11.09.1998 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZINI OʻZI OʻLDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslarni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari toʻgʻrisidagi qonunlar sudlar tomonidan asosan toʻgʻri qoʻllanilmoqda. Shu bilan birgalikda ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlar har doim ham chuqur va atroflicha aniqlanmaydi, oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish toʻgʻrisida jamoatchilik xabardor qilinmaydi. Oqibatda jinoyatlarning oldini olish uchun zaruriy choralar koʻrilmasdan qolinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida aybdorlarning harakatlarini notoʻgʻri tavsiflash, dalillarga yuzaki baho berish hollari uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida ana shunday kamchiliklarga barham berish, har bir aniq ishga protsessual va moddiy qonun meʼyorlarini toʻgʻri tatbiq qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish va oʻzini oʻzi oʻldirishga undashga oid har bir jinoyat ishini koʻrishda sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish toʻgʻrisidagi qonun talabiga rioya qilish zarur.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shakl va mazmuni boʻyicha qonuniy boʻlgan harakatlar natijasida oʻzini oʻzi oʻldirish yoki unga suiqasd qilish sodir etilgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan JKning 103-moddasi tatbiq etilmasligi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻrinda oddiy haqoratlash, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish boʻyicha yagona bir arzimas gaplar bu xil harakatlarning muttasil (bir necha bor) sodir etilishini talab qiluvchi JKning 103-moddasida koʻzda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etmaydi va bunday hollarda javobgarlik shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni taqozo qiluvchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rahmsiz muomala deganda, jabrlanuvchiga nisbatan qoʻpol va ayovsiz munosabatda boʻlib, unga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazish (masalan, muttasil kaltaklash, oziq-ovqatdan, suvdan va boshqalardan mahrum etish) hollarini tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda tahqirlash deganda, jabrlanuvchining shaʼni va gʻururini bir necha marta tahqirlashni (masalan, tuhmat qilish, haqoratlash, taʼqib etish va hokazolarni) tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlanganlarning harakatini Jinoyat kodeksi 103-moddasining tegishli qismlari boʻyicha toʻgʻri tavsiflash zarurligi sudlarga uqtirilsin, chunki ushbu moddaning 2-qismi jabrlanuvchining moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaramligining mavjudligini talab qiladi, bu esa ushbu shaxslar oʻrtasida haqiqatan roʻy bergan va mavjud boʻlgan munosabatlarga baho bergan holda aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy qaramlik deganda jabrlanuvchining aybdordan qonun bilan belgilangan moddiy yordam (pul, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va hokazolar) olib kelganligini yoki uning bevosita qaramogʻida boʻlganligi holatlari tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqacha qaramlik deganda, xizmat yoki boshqacha qaramlikni (masalan, boshliqqa, oʻqituvchiga, rahbarga, qarindoshlarga, vasiylik va tarbiyalashni amalga oshirish va boshqalar bilan bogʻliq qaramlikni) tushunish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qoʻrqitish, rahmsiz munosabatda boʻlish yoki shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yoʻli bilan sodir etiladigan oʻzini oʻzi oʻldirish yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilishdan farqli ravishda oʻzini oʻzi oʻldirishga undashda (JK 103-1-moddasi) aybdor koʻndirish, aldash yoki insonning erkini sindiruvchi boshqa yoʻl bilan (masalan, tushkunlikka soluvchi gʻoyaviy tashviqot orqali) qasddan boshqa shaxsda oʻzini oʻzi oʻldirishga nisbatan qatʼiyatni qoʻzgʻatadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarga tushuntirilsinki, agar oʻzini oʻzi oʻldirish va shu darajaga yetkazish aybdor tomonidan jabrlanuvchiga nisbatan boshqa ogʻirroq jinoyat sodir etilganligi oqibatida yuz bergan boʻlsa, lekin ushbu jinoyat tarkibi bunday harakatlarni qamrab olmasa, oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazishdagi aybdorning harakatlari qoʻshimcha tavsiflashni talab qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Subyektiv tomondan oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish egri qasd yoki oqibatiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan, oʻzini oʻzi oʻldirishga undash esa, qasddan sodir etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. JK 103-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilishi oqibatida qandaydir sabablarga koʻra inson oʻlimi kelib chiqmagan hollarda aybdorning harakatini JK 25-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, chunki JK 103-moddasi nafaqat oʻzini oʻzi oʻldirish, balki, oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish uchun ham javobgarlikni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 103-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan ham JK 25-moddasini qoʻllash talab etilmaydi, chunki mazkur jinoyat shaxs oʻzini oʻzi oʻldirishga undalgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar dastlabki tergov hujjatlariga talabni kuchaytirsinlar, xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan ushbu jinoyatlarning kelib chiqishiga koʻmaklashgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1965-yil 29-iyundagi “Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 29-son qarori 1983-yil 12-dekabrda kiritilgan oʻzgartirishlar bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son