Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2011 01.06.2001 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2011
Hujjat 01.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilash haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Vatanimizda Onalik va bolalikni muhofaza qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan va maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash masalasiga mamlakat istiqbolini belgilovchi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida qaralib, qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi kafolatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nikoh va oila masalalaridan kelib chiqayotgan nizolar boʻyicha fuqarolik ishlarini koʻrishda qonunlarni asosan toʻgʻri tatbiq qilishmoqda. Shu bilan birgalikda otalikni belgilash va voyaga etmagan farzandlar taʼminoti uchun nafaqa undirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha fuqarolik ishlari tahlil qilinganda sudlar tomonidan ayrim xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarni toʻgʻri va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash va otalikni belgilash haqidagi ishlarni koʻrib chiqishda amaliyotda kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlar otalikni belgilash toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrishda ish holatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi toʻgʻrisidagi meʼyoriy talablarga qatʼiy amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nikohda boʻlmagan onadan bola tugʻilganda, bolaning tugʻilganligi FHDYo organlarida qayd etilib, taqdim qilingan tugʻilganlik haqidagi guvohnomada bolaning otasi haqidagi yozuv, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 207-moddasi 3-qismi talabiga muvofiq otaning familiyasi — onaning familiyasi boʻyicha, otaning ismi va millati, onaning koʻrsatmasi asosida yozilgan taqdirdagina otalikni belgilash toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari sud ish yurituviga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi tariqasida aniq bir shaxs koʻrsatilgan boʻlsa, sudlar otalikni belgilash haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilmasliklari kerak, chunki FHDYo organlari tomonidan otalik toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumot (yozuv) bolaning unda koʻrsatilgan shaxsdan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. Shuning uchun sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 152-modda 1-qismiga asoslanib, arizani qabul qilishni rad etayotganida manfaatdor shaxsga yuqorida koʻrsatilgan yozuvga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasi 2-qismida belgilangan tartibda eʼtiroz bildirishga haqli ekanligini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Otalikni belgilash, otalik fakti va otalikni tan olganlik fakti tushunchalarini sud amaliyotida farqlay olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni sud tartibida belgilash — 1968-yilning 1-oktabridan keyin tugʻilgan bolalarga nisbatan otasi, deb taxmin qilinayotgan shaxs hayot boʻlgandagina yoʻl qoʻyilishi tushuniladi va bunday talablar daʼvo yuritish tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalik faktini belgilash — 1968-yilning 1-oktabridan keyin tugʻilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi, deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ish tushuniladi va bunday talab alohida ish yurituv tartibida koʻriladi. Mazkur faktni belgilash jarayonida manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo (meros boquvchisini yoʻqotganlik kabi) kelib chiqsa, u holda ariza sudda koʻrilmasdan qoldiriladi va manfaatdor shaxslarga umumiy asoslarda daʼvo qoʻzgʻatish huquqlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday fakt aniq ish holatlarini inobatga olgan holda bolaning onasi homilador boʻlgan davrda oʻzini tugʻilajak farzandning otasi, deb tan olgan shaxs vafotidan soʻng tugʻilgan bolaga nisbatan ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olganlik fakti — 1968-yilning 1-oktabrigacha tugʻilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan taqdirdagina manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qoʻzgʻatilgan ish tushuniladi va bunday ariza alohida ish yuritish tartibida koʻriladi. Bunday bolalarga nisbatan otalikni sud tartibida belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Otalikni belgilash haqidagi daʼvo arizani qabul qilishda sudya quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi FHDYoning yozuvi va guvohnomani talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) otalikni sudsiz eʼtirof etish imkoniyatini aniqlash maqsadida daʼvogar bilan suhbat oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Otalikni belgilash haqidagi daʼvo bilan bir vaqtda bolaga aliment undirish toʻgʻrisida talab keltirilishi ham mumkin. Bunday daʼvolar Oʻzbekiston Rsspublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 145-moddasiga koʻra javobgarning turar joyi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 241-moddasi 3-qismiga muvofiq daʼvogarning turar joyidagi sudga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar, otalikni belgilash va aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha javobgarning qayerdaligi nomaʼlum boʻlsa, sud ichki ishlar organlari orqali qidiruv eʼlon qilishi (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 140-moddasi) va ish yuritishni toʻxtatish haqidagi masalani (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 93-modda 3-qismi) hal etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga tayyorlash jarayonida tomonlarning oʻzaro haqiqiy munosabatlarini aniqlash maqsadida, sud, daʼvogar va javobgarni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 159-moddasi talablariga muvofiq suhbatga chaqirishi lozim. Agar, suhbat davomida yoki sud muhokamasi jarayonida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud, tomonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 61-moddasi 1-qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga birgalikda ariza berish yoʻli bilan otalikni ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirish mumkinligini tushuntirishi va buning uchun taraflarga maʼlum muddat belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning arizasiga binoan yozilgan otalikni belgilash toʻgʻrisidagi qaydnoma asosida berilgan bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma sudga taqdim etilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 100-moddasi 1-qismiga muvofiq ish yuritish tugatilishi lozim. Biroq, koʻrsatilgan daʼvo bilan birga aliment undirish toʻgʻrisidagi talab ham berilgan boʻlsa, bolalarga taʼminot berish uchun aliment toʻlash tartibi oʻzaro kelishmagan taqdirdagina, daʼvogarning talabi bilan sud aliment undirish toʻgʻrisidagi masalani mazmunan hal etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Voyaga etmagan ota-onalar oʻz otaligi va onaligini umumiy asoslarda tan olish yoki bunga eʼtiroz bildirish huquqiga egadirlar. (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 72-moddasi 3-qismi). Shu bilan birga, nikohda boʻlmagan voyaga etmagan ona tomonidan otalikni belgilash haqida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, xuddi shuningdek, bunday daʼvo voyaga etmagan shaxsga nisbatan berilganda, sudlar voyaga etmagan daʼvogar yoki javobgarlarga zarur huquqiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida ishda qatnashish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari)ni jalb qilish masalasini muhokama qilishlari lozim (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi 38-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 10-moddasi talabiga muvofiq otalikni belgilash haqidagi daʼvolar boʻyicha ishlar sudning yopiq majlisida koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilash haqidagi ishlar yuzasidan sudlar kelishuv bitimini tasdiqlashlari mumkin emas, chunki, otalikni belgilashning shartlari va tartiblari qonun bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ota-ona va bolalarniig oʻzaro huquq hamda majburiyatlari farzandlar dunyoga kelishi bilan vujudga kelishini nazarda tutib, otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda sud bolaning kelib chiqishini aniqlashi, bunda javobgar bolaning onasi bilan birgalikda yashaganligi, ularning umumiy roʻzgʻor yuritishganligi yoki bolani birgalikda tarbiyalaganliklari, yoinki moddiy jihatdan taʼminlaganliklari yoxud javobgar oʻz otaligini tan olganligini mavjudligiga eʼtibor berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bolaning onasi javobgar bilan birgalikda yashaganligi va umumiy roʻzgʻor yuritishganligi oilaviy munosabatlarga xos quyidagi holatlarning mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin: bir turar joyda istiqomat qilish va birgalikda xoʻjalik yuritish; oʻzaro gʻamxoʻrlik qilish va birgalikda yashash uchun zarur mol-mulklarni xarid qilish javobgar va daʼvogarning oʻzaro er-xotinlikdek munosabatlarida boʻlganliklarini isbotlovchi boshqa holatlar va shu kabilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola tugʻilganiga qadar birgalikda yashash va umumiy roʻzgʻor yuritishni toʻxtatilishining oʻzigina otalikni belgilash haqidagi talabni rad qilishga yetarli asos boʻla olmaydi (bu munosabatlar homila paydo boʻlishidan oldin tugagilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli, sudlar, homila boshlanishi qaysi davrga toʻgʻri kelishini va bu davr taraflarning birgalikda yashagan yoki munosabatda boʻlgan vaqtiga toʻgʻri kelish-kelmasligini tekshirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi va javobgarning birgalikda yashashi, javobgarning bola bilan muloqotda boʻlib kelib, unga nisbatan eʼtibor va gʻamxoʻrligini koʻrsatishi bolani birgalikda tarbiyalash, deb tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi va javobgar tomonidan birgalikda taʼminlab kelinishi deganda, bola ularning qaramogʻida boʻlganligi yoki javobgar tomonidan bolani boqish uchun moddiy (miqdoridan qati nazar) yordam koʻrsatib kelganligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olish dalillari jumlasiga javobgarning maktublari, surʼatlari, anketalari, arizalari va javobgarning otalikni tan olishini ishonchli ravishda tasdiqlovchi boshqa faktik maʼlumotlar kiradi. Bunday tan olish bola onasining homiladorlik davrida (boʻlajak ota-onaning bola koʻrish xohishi haqidagi fikrlari, boʻlajak otaning bolaning onasiga nisbatan gʻamxoʻrlik va boshqalar) ham, bola tugʻilgandan keyin ham ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olishni aniqlashda shaxsning bolaning haqiqiy otasidek muayyan harakat qilganligiga shubha tugʻdirmaydigan holatlargina guvohlik bera olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 3-qismida koʻrsatib oʻtilgan holatlarning mavjud emasligi otalikni belgilash toʻgʻrisidagi daʼvoni rad qilish uchun doim ham yetarli asos boʻla olmaydi. Shuning uchun sudlar, boshqa dalillar majmui bilan birga homila vaqti toʻgʻrisidagi yoki javobgarning homila paydo qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi sud-tibbiyot espertizasi, odam DNKsi yuzasidan sud-biologik ekspertizasi xulosalari, shuningdek, har bir alohida ishning boshqa muayyan holatlariga huquqiy baho berishlari lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud taqdim etilgan dalillar majmui javogarning otaligini belgilash uchun yetarli emas, degan xulosaga kelsa, haqiqatni aniqlash va xatolikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz tashabbusi bilan yoxud tomonlarning talabi asosida tegishli sud-tibbiyot odam DNKsi boʻyicha sud-biologik espertizalari oʻtkazishi mumkin. Shu bilan birga, taraflarning bir joyda istiqomat qilishi va birgalikda xoʻjalik yuritishi, oʻzaro gʻamxoʻrlik qilishi va birgalikda yashash uchun mol-mulklar xarid qilganlik holatlarini tasdiqlovchi yetarli dalillar mavjud boʻlsada, bolaning otasi, aynan shu javobgar ekanligi toʻla va soʻzsiz tasdiqlanganligi haqida yanglish va barvaqt xulosaga kelishning oldini olish borasida sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida koʻrsatilgan dalillarning qay darajada toʻplanganligidan qati nazar, bu holatlar javobgarning sud-tibbiyot yoki odam DNKsi sud-biologik ekspertizalari oʻtkazish haqidagi iltimosnomasini rad etishga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu toifadagi ishlar yuzasidan qonning biologik ekspertizasi xulosasi, javobgarning ota boʻla olish qobiliyati haqidagi ekspertiza xulosasi, homila paydo boʻlish davrini aniqlash boʻyicha ekspertiza xulosasi va odam DNKsi biologik ekspertizasi xulosalari muhim ahmiyatga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda odam DNKsi yuzasidan tayinlangan sud-biologik ekspertizasi javobgarni bolaning otasi yoki onasi emasligini aniq belgilab berish imkoniyatlariga ega ekanligidan kelib chiqib, taraflarga ekspertiza oʻgkazish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlari daʼvo qanoatlantirilganda javobgardan, rad etilganda esa daʼvogarning hisobidan undirilishi lozimligini tushuntirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ekspertizani oʻtkazish uchun sarflangan xarajatlar oldindan toʻlanishi talab qilinishidan kelib chiqib sud taraflapra xarajatlarni kelishgan holda toʻlashni, kelishuv boʻlmaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 113, 116-moddalariga muvofiq tomonlar hisobidan toʻlash yoki ular zimmasiga taqsimlash toʻgʻrisidagi masalani hal etmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Otalikni belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan holatlarning mavjud emasligi, otalikni aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi odam DNKsi boʻyicha sud-biologik ekspertizasi oʻtkazish haqidagi iltimosnomani rad etish uchun yetarli asos boʻla olmasligini sudlarga alohida uqtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Odam DNKsi boʻyicha sud-biologik ekspertizasi tayinlashda ekspert mutaxassislari muhokamasiga quyidagi kabi savollar qoʻyilishi maqsadga muvofiqligi sudlarga koʻrsatilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻrsatilgan shaxs shu bolaning biologik otasimi yoki yoʻqmi?
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur shaxs shu bolaning biologik onasimi yoki yoʻqmi?
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shu bola koʻrsatilgan ota-ona (V va S)ning birgalikdagi hayoti (jinsiy yaqinligi) mahsulimi yoki yoʻqmi?
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi oʻtkazish uchun ekspertlarga quyidagilar taqdim etilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekspertiza tayinlash (oʻtkazish) haqidagi sud ajrimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ekspert tadqiqoti uchun qon namunalari olish haqidagi sud ajrimining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har qaysi tomon (gumon qilingan ota-ona) va bolaning qon namunalari (qon namunalari bevosita sud ekspertizasi muassasasida olinishi maqsadga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qon namunasi olinganligi haqidagi bayonnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ekspertiza xizmati uchun haq toʻlanganligi haqidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi, otalikni tan olish fakti va otalik faktini belgilash yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlari sud tomonidan atroflicha sinchiklab tekshirilgan va keltirilgan talablarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarga asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo qanoatlantirilganda sudning hal qiluv qarori xulosa qismida otalikni belgilash haqidagi holatni FHDYo organlarida qayd etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (ota-onaning familiyasi, ismi-sharifi, ularning tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, millati, doimiy yashash va ishlash manzili, otasi kimligi aniqlanayotgan bolaning familiyasi, ismi, tugʻilish sanasi va joyi) koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonun bilan mazkur toifadagi ishlar boʻyicha daʼvo muddati chegaralanmaganligi sababli, sud tomonidan otalikni belgilash masalasi bola tugʻilgandan keyin, barcha davrda koʻrib hal etilishi mumkin. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 2-qismi talabiga asosan 18 yoshga toʻlgan bolaga nisbatan otalikni belgilash faqat, uning (bolaning muomala layoqati cheklangan boʻlsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organi) roziligiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaga nisbatan otalik (onalik) haqidagi yozuvga eʼtiroz keltirilganda, sudlar, shuni inobatga olishlari kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasi 2-qismiga binoan, bolaning otasi yoki onasi, deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv maʼlum boʻlgan yoxud maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida sud tartibida eʼtiroz bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan “Otalikni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi OʻzSSR Oliy sudi Plenumining 1971-yil 7-oktabrdagi 40-sonli va “SSSR Oliy sudi Plenumining 1982-yil 25-mart qarori talablarini bajarish haqida”gi 1985-yil 24-dekabrdagi 9-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son