Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2022 22.08.1997 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUDLAR TOMONIDAN JINOYAT IShLARINI BIRINChI BOSQICh SUDIDA MUHOKAMA ETISh JARAYoNIDA PROTSESSUAL QONUNChILIKKA RIOYA QILINIShI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 7-sonli, 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2004-yil 24-sentabrdagi 15-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etilayotgan bir sharoitda qonuniylikka va fuqarolar huquqlariga qat’iy rioya qilish, barcha protsessual qonunchilik normalariga amal qilgan holda adolatli va asoslantirilgan hukmlar chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika sudlarida ko‘plab ishlar protsessual qonunga qat’iy asoslangan holda ko‘rilmoqda. Shu bilan birga ishlarni hal etish sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi jiddiy kamchiliklar hali bartaraf etilgan emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda ish jarayoni qatnashchilarining qonun tomonidan kafolatlangan huquqlari, tortishuv prinsipi buzilish hollari uchrab turibdi. Sud jarayonining tayyorlash bosqichida sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar, ish yuzasidan ish yuritishni mustasno qiluvchi holatlar hamma vaqt ham lozim darajada tekshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish jarayoni qatnashchilarining iltimoslarini qanoatlantirishni asoslantirilmagan holda rad qilish hollari uchramoqda. Iltimoslarni ko‘rib chiqish tartibining o‘zi ham buzilmoqda. Ayrim hollarda sud majlisi bayonnomalari qo‘yilgan talablarga mos kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyat ishlarini sud muhokamasi jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori jinoyat ishlarini sud muhokamasi jarayonida protsessual qonunchilikka qat’iy amal qilishning zarurligiga qaratilsin, faqat unga aniq va og‘ishmay amal qilish ishning holatini har tomonlama to‘liq va xolisona tekshirishni, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sharoit va sabablarni aniqlashni va sud jarayonining tarbiyaviy ta’sirini ta’minlashini e’tiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash chog‘ida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi sudlarga uqtirilsin va ular zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi JPKning 396-moddasi talabidan kelib chiqib, har bir jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasining to‘g‘ri tanlanganligini aniqlash majburiyatlari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, garov tariqasidagi ehtiyot chorasi (JPK 249-moddasi), ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni jamiyatdan ajratmagan holda unga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi samarali vosita bo‘lib, u pul mablag‘i yoki qimmatbaho buyumlarni dastlabki tergov organi yoki sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari depozit hisob raqamiga topshirishdan iborat. Shunga ko‘ra, tergov organlari, sudlar ishning muayyan holatlari va ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsini inobatga olgan holda unga nisbatan garov tariqasidagi ehtiyot chorasini qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi masalani muhokama etishlari hamda ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga shaxsan o‘zi yoki qarindoshlari, shuningdek boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan garovga narsa qo‘yish huquqini tushuntirishlari lozim.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tushuntirilsinki, JPK 434-moddasiga muvofiq, sudlanuvchining shaxsini aniqlashda, sud majlisi bayonnomasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugilgan sanasi va joyidan tashqari, shaxsiga daxldor boshqa, jumladan, sudlanganligi, davlat mukofoti yoki faxriy unvonlari borligi, salomatligi to‘g‘risidagi va h.k. ma’lumotlar ham aks ettirilishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud majlisida raislik etuvchi sudlanuvchiga sud majlisidagi uning huquqlarini, taraflarga, ekspertlar va mutaxassislarga ularning huquqlari va majburiyatlarini to‘lig‘icha tushuntirishi shart va bu sud majlisi bayonnomasida o‘z aksini topishi lozim (JPKning 435—437-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 439-moddasiga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o‘qib eshittirilishi bilan boshlanadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritilishi lozim
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan 31-band bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarning e’tibori har bir ishni ko‘rishda dalillarni bevosita sud majlisida tekshirishga, ya’ni sudlanuvchilarni, jabrlanuvchilarni, guvohlarni so‘roq qilish, ekspert xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarni e’lon qilishga qaratilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining ilgarigi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari faqat Jinoyat-protsessual kodeksining 104-moddasida ko‘rsatilgan va ro‘yxati cheklangan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina e’lon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining yoki guvohning dastlabki tergovda bergan ko‘rgazmalari faqat ularning ushbu ko‘rsatuvlari bilan suddagi ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda, shuningdek, jabrlanuvchi yoki guvohning sudga kelish imkoniyatini cheklovchi sabablar tufayli sud majlisida qatnashmagan taqdirda e’lon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga kelishni istisno qiluvchi holatlarga, shaxsning vafotidan tashqari og‘ir xastalik, yiroqda va ko‘p cho‘ziladigan xizmat safarida bo‘lishi, yashash joyidan ro‘yxatdan chiqib ketganda uning turar joyini aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan holatlar kiritilishi mumkin. Har bir holatda shaxsning sudga kelishini istisno qiluvchi holat deb topish to‘g‘risida qaror sud tomonidan ushbu masalalarni muhokama qilingandan keyin qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining (jabrlanuvchining, guvohning) e’lon qilingan ko‘rsatuvlari sud tomonidan sud tergovi jarayonida tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat-protsessual kodeksining 438-moddasi mazmunidan kelib chiqib, sud majlisi qatnashchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish, ashyoviy dalillarni va hujjatlarni talab qilib olish to‘g‘risidagi iltimoslari ular arz qilingan va muhokama etilgandan keyin bevosita hal qilinishi lozim bo‘ladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi qatnashchilari doirasini aniqlash va ishning harakati (jamoat ayblovchisini, jamoat himoyachisini ishga kiritish jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar deb tan olish, ishni to‘xtatib qo‘yish yoki uni keyinga qoldirish, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish, boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish, ishni tugatish va boshqalar) bilan bog‘liq, xoh sud muhokamasining tayyorlov qismida va xoh sud muhokamasi jarayonida arz qilingan boshqa barcha iltimoslar ham ushbu qoidalar bo‘yicha hal qilinadi. Agar muhokama qilinib, hal etilgan iltimos yuzasidan taraf yana shu asoslar bo‘yicha arz qilgan taqdirda raislik etuvchi bu iltimosni muhokamaga kiritishni rad etadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarning e’tibori ashyoviy dalillarni, hujjatlarni tekshirish, joyni va binoni ko‘zdan kechirish ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillarni va hujjatlar sud majlisida ish bo‘yicha boshqa dalillar qatorida chuqur tekshirilishi (shuningdek, ko‘zdan kechirilishi, e’lon qilinishi) lozim. Shu o‘rinda ularni tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar sudlarning e’tiborini ularni tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki boshqa holatlarga qaratishlari mumkin. Ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va hujjatlarni e’lon qilish bilan bog‘liq sudning barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sud majlisiga kelgan guvohlar, ekspert yoki mutaxassis, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari so‘roq qilingandan so‘ng ishning muhokamasi keyinga qoldirilib so‘ngra ish o‘sha tarkibda ko‘rilayotgan bo‘lsa va ularni chaqirishning hojati bo‘lmasa, ushbu shaxslar ikkinchi marotaba sud majlisiga chaqirilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli bu shaxslarning ish muhokamasini keyinga qoldirgandan keyin sud majlislarida qatnashmasligi ixtiyoriy ravishda bo‘lib, ularning xohish-istaklariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu sharoitlarni ta’minlash maqsadida raislik etuvchi ish muhokamasi keyinga qoldirgan taqdirda qayd etilgan shaxslarga ularning kelgusi sud majlislarida qatnashish huquqlarini tushuntirishi shart va bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan bo‘lishi lozim va keyinchalik ularni kelgusi sud majlislarining vaqti va joyi haqida xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarning e’tibori Jinoyat-protsessual kodeksining 122—124-moddalariga binoan yuzlashtirish ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun o‘tkazilishiga qaratilsin. Yuzlashtirish o‘tkazish chog‘ida so‘roq qilishning umumiy qoidalariga rioya qilinadi, yuzlashtirish chog‘ida so‘roq bayonnomasi yoki so‘roq qilinayotgan shaxslar avvalgi so‘roqlarda bergan ko‘rsatmalarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning ko‘rsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina o‘qib berilishiga yoki eshittirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudda ishlarni muhokama qilayotganda ish bo‘yicha sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar yoki guvohlar qatorida voyaga yetmaganlar qatnashayotganda sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 84, 121-moddalari, 442-moddasining 3-qismi talablariga rioya etishga alohida e’tibor qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning ayrim holatlarini aniqlash bu shaxslarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini e’tiborga olib, sudlar bunday holatlarni tekshirish vaqtida voyaga yetmaganlarning sud zalida qatnashishi masalasini har bir holatda muhokama qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar, ekspert va mutaxassisning huquqlari va protsessual o‘rnini belgilovchi qonun normalariga qat’iy amal qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida qatnashish uchun mutaxassis dalillarni tekshirish paytida maxsus bilim va tajribalar (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonining mohiyati, u yoki bu mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlari va b.) zarur bo‘lgan hollarda chaqiriladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida albatta qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi qonunga asosan dalil turlaridan biri hisoblanadi va o‘tkazilgan tekshirishlar asosida beriladi. Ekspert oldiga mutaxassisning huquq doirasiga kiruvchi savollarni qo‘yish mumkin, mutaxassis oldiga ekspertning huquq doirasiga taalluqli savollarni qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uning fikrini ekspertning xulosasiga tenglashtirib bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar, ekspertiza o‘tkazishni ekspertni so‘rash bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak chunki Jinoyat-protsessual kodeksining 446-moddasiga binoan ekspert faqat sudda ekspertiza o‘tkazgandan so‘ng va o‘z xulosasini e’lon qilganidan keyin sud majlisida so‘roq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar, sud muhokamasi qatnashchilari tomonidan bildirilgan iltimoslarni bayonnomada to‘g‘ri bayon qilishga va bularni muhokama qilish tartibiga; maslahat uyiga kirmasdan sud majlisida qabul qilinadigan sud ajrimlariga; sudlanuvchining unga e’lon qilingan ayblov bo‘yicha, guvohlar va jabrlanuvchilarning ish holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlariga; dalillarni tekshirish jarayoniga alohida e’tiborlarini qaratishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 2-qismida qayd etilgan masalalar bo‘yicha ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada), alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtirilgan va sud tomonidan imzolangan holatda chiqarilishini sudlar e’tiborga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan alohida xonaga kirmasdan o‘z joyida chiqarilgan ajrimlar Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 4-bandiga asosan sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va keltirilgan iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganda qabul qilingan qarorining sabablari ko‘rsatilishi zarur.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taraflarning muzokara so‘zlari JPKning 449-moddasi tartibida eshitilib, sud bayonnomasida to‘liq aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Agarda taraflar o‘z nutqlarini yozma ravishda taqdim etsalar, nutqlar ilova qilinib, bu haqda bayonnomada qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, sud tergovi tamomlanganidan so‘ng taraflar muzokara so‘zlaridan keyin so‘nggi e’tiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi, ularning har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan e’tirozlari bo‘lsa yana bir martadan so‘zga chiqishlari mumkin (JPKning 449-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga, muzokara tamom bo‘lganidan keyin taraflar Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasining birinchi qismidagi 1-6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari taklif etiladigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkinligi, davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiyligi tushuntirilsin (JPKning 450-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 17-son qarorining 23, 24-bandlariga binoan, raislik qiluvchi hukm e’lon qilingandan so‘ng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatlarini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va unga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqini tushuntirishga qaratilsin. Tegishli hollarda hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, e’lon qilinganidan so‘ng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan boshqa tilda o‘qib eshittiriladi. Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv so‘rab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlarning e’tibori Jinoyat-protsessual kodeksi 449-moddasining advokat qatnashishidan qat’iy nazar sudlanuvchiga muzokara uchun so‘z berilishi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilishi lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agarda sudlanuvchi oxirgi so‘zida ish uchun muhim ahamiyatli yangi holatlar to‘g‘risida yoki muqaddam tekshrilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 452-moddasi talablariga binoan sud tergovini yangidan boshlab sudlanuvchini ushbu holatlar to‘g‘risida batafsil so‘roq qilishi va dalillarni sud tergoviga oid protsessual qonun talablariga rioya qilgan holda tekshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori sudlanuvchining oxirgi so‘zini muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin emasligiga, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining so‘zini, u ishga mutlaqo aloqasi yo‘q holatlarni bayon qila boshlagan hollarda to‘xtatishga haqli ekanligiga qaratilsin (JPKning 451-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksining 453-moddasiga binoan sudlanuvchining oxirgi so‘zini eshitib bo‘lganidan so‘ng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi, bu haqda raislik etuvchi sud majlisi zalida e’lon qilishi shartligi, shuningdek, sud majlisi bayonnomasida maslahatxonadan qaysi kuni chiqib hukm yoki ajrim e’lon qilinganligi ko‘rsatilishi kerakligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jinoyat-protsessual kodeksining 415-1-moddasiga muvofiq sud muhokamasi paytida sud ayblovni og‘irrog‘i bilan yoki haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan o‘zgartirishga haqli. Yangi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan JPK 417-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblovni og‘irrog‘i bilan o‘zgartirilishi deganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) og‘irroq jazoni taqozo qiluvchi jinoyat qonunining boshqa normasi (moddasi, moddasining qismi yoki bandi) qo‘llanilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) og‘irroq jazoni taqozo etuvchi qonunga jinoyat tavsifini o‘zgartirishga olib keladigan yoki sodir etilgan jinoyatning yuridik bahosini o‘zgartirmasada haqiqiy ayblov miqdorini ko‘paytiruvchi ayblanuvchiga qo‘yilmagan qo‘shimcha faktlar (epizodlar) ayblovga qo‘shilayotganligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar, Jinoyat-protsessual kodeksi 82-moddasining 4-bandiga binoan jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart- sharoitlar sud muhokamasining muhim qismini tashkil etishini e’tiborga olgan holda, har bir jinoyat ishini ko‘rayotganda qonunning bu talabini bajarishi uchun zarur choralarni ko‘rishi lozim va yetarli asoslar bo‘lganida asoslantirilgan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishi to‘g‘risidagi dallillar, qonunbuzarlikning sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlar, ayrim fuqarolarning ishlab chiqarishda, turmushdagi noto‘g‘ri axloqi yoki ular tomonidan jamoatchilik burchining buzilishi hollari xususiy ajrim chiqarishga sababchi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni muhokama etayotganda, shuningdek, dastlabki tergov organi tomonidan jinoyatni sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish bo‘yicha chiqarilgan taqdimnomalar (qarorlar) yuzasidan qanday choralar ko‘rilganligini aniqlash zarur, agarda ular uzrsiz sabablarga ko‘ra chiqarilmagan bo‘lsa, bu haqda xususiy ajrimda ko‘rsatilib o‘tish kerak hamda asoslar bo‘lganda tegishli mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasini qo‘yish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jinoyat-protsessual kodeksining 272-moddasiga binoan sud majlisi tartibini buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilganligi uchun sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning o‘zida chiqargan ajrimiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishligiga qarab yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi advokatlar Palatasi hududiy boshqarmasi qoshidagi malaka komissiyasiga yuboradi. Ajrimlar sud majlisi bayonnomasida qayd etilishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sud majlisi bayonnomasi ish bo‘yicha muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini e’tiborga olib, sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 426-moddasi talablaridan kelib chiqib, uni yuritish sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik etuvchi qatorida sud majlisi kotibi ham mas’uldir. Ish sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rilganda mulohazalar sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 426-moddasining 5-qismiga binoan bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib bayonnomaga ilova qilinadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi Jinoyat-protsessual kodeksining 90—92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi (JPKning 426-moddasi). Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta kotib qatnashgan bo‘lsa, har qaysi kotib o‘zi yuritgan yozuv uchun bayonnomani imzolashi shart. Raislik etuvchi o‘zgarmagan bo‘lsa, sud majlisi tamom bo‘lgandan keyin imzo qilishi yetarlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasi aniq, tushunarli tarzda yozilishi, o‘chirishlar yoki kiritilgan so‘zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxirida imzolash oldidan izoh berilishi zarur (JPKning 92-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishlar bo‘yicha raislik etuvchi sudyalarning e’tibori kasbiy mahoratlarini doimiy oshirishlari zarurligiga qaratilsin chunki ish holatlarini to‘liq va xolislik bilan tekshirish, haqiqatni aniqlash va sud jarayonining tarbiyaviy ahamiyati ular tomonidan protsessual qonunchilikning barcha talablarini og‘ishmay va aniq bajarilishi, mohirona, chuqur o‘ylab, odob bilan rahbarlik qilishiga asosan bog‘liqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunchiligiga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish, jinoyat ishlarining sud muhokamasida jinoyat-protsessual qonunchiligini qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni, birorta qonun buzilish holatini e’tibordan chetda qoldirmasdan, muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son