OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
INVESTITSIYa VOSITAChILARINING EMITENTLARGA RASMIY DILER (MARKET-MEYKER)LIK XIZMATLARINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda 1682-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-B-sonli “Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2007-yil 26-may, roʻyxat raqami 1682 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 227-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-fevral,
2009-08-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-fevral,
13-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-fevral,
289-V-1-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 3-fevraldagi 2009-08, 13, 289-V-1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasida “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Nizomning muqaddimasida “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 80-modda)