Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini takomillashtirishga oid qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Soliq kodeksining amalga oshirilishini har tomonlama monitoring va tahlil qilish maxsus idoralararo guruhi (R.S. Azimov) ikki oy muddatda hukumat qarorlari bilan avval berilgan soliq imtiyozlarini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-fevral,
PF-4087-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1 sentbridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetiga soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-iyuldagi PF-2343-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “soliqlar, yigʻimlar hamda bojxona” soʻzlari “soliqlar va boshqa majburiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1987-son Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-son Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik, pudrat shartnomasi va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek unitar (shoʻba) korxonalar, vakolatxonalar hamda filiallarda ishlayotganlar soni ham hisobga olinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004 — 2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoni 5-bandining birinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 8-ilovasining izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer soligʻini toʻlaydilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonida:
a) 1-bandining birinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “olinadigan daromadlarga soliq miqdori” soʻzlari “olinadigan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son Farmonining 2-bandidagi “soliqlar, yigʻimlar” soʻzlari “soliqlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son Farmoni 5-bandining “b” kichik bandidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 442-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. 2007-yilning 1-oktabridan aholiga pullik tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yoʻnaltirilsin”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoni 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “soliqlar, yigʻimlar, bojlar va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar” soʻzlari “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2016-y., 38-son, 442-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)