Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUASSASALARI TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TARTIBI VA ShARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-fevral,
51-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 51-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada:
a) 21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) IV boʻlimda:
boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stansiyalari, OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari”;
quyidagi tahrirdagi 27-band qoʻshilsin:
“27. OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari”.
2. 2-ilovaning VII boʻlimida:
boʻlim nomidagi “60 foizga” soʻzlari “75 foizga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7.1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 90-modda)