Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2010 17.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1906
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 17.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1906
Кучга кириш санаси
27.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

YAGONA IJTIMOIY TOʻLOVNING BAZAVIY MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN YAGONA IJTIMOIY TOʻLOVNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-fevralda 1906-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 5-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-8-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 5-fevraldagi 16, 2009-8 - sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning (keyingi oʻrinlarda YIT deb ataladi) bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom qonun hujjatlarga muvofiq, yagona ijtimoiy toʻlovning pasaytirilgan stavkasi belgilangan yuridik shaxslarga, budjet tashkilotlariga hamda notijorat tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab YIT toʻlovchilari YITni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda 24 foizli stavka boʻyicha, biroq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fermer xoʻjaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda YIT hisoblashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Vaqtinchalik nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomni qoʻllash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish predmeti boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. YIT hisoblab chiqarish va toʻlash uchun YITning bazaviy miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YIT toʻlovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona boʻyicha YITning bazaviy miqdorini aniqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YITning bazaviy miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BRyait =K/n * N, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BRyait — YITning bir oy uchun bazaviy miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qatʼi nazar) soni, biroq korxonada oʻrnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek, yillik mehnat taʼtillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan taʼtillarga toʻgʻri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasaytirilgan stavkalar boʻyicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarning ish kunlari (YIT boʻyicha imtiyoz muddati tugagunga qadar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar koʻrsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n — korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — bir xodim uchun bir oyda YIT normativi (bir minimal ish haqi, fermer xoʻjaliklar uchun esa belgilangan minimal ish haqining 50 foizi). Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunida oʻzgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining oʻrtacha oylik miqdori qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. YITning bazaviy miqdori har oy hisoblab chiqariladi. Hisobot davri uchun YITning bazaviy miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisobot davrining har bir oyi uchun YITning bazaviy miqdorlari qoʻshib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan kam boʻlsa, u holda toʻlanishi lozim boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov YITning bazaviy miqdori summasiga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning bazaviy miqdoridan koʻp yoki unga teng boʻlsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YITning bazaviy miqdorini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toʻlovchilar, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, YIT hisob-kitobiga Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori hisob-kitobini ushbu Vaqtinchalik nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shaklda taqdim etishadi. Fermer xoʻjaliklari ular mikrofirma, kichik korxona boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, chorak uchun YITning hisob-kitobiga Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori hisob-kitobini ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari boʻyicha soliq hisoboti shaklida, taqdim etiladigan Maʼlumotnoma-Hisob-kitobdan kelib chiqib, YIT hisob-kitobi shakliga quyidagi satrlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“051” — hisobot davri uchun YITning bazaviy miqdori. Ushbu satr faqat 3-ustuni boʻyicha toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“052” — Hisobot davrida toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar YIT hisob-kitobi 3-ustunining “050”-satri 3-ustunining “051”-satridan katta yoki teng boʻlsa, u holda 3-ustunning “052”-satrida “050”-satridagi YIT summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar 3-ustunning “050”-satridagi summa 3-ustunning “051”-satridagi summadan kichik boʻlsa, u holda 3-ustunning “052”-satrida 3-ustunning “051”-satridagi summa koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ustunning “052”-satriga 4-ustunning “050”-satridagi summa koʻchirib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“060”-satrga YITning avvalgi hisob-kitobining “052”-satridagi summasi koʻchirib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda YITni hisob-kitobining shartli misollari ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻlovchilar ushbu Vaqtinchalik nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq YITni toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlarga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qoʻshimcha hisoblaydilar. Bunda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻshimcha hisoblangan YIT summasi toʻlovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2010-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA

‎Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori
‎HISOB-KITOBI
‎(xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun YIT hisob-kitobiga ilova qilinadi, mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari)
‎

Koʻrsatkichlar‎ Satr kodi‎ Summa‎
1‎ 2‎ 3‎
Hisobot oyida barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari‎ 010‎ ‎
Hisobot oyida ish kunlari soni‎ 020‎ ‎
Hisobot oyida bir xodim uchun YIT normativi‎ 030‎ ‎
Hisobot oyida YITning bazaviy miqdori (010-satr/020-satr x 030-satr) ‎ 040‎ ‎
Avvalgi hisobot davri oxiridagi YITning bazaviy miqdori (avvalgi hisobot davri uchun Maʼlumotnoma-Hisob-kitobning 060-satri)‎ 050‎ ‎
Hisobot davri oxirida YITning bazaviy miqdori (040-satr + 050-satr)‎ 060*‎ ‎

‎Rahbar

‎_____________________‎
‎
‎

(imzo)‎

‎
Bosh buxgalter‎ _____________________‎ ‎
‎

(imzo)‎

‎
M.Oʻ.‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mazkur satrdagi summa YIT hisob-kitobi 3-ustunining “051” - satriga koʻchirib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori
‎HISOB-KITOBI
‎‎(mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YIT hisob-kitobiga ilova qilinadi)
‎

Koʻrsatkichlar‎ Satr kodi‎ Summa‎
1‎ 2‎ 3‎
Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari‎ 010‎ x‎
chorakning birinchi oyi uchun‎ 0101‎ ‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0102‎ ‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0103‎ ‎
Hisobot davrida ish kunlari soni‎ 020‎ x‎
chorakning birinchi oyi uchun‎ 0201‎ ‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0202‎ ‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0203‎ ‎
YIT normativi:‎ 030‎ x‎
chorakning birinchi oyi uchun‎ 0301‎ ‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0302‎ ‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0303‎ ‎
YITning bazaviy miqdori
‎(0401-satr+0402-satr+0403-satr): ‎
040‎ ‎
chorakning birinchi oyi uchun
‎(0101-satr/0201-satr x 0301-satr) ‎
0401‎ ‎
chorakning ikkinchi oyi uchun
‎(0102-satr /0202-satr x 0302-satr)
0402‎ ‎
chorakning uchinchi oyi uchun
‎(0103-satr /0203-satr x 0303-satr)
0403‎ ‎
Avvalgi hisobot davri oxiridagi YITning bazaviy miqdori (avvalgi hisobot davri uchun Maʼlumotnoma-Hisob-kitobning 060-satri)‎ 050‎ ‎
Hisobot davri oxirida YITning bazaviy miqdori
‎(040-satr + 050-satr)‎
060*‎ ‎

‎Rahbar‎

‎_____________________
‎
‎

(imzo)‎

‎
Bosh buxgalter‎ _____________________‎ ‎
‎

(imzo)‎

‎
M.Oʻ.‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mazkur satrdagi summa YIT hisob-kitobi 3-ustunining “051” - satriga koʻchirib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda YITni hisob-kitobining shartli misollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol. Savdo korxonasida 8 kishi ishlaydi. Korxonada 5 kunlik ish kuni belgilangan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan aniqlanadigan Ish vaqti hisob-kitobiga muvofiq 2009-yil yanvarida 5 kunlik ish haftasida ish kunlari soni 21 kunni tashkil etadi. 2009-yil yanvar oyi uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdori 28 040 soʻmni tashkil etadi. Yanvar uchun quyidagi ish haqi hisoblandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar‎ Haqiqatda ishlagan kunlar‎ Hisoblangan ish haqi (soʻm)‎
1-xodim‎ 21‎ 400 000‎
2-xodim‎ 21‎ 300 000‎
3-xodim‎ 11‎ 250 000‎
4-xodim‎ 21‎ 200 000‎
5-xodim‎ 14‎ 80 000‎
6-xodim‎ 15‎ 90 000‎
7-xodim‎ 21‎ 30 000‎
8-xodim‎ 21‎ 40 000‎
Ish haqi fondi‎ ‎ 1 390 000‎
YIT summasi (ish haqi fondidan 24%)‎ ‎ 333 600‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarining umumiy soni:

K=21+21+11+21+14+15+21+21=145.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan formulaga asosan YITning bazaviy miqdori (BRyait ) = 145/21 * 28 040 soʻm = 193 610 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqatda hisoblangan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan katta boʻlganligi uchun (333 600 soʻm > 193 610 soʻm), YIT hisob-kitobining “Hisobot davrida toʻlanishi lozim” satrida 333 600 soʻm koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol. Ishlab chiqarish korxonasida 9 kishi ishlaydi. Korxonada 6 kunlik ish kuni belgilangan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan aniqlanadigan Ish vaqti hisob-kitobiga muvofiq 2009-yil yanvarida 6 kunlik ish haftasida ish kunlari soni 26 kunni tashkil etadi. Yanvar uchun quyidagi ish haqi hisoblandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar‎ Haqiqatda ishlagan kunlar‎ Hisoblangan ish haqi (soʻm)‎
1-xodim‎ 26‎ 150 000‎
2-xodim‎ 15‎ 90 000‎
3-xodim‎ 26‎ 90 000‎
4-xodim‎ 16‎ 65 000‎
5-xodim‎ 26‎ 80 000‎
6-xodim‎ 11‎ 40 000‎
7-xodim‎ 15‎ 50 000‎
8-xodim‎ 26‎ 50 000‎
9-xodim‎ 26‎ 60 000‎
Ish haqi fondi‎ ‎ 675 000‎
YIT summasi (ish haqi fondidan 24%)‎ ‎ 162 000‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarining umumiy soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K=26+15+26+16+26+11+15+26+26=187.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan formulaga asosan YITning bazaviy miqdori (BRyait ) = 187/26 * 28 040 soʻm = 201 672 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, haqiqatda hisoblangan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan kichik boʻlganligi uchun (162 000 soʻm < 201 672 soʻm), YIT hisob-kitobining “Hisobot davrida toʻlanishi lozim” satrida 201 672 soʻm koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Agar soliq toʻlovchida smenali ish rejimi boʻlsa, u holda korxonada belgilangan ish kunlari: 8 soatli ish kunida 5 kunlik ish haftasi sifatida, 7 soatlik ish kunida 6 kunlik ish haftasi sifatida hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 85-modda)