Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2017 22.08.1997 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2017
Hujjat 22.08.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktyabrdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat sudlari raislarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼruzalarini, shuningdek, kassatsiya va nazorat amaliyotida toʻplangan hujjatlarni muhokama qilib, Plenum qayd etilgan qaror jamiyat uchun alohida xavfli hisoblanuvchi ushbu toifadagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlarini sudlar tomonidan koʻrish amaliyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo sudlar giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha adolatni oʻrnatish darajasini yuksaltirishga qaratilgan jinoyat va protsessual qonunchilikning va Oliy sud koʻrsatmalarining qatiy bajarilishini hamma vaqt ham taʼminlamayotirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida giyohvandlik boʻlgan oʻsimliklar ekilgan maydon hajmini, shuningdek, aybdorning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar kelgusida tayyorlash, oʻtkazish yoki sotish maqsadini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan xatolarga yoʻl qoʻyilmoqda. Bu esa qilmishga notoʻgʻri baho berilishiga olib kelmoqda. Talay hollarda ushbu toifadagi jinoyatlarning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi asossiz ravishda uyushgan guruh belgisi bilan tavsiflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish va sotish tushunchalarini bir-biridan notoʻgʻri farqlash hollari koʻplab uchramoqda. Garchand Oliy sud Plenumi ushbu masalada aniq tushuntirishlar berib, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish ularni oʻtkazishning eng xavfli koʻrinishlaridan hisoblanishi va ular uchun moddiy qiymatliklar olinishi taqozo qilinishini, oʻtkazish esa ularni boshqa shaxsga tekinga berib yuborishdan iboratligini uqtirib oʻtgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi qarorining 5 va 6-bandlarida qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha ishlar boʻyicha giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni saqlagan shaxslar, shak-shubhaga oʻrin qoldirmaydigan dalillar yoʻq boʻlsada, asossiz ularni sotishga suiqasd qilish yoki oʻtkazish maqsadida saqlaganlikda ayblanib sudlanganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyoxvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori va navini ekspertiza tayinlash yoʻli bilan toʻgʻri aniqlash zarurligi toʻgʻrisida Oliy sudning koʻrsatmalari toʻliq bajarilmayotir. Holbuki bu holat aybdorning harakatini tavsiflash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi ishlarni tergov qilishda va sudda muhokama qilayotganda protsessual qonunchilik normalarini qoʻpol buzish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda. Masalan, gumonlanuvchidan giyohvandlik vositalarini olib qoʻyish, nazorat tariqasida sotib olishni amalga oshirish paytlarida ayrim ishlar boʻyicha bu jinoyatni sodir etishga igʻvo qilish alomatlarini tashkil etmoqda, bu esa butunlay yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov olib borishning ruxsat etilmagan usullari va qonunchilikning boshqa buzilishlari ustidan fuqarolarning shikoyatlari koʻpaymoqda. Sudlar ushbu toifadagi ishlar boʻyicha jazoni tayinlashning umumiy asoslariga hamma vaqt ham amal qilmayaptilar. Jinoyatning ikkinchi darajali ishtirokchilariga, ayollarga, keksa yoshdagi shaxslarga, voyaga etmaganlarga asossiz ravishda ogʻir jazo tayinlangan holatlar boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birga sudlar jinoyatlarning tashkilotchilariga, uyushgan jinoiy guruh qatnashchilariga qonunning barcha kuchini tatbiq qilishlari lozim. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashga yoʻnaltirilgan qonunchilikka qatʼiy amal qilishni taʼminlash, sud amaliyotida mavjud boʻlgan xatolarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining eʼtibori giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi yoʻnaltirilgan jinoyat qonunchiligini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi ushbu masala boʻyicha qarorini qatiy bajarishga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishni tashkil etuvchi jinoyatlar boʻyicha jinoyat va protsessual qonunchilik normalarining buzilishini bartaraf qilish choralarini koʻrgan holda, jinoyat ishlarini koʻrishda tegishli sud nazoratini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat sud bosqichlari ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini, yoʻl qoʻyilgan sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatgan holda, muntazam ravishda oʻrganib va umumlashtirib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son