Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 14.10.2008 yildagi PQ-982-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 YIL HOSILI UChUN ShUDGORLASh IShLARINI O‘TKAZIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil hosili uchun shudgorlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasining 2009-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasining rahbarlari zimmasiga quyidagilar shaxsiy javobgarlik sifatida yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika ta’mirlanishini nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari va fermer xo‘jaliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha haydov agregatlari uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash va yetkazib berish hamda ushbu yilning 1-noyabridan kechiktirmay barcha joylarda shudgorlashni boshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan agrotexnika normalaridan kelib chiqib, shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligiga, mineral va organik o‘g‘itlar solinishiga alohida e’tiborni qaratgan holda, shudgorlash sifatini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi shudgorlash ishlarining mazkur Qarorga muvofiq tasdiqlangan hajm va muddatlarda olib borilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. Hisobotni buzib ko‘rsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzish va ularga shudgorlash ishlarining hajmlari, muddatlari va sifatini baholash natijalariga ko‘ra tanlov asosida, keng muhokama va oshkoralik sharoitida har bir tuman bo‘yicha xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xo‘jaliklar bo‘yicha shudgorlashni o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va ustaxonalarning ikki smenada to‘laqonli ishlashini tashkil qilish, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizator va operatorlarga maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarning butun kompleksini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shudgorlash ishlarini o‘tkazish uchun haydov traktorlari va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarini jalb etish bo‘yicha mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish korxonalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari buyurtmanomalariga asosan ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga muvofiq shudgorlash davrida mineral o‘g‘itlar solinishini ta’minlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga o‘g‘itlar bir maromda yetkazib berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda ularni shudgorlashda ishtirok etuvchi qishloq xo‘jalik korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-982-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 10-son, 563-modda)