OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI MUTAXASSISLARINING MALAKASINI OShIRISh, ULARNI QAYTA TAYYORLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda 1745-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y. 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y. 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2007-yil 5-dekabr, roʻyxat raqami 1745 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
2009-11-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-fevraldagi 2009-11-sonli buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandida “yoxud mustaqil ravishda jismoniy shaxs — qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi sifatida” soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 2-bandida “investitsiya institutlarining” va “investitsiya institutida” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarining” va “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisida” soʻzlari bilan tegishli ravishda almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 81-modda)