Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2015 22.12.2000 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TRANSPORT HARAKATI YoKI UNDAN FOYDALANISh XAVFSIZLIGIGA QARShI JINOYaTLARGA OID IShLAR YuZASIDAN SUD AMALIYoTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrishda qonunlarni asosan toʻgʻri tatbiq etmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda Plenum, sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyayotganliklarini qayd qiladi. Chunonchi, ish holatini toʻliq tekshirmaslik oqibatida sodir etilgan qilmishni notoʻgʻri tavsiflash, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mos kelmaydigan yengil yoki jazoni yengillashtiruvchi holatlarga lozim darajada eʼtibor berilmasdan ogʻir jazo tayinlash hollari uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlar, baʼzan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar, yoki jabrlanuvchining davolanishi uchun ketgan xarajatlarni undirish bilan bogʻliq boʻlgan fuqaroviy daʼvoni hal qilishda ham xatoliklarga yoʻl qoʻymoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni bartaraf qilish va qonunlarning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni koʻrish sifatini yaxshilash, sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan oʻrganish va umumlashtirishlar oʻtkazib borish, ushbu toifadagi jinoyat ishlarining alohida xususiyatlarini biladigan malakali sud tarkibida koʻrilishi, jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilishning yetarli taʼsir chorasini kuchaytirish zarurligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksining 260—269-moddalari dispozitsiyasida koʻrsatilgan. Ushbu moddalarda nazarda tutilgan “Transport vositalari”ga avtomobillar, traktorlarning barcha turlari, oʻziyurar mashinalar, tramvay, trolleybuslar, shuningdek, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari, ichki yonar dvigatelining ishchi hajmi 50 sm3 va undan ortiq boʻlgan transport vositalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻziyurar transport vositalari”, — deganda, yoʻl qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlar uchun moʻljallangan maxsus mashinalar (ekskavatorlar, greyderlar, avtokranlar, skreperlar, avtopogruzchiklar) tushuniladi. Boshqa mexanik transport vositalari tushunchasini belgilashda “Yoʻllarda harakatlanish Qoidalari”ga asoslanmoq lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat kodeksining 266-moddasining subyekti, yoʻl-transport hodisasi sodir qilingan vaqtda 16 yoshga toʻlgan, aqli raso, transport vositasini boshqargan shaxs boʻlishi mumkin. Buning uchun uning transport vositasini oʻzboshimchalik bilan yoki ruxsatli boshqarganligi, transport vositasining egasi boʻlish-boʻlmasligi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasi bor-yoʻqligi ahamiyatsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga etmagan shaxs tomonidan yoʻl-transport hodisasi oqibatida yetkazilgan zarar masalasini hal qilishda, sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi FKning 993-994-moddalari talablariga amal qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat kodeksining 260—263, 266, 268-269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning muqarrar alomati, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining buzilishi natijasida badanga oʻta ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishi, odamlarning halok boʻlishi, halokatlar yuz berishi yoxud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Odamlar oʻlimi” deganda, sodir boʻlgan transport hodisasi oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning halok boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“halokat” deganda, shunday hodisa tufayli atrof muhitga, insonlarning sogʻligʻi va hayoti uchun xavfli boʻlgan jiddiy ziyon yetkazilishi, insonlarning halok boʻlishiga sababchi boʻlgan temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportlarining, shuningdek koʻpchilikni tashishga moʻljallangan jamoat transportlari (avtobus, trolleybus va shu singarilar)ning avariya boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“boshqa ogʻir oqibatlar” deganda esa, yoʻl-transport hodisasi natijasida odam oʻlishi bilan birgalikda yana bir qancha kishilarning ogʻir tan jarohatlari olishlari, poyezd, kema yoki samolyotlar harakati tizimining uzoq muddatga izdan chiqishi, tashiladigan yuklarga juda koʻp miqdorda ziyon yetkazilishi, atrofdagi uy-joy va boshqa inshootlarning buzilishi, (portlashi, yonib ketishi, vayron boʻlishi) bilan bogʻliq juda koʻp miqdorda ziyon yetkazilishi kabi holatlar tushuniladi. (Shuningdek, sudlar, har bir aniq ish holati boʻyicha alohida yondashib, muayyan vaziyatni atroflicha oʻrganib, sodir etilgan jinoiy qilmish natijasini ogʻir oqibat sifatida huquqiy baholashlari mumkin. Bunda teran mulohaza va keng mushohadaga tayanib ish koʻrmoq zarur).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aybdorning transport harakati yoki undan foydalanish xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoiy harakatlari natijasida JKning ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari yuz bergan boʻlsa, qilmish JKning 33-moddasi talabi asosida shu moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, ushbu jinoyatlar qonunda koʻrsatilgan oqibatlar kelib chiqishi bilan tamomlangan deb hisoblanishi nazarda tutilib, turli vaqtda sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari alohida-alohida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib transport hodisasi roʻy berishiga sababchi boʻlgan shaxsning qilmishi shu hodisa tufayli hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini-oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan jabrlanuvchiga yordam koʻrsatmasligi, jinoyatlar majmui tariqasida qoʻshimcha ravishda JKning 117-moddasi tegishli qismi bilan ham kvalifikatsiya qilinishini talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, shaxs yoʻl-transport hodisasi roʻy berishida transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzmagan holda ham jabrlanuvchining hayotini xavf ostida qoldirib haydovchilik majburiyatini bajarmasdan hodisa roʻy bergan joydan ketib qolishi yoki hayoti xavf ostida qolgan oʻzini-oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga, hodisa joyida hozir boʻlgan boshqa odamlar yordam berishi mumkin, deb oʻylab jabrlanuvchiga yordam bermasdan ketib qolishi, uni JKning 117-moddasida nazarda tutilgan jazodan ozod qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, yoʻl-transport hodisasi roʻy berishi oqibatida jabrlanuvchining hayoti uchun xavfli boʻlmagan sogʻligʻining buzilishiga sababchi boʻlgan yengil tan jarohati yetkazilsa, yoki jabrlanuvchining oʻlimi bevosita yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan vaqtda yuz berganligi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, yoxud shaxsning jabrlanuvchiga yordam berishi shart boʻlsa-da, biroq, uning oʻzining hayoti yoki sogʻligʻi uchun ham yaqqol xavf tugʻilgan boʻlsa, yaʼni yordam berish imkoniyatiga mutlaqo ega boʻlmasa, JKning 117-moddasi tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tergov organlari shaxsni JKning 266-moddasi bilan ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov xulosasida, sud esa, hukmda, aynan “Yoʻllarda harakatlanish Qoidalari”ning qaysi bandlari buzilganligini koʻrsatish bilan chegaralanmasdan, balki bunday qoida buzishlar nimalardan (texnik jihatdan nosoz transport vositalarini boshqarish, mastlik holatda transport vositasini boshqarish, tezlikni oshirishdan) iborat ekanligini koʻrsatishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda, ayblov mazmuni aybni ogʻirlashtiruvchi tomonga jiddiy oʻzgaradigan boʻlsa, JPKning 419-moddasi talabiga koʻra, ishni qoʻshimcha tergovga yubormay turib, aybdorga tergov organi tomonidan eʼtirof etilmagan “Yoʻllarda harakatlanish Qoidalari”ning buzilishi haqidagi aybni, mazkur Qoidalarning undan farq qiladigan boshqa bandlari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmasligini sudlar nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sudlar, yana shunga eʼtiborlarini qaratsinlarki, boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi oqibatida sodir boʻlgan JKning 266-moddasi boʻyicha jinoyat ishini koʻrishda avtotransport egasining javobgarlikka tortilmay qolishi holati roʻy bermasligi maqsadida, surishtiruv va dastlabki tergov organi tomonidan bunday shaxsga nisbatan maʼmuriy ish materiallari toʻplanib, tegishli tartibda sudga yuborilgan-yuborilmaganligiga ham masʼuliyat bilan yondashib, munosabat bildirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatini harbiy transport vositalarida yoʻllarda harkatlanish qoidalarini buzish jinoyatidan farqlamoq lozim. Harbiy transport vositalari yoki maxsus oʻziyurar jangovar mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan taqdirda, qilmish JKning 298-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar, harbiy xizmatchi harbiylashtirilmagan transport vositasida yoʻllarda harakatlanish qoidalarini buzishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir etsa yoki fuqaro harbiylashtirilgan mashinada yoʻllarda harakatlanish qoidalarini buzishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir etsa, bu qilmish JKning 266-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tushuntirilsinki, transport vositalaridan foydalanish uchun masʼul shaxsning mast holatdagi yoxud giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsni bilgani holda temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini boshqarishga yoʻl qoʻyishi natijasida JKning 260, 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar roʻy bergan boʻlsa, JKning 261-moddasi bilan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligiga masʼul shaxslar, shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat yoki jamoat tashkilotlariga qarashli transport vositalarining haydovchilari, shaxsiy transport vositalarining egalari va haydovchilari ham javobgar boʻlishlari mumkin. Transport harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligiga masʼul shaxs deganda, avtokorxona, xoʻjalik rahbarlari, raislari, muhandislar, mexaniklar, navbatchi mexaniklar, navbatchi vrachlarni tushunish kerak. Bevosita transport vositasini boshqargan shaxs shu kodeksning 260, 266-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JKning 260-moddasida koʻzda tutilgan temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining boshqaruvchisi, deganda faoliyati transportni xavfsiz harakatlanishini tashkillashtirish bilan bogʻliq xodimlar (masalan, havo transportida tashkilotning harakat xizmati, havo harakatini boshqarish markazi, ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati, katta dispetcher va dispetcherlari, aeroport shturmani, katta shturmani, uchish rahbari) va uning harakati yoki foydalanishi bilan bogʻliq xodimlar (uchuvchi kapitan, shturman, mashinist va uning yordamchisi, mexanik va uning yordamchisi, radiooperator, radist, shkiper va hokazo) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat yuzasidan qaram boʻlgan shaxs mast holdagi masʼul boshliqlarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berishi jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Buni sud jazo tayinlashda eʼtiborga olishi mumkin. Ushbu jinoyatning subyekti shaxsiy transport vositalarining egalari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning transport vositalari haydovchilari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, transport vositasi uchun masʼul shaxs xizmat vazifasini bajarish vaqtida yoki davlat avtomobil nazorati xodimlari va ularning boshliqlari haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatgan boʻlsa, bunday holatda JKning 261-moddasi bilan javobgar qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Eʼtiborda tutilsinki, JKning 268-moddasida koʻrsatilgan jinoyatning subyekti — piyoda yoʻlovchilar, ot-ulov, velosiped haydovchilari, aravacha, chana yoki bolalar kajavasini tortib ketayotgan hamda nogironlarning yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan shaxslar yoki yoʻl harakatining boshqa qatnashchilari, JKning 261—263, 265 yoki 266-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat qatnashchilari boʻlishi mumkin. Jinoyatning obyektiv tomoni shu moddada koʻrsatilgan jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bir necha transport vositasining haydovchilari yoki yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilari jinoiy harakatlarining bir-biriga bogʻliqligi oqibatida yuz bergan boʻlsa, u holda ularning hammasi JKning tegishli moddalari bilan javobgar boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, taʼmirlash ishlarini bajarayotgan transport vositalarini texnik jihatdan va ulardan foydalanishga masʼul shaxslarning temir yoʻl, dengiz. daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz taʼmirlash, shuningdek, transport vositasining texnik holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishi natijasida JKning 260, 266-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlar yuz bergan taqdirda, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, taʼmirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositalarini taʼmirlash yoxud undan foydalanishga masʼul shaxsni JKning 262-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. Bunda texnika vositalari, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalari uchun masʼul shaxs, ushbu texnik nosozlikni aniq bilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini transport vositasi bilan ishlashda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi natijasida roʻy bergan jinoyatlardan farqlamoqlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati deganda, qilmishning yoʻllarda, koʻchalarda, temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarida, bevosita harakatda boʻlgan transport vositasida sodir etilishi tushuniladi. Agar transport vositalari bilan ishlab chiqarish jarayonida, yuklarni ortish-tushirishda, transport vositalarini taʼmirlashda, qurilish, qishloq xoʻjalik va boshqa ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzishi natijasida oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilgan, odam oʻlishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan boʻlsa, shaxsning qilmishi JKning 257-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi, agar harakat shaxsning hayoti, sogʻligʻiga yoki mulkiga qarshi qaratilgan boʻlsa, tegishlicha, shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga, oʻzganing mulkiga qarshi qaratilgan jinoyatlar sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tushuntirilsinki, sudlar ishni koʻrish jarayonida ish holati haqida har xil maʼlumotlar mavjud boʻlsa, ekspertning har bir holat boʻyicha alohida xulosasini olishi zarur. Agar, sud muhokamasi jarayonida advokat ekspert xulosasini taqdim qilsa, taqdim etilgan xulosalarni ishda mavjud xulosa bilan birgalikda muhokama qilish lozim. Sudning hukmida ishda toʻplangan barcha dalillar muhokama qilinib, qaysi bir dalilning ishonchga sazovor boʻlganligi asoslantirilgan holda qayd qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi jarayonida tayinlangan ekspertizani muqaddam tergovda xulosa bergan ekspert yoki sud tashabbusi bilan tayinlangan boshqa ekspert yoxud ekspertlar birgalikda oʻtkazishlari mumkin. Bu haqda sud ajrim chiqaradi. Ekspertlar oʻz oldilariga qoʻyilgan savollarga faqat vakolatlari doirasida javob beradilar. Sudlar ekspert oldiga sudlanuvchining aybi bor-yoʻqligiga huquqiy baho berish mazmunidagi savollar qoʻyishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar JK 266-moddasi bilan jinoyat ishlarini koʻrishda shuni eʼtiborga olishlari lozimki, ekspertning haydovchi yoʻl-transport hodisasining roʻy berishida yoʻl-transport hodisasining oldini olish imkoniyati boʻlmagan degan xulosasi (urilish, toʻqnashish, bosib ketish kabilar), agar bunday hodisa haydovchining oʻzi tomonidan xavfli holat yuz bergunga qadar “Yoʻllarda harakatlanish Qoidalari”ning buzilishi natijasida roʻy bergan boʻlsa (mastlik holati, tezlikni oshirish, nosoz transport vositasini boshqarish kabi) roʻy bergan transport hodisasi bilan “Yoʻllarda harakatlanish Qoidalari”ning buzilishi oʻrtasida sababiy bogʻlanish bor degan xulosaga kelinsa, jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida toʻplangan xolisona dalillar yigʻindisiga asosan baholanmogʻi lozim (shaxsning harakati bilan yuz bergan oqibat oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish masalalariga, sud, ishda toʻplangan dalillar hamda yoʻl-transport ekspertizasi xulosalari bilan birgalikda huquqiy baho berishi, bunda ekspert xulosasi ishdagi mavjud boshqa dalillar bilan teng ravishda baholanmogʻi lozim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar yoʻl-transport hodisasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrib, aybdorga nisbatan jazo turi va miqdorini belgilashda insonparvarlik, odillik tamoyillaridan kelib chiqib, har bir ish boʻyicha alohida yondashuv toʻgʻrisidagi qonun talabiga qatʼiy rioya qilishlari, har doim ham sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, yoʻl-transport hodisasining kelib chiqish sabablari va oqibatlari oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish, hodisa sodir boʻlgandan keyin shaxsning xulqi, jabrlanuvchiga nisbatan harakati (shaxsning yoʻl-transport hodisasi roʻy berganidan keyin, jabrlanuvchiga meditsina yordami koʻrsatish uchun qilgan harakati, tez davolanishi uchun moddiy-maʼnaviy yordam berganligi, fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplanganligi, shuningdek, jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda, dafn marosimlariga, jabrlanuvchining oila aʼzolariga yordam koʻrsatganligi) va boshqa jazoni yengillashtiruvchi-ogʻirlashtiruvchi holatlarga alohida eʼtibor berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jinoyat kodeksining 260, 262, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat ishlarini koʻrishda, sudlar sudlanuvchiga nisbatan qoʻshimcha jazo chorasi sifatida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish yoki mahrum qilmaslik masalasini muhokama qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 261, 266-moddasi 2, 3-qismlari sanksiyasida aybdorni muayyan huquqdan mahrum qilish majburiyligi belgilangan. Sud, sudlanuvchining transport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, mazkur qoʻshimcha jazo masalasini muhokama qilishlari, boshqarish huquqi boʻlmagan shaxsga ham, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini qoʻllashlari lozim, toki u sud tomonidan tayinlangan muddat davomida bunday huquqni olishdan mahrum boʻlsin. Biroq, sudlanuvchining harakatida JKning 57-moddasida belgilangan holatlar mavjud boʻlsa, (Masalan: sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik boʻlib, boshqa mutaxassislikka ega emasligi) sud hukmining tavsif qismida tegishli asoslar keltirib, qoʻshimcha jazo chorasini qoʻllamasligi mumkin. Garchand, shaxs jinoyat sodir qilgunga qadar yoki tergov vaqtida maʼmuriy tartibda yoki sud hukmi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan boʻlsa-da, sud jinoyat ishini koʻrishda qoʻshimcha jazo chorasi sifatida aybdorni muayyan huquqdan mahrum qilish masalasini muhokama etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarning eʼtibori transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligiga doir ishlarni koʻrishda, jinoiy harakatlar oqibatida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni undirish, mulkning qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar, daxlsizligini taʼminlashda davlat hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalash muhim ahamiyat kasb etishga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar har bir ish yuzasidan hukm chiqarishda, jinoiy harakat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar boʻyicha kiritilgan fuqaroviy daʼvoni hal etishlari, agarda, bunday daʼvo keltirilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq hamda JPKning 275, 276-moddalari asosida oʻz tashabbusiga koʻra yetkazilgan zararni undirish haqida qaror chiqarish masalasini hal qilishlari lozimdir. Sud muhokamasini qoldirmay turib, daʼvo hajmini aniqlash imkoniyati boʻlmagan va zarar miqdori jinoyatning kvalifikatsiyasiga, sudlanuvchiga tayinlanadigan jazo miqdoriga hamda hukm chiqarishda yuzaga keladigan boshqa masalalarga taʼsir qilmaydigan alohida hollarda sud harakatdagi qonunlar talabiga koʻra, fuqaroviy daʼvoning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi huquqini eʼtirof etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasini hal qilishda, sudlar, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar toʻliq hajmda qoplanishi lozimligi haqidagi Fuqarolik kodeksining 985-moddasi talablaridan kelib chiqishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, barcha shaxslar yetkazilgan zararni qoplashda solidar tartibda javobgar boʻlishlari lozim. Fuqarolik kodeksining 1000-moddasiga binoan, jabrlanuvchining arizasiga koʻra va uning manfaatlarini koʻzlab, agar bu tartib zarar qoplanishini taʼminlasa, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslar zimmasiga solidar emas, balki, hissali javobgarlikni yuklashga haqli. Bunday holatda, qanday tartibda zararni qoplash usuli hukmda koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoʻl-transport hodisasi faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tugʻdiradigan davlat yoki mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarga tegishli transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, zararni qoplash masalasini hal qilishda, sudlar, yetkazilgan zararni bevosita jinoyat sodir etgan shaxsdan emas, balki oʻsha tashkilotdan undirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sud yuridik shaxslarga FKning 1001-moddasiga asosan, korxonaga zarar yetkazgan shaxsdan zarar miqdorini qayta talab qilish (regress) huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sudlar transport vositasi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida jabrlanuvchining shifoxonada davolangan vaqti va unga davolanish uchun sarf qilingan xarajatlarni qoplash masalasini hal qilishda, JPKning 275, 276-moddalari hamda Fuqarolik qonun normalariga asoslanishlari lozim. Shu bilan birgalikda, jabrlanuvchiga qancha miqdorda sarf-xarajat qilinganligini aniqlash va keltirilgan zararni shu davolash muassasalariga ishda toʻplangan dalillarga (ekspertiza xulosalari, dalolatnoma, maʼlumotnoma va boshqa asosli hujjatlar) asoslangan holda undirish choralarini koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan sobiq SSSR Oliy sudi Plenumining shu yoʻnalishdagi barcha qarorlari qoʻllanilishi toʻxtatilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1990-yil 14-dekabrdagi “Avtotransport jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan sud praktikasi haqida”gi 5-9-90-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son