kompensatsiya toʻlanishiga mulkdorlarning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Mulkdorlarning ulushi shu turar-joyga nisbatan boshqa mulkdorning ulushidan ancha kam boʻlsa, ulushga teng taqsimlashning imkoni boʻlmasa, mulkdor nizoli uyda yashamayotgan boʻlsa, u boshqa uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, mulkdan foydalanishda katta manfaatga ega boʻlmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar-joyni umumiy egalik ishtirokchilari oʻrtasida ularning hissasi boʻyicha boʻlishda alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni, alohida kirish-chiqish yoʻllari mavjudligini yoki ularni jihozlash yoʻli bilan boʻlishga imkoniyat boʻlgan taqdirdagina daʼvo qanoatlantirilishi lozim. Bunday imkoniyat boʻlmagan taqdirda, sud daʼvogarning iltimosiga koʻra, taraflarga turar-joydan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar-joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish yoxud ikkinchi tarafga hissasiga teng boshqa turar-joy olib berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 107-moddasi talabiga muvofiq turar-joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila aʼzolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila aʼzolari, hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uning oila aʼzolari oʻrtasida turar-joyni almashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ulardan har biri egallab turgan joyini turli uylar, kvartiralardagi turar-joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar-joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha ishlarni koʻrishda almashtirilayotgan turar-joylarda yashayotgan voyaga yetgan barcha shaxslarning ishga tegishliligicha jalb qilinib, almashtirish tartib qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilganligini, turar-joyni almashtirishga monelik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 109-moddasida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan-boʻlmaganligini, almashtirishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 112-moddasi talabi asosida amalga oshirilganligini har tomonlama tekshirishlari lozim. Koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilmaganlik almashtirish shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, turar-joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilganda, taraflarga ilgari egallab kelgan turar-joylariga koʻchib oʻtish majburiyati yuklatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar-joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qoʻyilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 114-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda mazkur fuqarolarga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishlariga binoan taraflar kelishuviga koʻra barcha qulayliklarga ega boʻlgan, avvalgisiga teng qiymatli uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi boshqa turar-joy mulk qilib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 6-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 6-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogʻliq nizolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudya fuqarolarni qonunda koʻzda tutilgan asoslar boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-28, 71—73-moddalari) boshqa uy-joy berish bilan uy-joydan koʻchirish toʻgʻrisida daʼvo arizani qabul qilishda uydan koʻchirilayotgan fuqarolarga taqdim qilinadigan uy-joyning aniq manzili koʻrsatilganligini tekshirishi shart. Agarda daʼvo arizada manzil koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday holat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi normalariga muvofiq arizani harakatsiz qoldirish haqida ajrim chiqarishga asos boʻladi. Bu xususda daʼvogarga maʼlum qilinadi va unga arizada mavjud boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Sudyaning talabi bajarilmagan taqdirda ariza taqdim qilinmagan deb hisoblanib daʼvogarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrishda, agar hujjat (order)da koʻrsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondiga tegishli turar-joydan foydalanib kelgan boʻlsalar ularga ilgari egallab turgan joy qaytarilishi yoki boshqa turar-joy bilan taʼminlanish masalasi ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida aniqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud, ishni koʻrishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama toʻliq va xolisona oʻrganib chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur daʼvoga oid barcha dalil hamda eʼtirozlarini va ishni kelishuv bitimi yoʻli bilan hal etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda koʻrishga tayyorlash va ish sudda koʻrilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi yoʻli bilan tugatishni taklif qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlarga tushuntirilsinki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar-joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasiga muvofiq uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravalarda harakatlanayotgan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilangan. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaslik maqsadida davlat uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar-joy berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qoʻshimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki oʻn sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlarga koʻchib kirish uchun berilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonun talablariga rioya qilinmagan holda berilgan order hokimiyat, korxona, tashkilot va muassasalarning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Turar-joy berish navbatining buzilishi sababli hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda, sud, quyidagi holatlarni: turar-joy berish navbati haqiqatdan ham buzilganligini; javobgar mehnat shartnomasi tuzishda koʻzda tutilishi mumkin boʻlgan asoslarda navbatidan tashqari yoki birinchi navbatda turar-joy olish huquqiga ega ekanligini; belgilangan tartibda turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar hujjatda (orderda) koʻrsatilgan uyga daʼvogarlik qilmaganligini (masalan, kattaroq, kengroq uy olish istagini bildirganligi) yoki ishni koʻrib chiqish davriga kelib javobgarga turar-joy berishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar bekor boʻlganligini (masalan, turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar turar-joy olgan boʻlib, nizo kelib chiqishiga sabab boʻlgan, daʼvogarlikdan voz kechgan hollar) aniqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 50-moddasi talabiga koʻra ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxslarni oila aʼzosi deb topish masalasini hal etishda (xotini, eri, bolalari, ota-onalaridan tashqari) sud ularning ijarachi va uning oila aʼzolari bilan munosabatlarini, umumiy xoʻjalik yuritganliklarini, bir-biriga oʻzaro yordam koʻrsatib kelganliklari va oilaviy munosabatlari mavjudligini guvohlantiruvchi holatlarni aniqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasida qayd etilgan shaxslar, agar ularni uyga koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi xonalardan, kvartiralardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar-joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishlari, oilaning boshqa aʼzolarini esa uyga (kvartiraga), mulkdorning roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, ularda turar-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganlarida (agar, turar-joy boʻyicha uzoq muddat saqlanishi koʻrsatilmagan boʻlsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda boʻlmasligi oqibatida turar-joydan foydalanish huquqi manfaatdor shaxslarning daʼvosi boʻyicha sud yoʻli bilan yoʻqotgan deb topilishi mumkin. Agar, sud, shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davrda yashamasligini uzrli sabablar oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblasa, daʼvoni qanoatlantirmasdan rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolarining talabi boʻyicha turar-joy ijara shartnomasini (turar-joyni boʻlish) oʻzgartirish mumkin. Bunday nizolarni koʻrishda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasi talabi mavjud boʻlgan sharoitdagina ijara shartnomasini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijaraga beruvchi turar-joyni ijaraga berish shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolar (kvartira haqi, xonalar va obodonlashtirish obyektlariga yetkazilgan shikast natijasida keltirilgan zararni qoplash va h.k.) boʻyicha taraf sifatida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondini boshqarish bilan shugʻullanuvchi organlar esa, turar-joy berish, turar-joylarni almashtirish, turar-joylarni saqlash (bron qilish) kabi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha taraf sifatida qatnashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat uy-joy fondidagi turar-joyning kapital taʼmirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar-joy berib koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sud, fuqarolarni koʻchirmasdan taʼmirlash mumkin yoki mumkin emasligini, kapital taʼmirlash vaqtida taqdim qilinadigan turar-joy sanitariya, texnik, yongʻinga qarshi talablarga javob berishligini hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligini, koʻchirilayotgan fuqarolarning yoshi, sogʻligʻi va boshqa eʼtiborga sazovor holatlarni hamda kapital taʼmirlash muddatini eʼtiborga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijarachilar fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uydan kapital taʼmirlanishi sababli chiqarilayotgan boʻlsalar, sud, uy kapital taʼmirlash ehtiyojiga muhtojligini, mulk egasi taʼmirlash imkoniyatiga ega ekanligini (masalan: mablagʻ, qurilish materiallarining mavjudligi), shuningdek taʼmirlash ishlarini amalga oshirish mumkin boʻlgan vaqtni inobatga olib, ijarachi va uning oila aʼzolarini maʼlum muddatga koʻchirib chiqarilayotganligini hal qiluv qarorida koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondiga qarashli turar-joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, oʻzgartirish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda bunday qurilishlarni amalga oshirish uchun ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi olinganligini aniqlashi, agar, bunday qurilishlar ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda, ijaraga oluvchi hisobidan bu qurilishlar buzib tashlanishi lozimligi sudlarga uqtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, bunday qurilishlar ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda, ijaraga oluvchi hisobidan bu qurilishlar buzib tashlanishi lozimligi sudlarga uqtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli uylardagi turar-joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, bunday nizo fuqarolarga shaxsiy mulk sifatida tegishli boʻlgan turar-joylarda yashovchi ijarachilar oʻrtasida kelib chiqadigan boʻlsa, bu holatda sud nafaqat mahalliy hokimiyat, balki uyga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan mulkdorning ham roziligini hisobga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat uy-joy fondiga tegishli turar-joy uchun kommunal xizmat haqlarini undirish haqidagi daʼvolar boʻyicha ishga faqat ijaraga oluvchi javobgar sifatida jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy uy-joy fondiga tegishli turar-joylarga koʻrsatilgan xizmat xarajatlari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha esa, mazkur turar-joyning barcha voyaga yetgan mulkdorlari ishga javobgar sifatida jalb qilinishi, basharti, bu turdagi daʼvolar qanoatlantirilgan taqdirda, toʻlov ulardan solidar tartibda undirilishi mumkinligi masalasiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yer uchastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan ijarachi yashayotgan uyi (kvartirasi) buzilishi oqibatida uydan koʻchirilayotganda, sud, yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish haqidagi tegishli hokimlikning qarori mavjudligini tekshirishi lozim. Bunday qarorning mavjud emasligi daʼvoni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, shu uy-joylarda yashovchi fuqarolarga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga binoan va taraflar kelishuviga koʻra barcha qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etgan holda shu aholi yashaydigan punktdan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan hamda shu aholi punkti joylashgan hududdan turar-joy berilishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud xizmat turar-joylaridan koʻchirib chiqarish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, avvalo, nizoli turar-joy xizmat turar-joyi maqomiga ega ekanligini aniqlashi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar-joy boʻlib, koʻchirilishi lozim boʻlgan fuqaro xizmat vazifasini bajarishi sababli olganligi va uy-joy berilayotgan vaqtda egallab turgan lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xizmat turar-joylari olish huquqiga ega boʻlgan xodimlar roʻyxatida koʻrsatilgan xizmatchilar toifasiga tegishli boʻlganligini eʼtiborga olib daʼvoni hal etish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli boʻlgan turar-joyga xizmat turar-joylari olish huquqiga ega boʻlgan xodimlar roʻyxatiga kirmaydigan shaxs berilgan hujjat (order) asosida joylashtirilgan boʻlsa, mazkur hujjat (order) haqiqiy emas deb topiladi va javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 47-moddasi talabiga muvofiq turar-joydan koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan koʻchirilishi mumkin boʻlmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada koʻzda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega boʻlgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar-joy berilishi bilan koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sud yotoqxonalardan koʻchirish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda javobgar egallab turgan xona yotoqxona maqomiga ega ekanligini tekshirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, xizmat lavozimi bilan bogʻliq ravishda berilgan yotoqxonadan chiqarishda daʼvogar va javobgar oʻrtasida qanday mehnat shartnomasi tuzilganligi va u qanday asoslarga koʻra bekor qilinganligini aniqlashi zarur. Bunda, sudlar, shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 85-moddasiga muvofiq ishni tugatgan mavsumiy-vaqtinchalik ishchilar, muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchilar, shuningdek, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz ixtiyori bilan yoki mehnat intizomini buzganligi sababli yoki jinoyat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasi bekor boʻlib ishdan boʻshaganlar hamda oʻquv yurtida oʻqishni tugatganlar, oʻquv yurti talabasi safidan chiqarilganlar boshqa turar-joy berilmasdan koʻchirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslar boʻyicha mehnat munosabatlarini toʻxtatgan shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasida qayd etilgan shaxslar, faqat, Uy-joy kodeksining 9-moddasi talablariga javob beradigan boshqa uy ajratilgan holda yotoqxonadan koʻchirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda yotoqxonadan joy ajratish mumkin boʻlmagan fuqaroga yotoqxona berilgan boʻlsa, bunday shaxsga nisbatan koʻchirib chiqarish toʻgʻrisida daʼvo taqdim qilinganda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 46-moddasiga muvofiq yotoqxonadan joy egallash toʻgʻrisidagi hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish masalasi hal etilishi lozim. Bunda sudlar Uy-joy kodeksining 47-moddasida koʻzda tutilgan qoidalar qoʻllanilishini eʼtiborga olishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni aniqlaganda ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-moddasiga binoan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli munosabat bildirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1984-yil 30-oktabrdagi “Oʻzbekiston SSR Uy-joy kodeksini sudlar tomonidan qoʻllash amaliyoti haqida”gi 11-sonli hamda shu qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi 1986-yil 25-aprel, 1988-yil 27-dekabrdagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son