13.11.1992 yildagi 5б-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQDIM ETUVCHIGA DEB BERILGAN HUJJATLAR YOʻQOLGAN TAQDIRDA ULARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI TIKLASH (CHAQIRIB ISH YURGIZISH) HAQIDAGI ARIZALARNING SUDLAR TOMONIDAN KOʻRILISHI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqotilgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) toʻgʻrisidagi ishlarining sudlarda koʻrilishi munosabati bilan kelib chiqayotgan muammolarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 35-bobida belgilanganiga koʻra, shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqotilgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday huquqlarni tiklash bank tomonidan taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqotilganida, balki hujjatlar ularni lozim darajada saqlamaganlik oqibatida toʻlov xususiyatlarini yoʻqotganligi natijasida va boshqa (omonat daftarchasida va (yoki) nazorat varaqasida raqam soni saqlanmagan, omonat daftarchasida omonat qoldigʻi toʻla saqlanmaganida va boshqa) sabablarga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchiga deb berilgan omonat daftarchasi, unga nazorat varaqasi yoki davlat zayomi obligatsiyalarini va qimmatbaho narsalarni saqlashga olish uchun berilgan guvohnomaning toʻlov qobiliyatini yoʻqotganligi masalasi dastlab xalq banki tomonidan hal qilinadi. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjat mablagʻni aniqlash xususiyatini yoʻqotganligi sababli xalq banki operatsiyalar bajarishni rad etsa, bu hujjat boʻyicha huquqlarni tiklash sud tartibida amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi boshqa banklar tomonidan mazkur punktda koʻrsatilgan, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar boʻyicha, huquqni tiklash haqidagi arizalar ham xuddi shu tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqni tiklash haqidagi talablar boʻyicha ishlar alohida tartibda koʻriladi, shuning uchun arizada FPKning 149-moddasida koʻrsatilgan umumiy talablardan tashqari FPKning 301-moddasida belgilangan maʼlumotlar qayd etilishi lozim. Arizachi mazkur shartlarni bajarmasa, sudya arizani harakatsiz qoldirib, arizachiga bu haqda xabar berib, kamchiliklarni tugatishga muddat beradi. Agarda arizachi kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmasa, ariza qabul qilinmagan deb hisoblanadi va arizachiga qaytariladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza boʻyicha eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida davlat boji toʻlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ariza qabul qilinganidan soʻng, ishni sudda koʻrishga tayyorlash tartibida, sudya tomonidan darhol hujjat bergan muassasaga bu hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni yoki pul berishni taqiqlash haqida ajrim chiqarilishi va uning nusxasi tezda shu muassasaga joʻnatilishi lozim.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning pul berish va qaytarish harakatlarini taqiqlovchi talablari uni bajarishi lozim boʻlgan muassasalar tomonidan buzilganda, bunday muassasalar, sud tomonidan yoʻqolgan hujjatlarning egasi deb topilgan shaxslar oldida notoʻgʻri toʻlangan toʻlovlarning toʻliq miqdorida FKning 985, 989-moddalari qoidalariga koʻra moddiy javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud majlisida hujjat bergan muassasa vakilining bayonoti eshitilishi lozim. Agar arizachi yoʻqolgan hujjat hisob raqamini koʻrsata olmasa, hujjat bergan muassasa vakilini ishga jalb qilish majburiydir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPKning 301-moddasida yoʻqotilgan hujjatning alohida belgilari ostida hisob raqami, nazorat varaqasi (talon)ning raqami, omonat qoʻyilgan kun, omonat boʻyicha operatsiya amalga oshirilgan kun, omonatning miqdori yoki qolgan qismi, obligatsiya raqamlari, ularni saqlashga topshirilgan sana, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning tavsifi va oʻziga xos xususiyatlari tushuniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻqolgan hujjat haqidagi mahalliy matbuotda berilgan eʼlon istisnosiz FPKning 303-moddasi bilan belgilangan talablarni oʻzida aks ettirishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga eʼlon yoʻqolgan hujjatning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirishi kerak emas. FPKning 308-moddasiga binoan yoʻqotilgan hujjatni haqiqiy emas deb topish ish mazmunan koʻrib boʻlinganidan soʻng sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agarda matbuotda eʼlon qilinganidan soʻng hujjatni saqlovchi uni sudga taqdim etib, unga daʼvo qilmasligini bayon etsa, sud chaqirib ish yuritish boʻyicha ish yurgizishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va shu bilan birga hujjat boʻyicha ijro qilish harakatlarini taqiqlashni bekor qilib, arizachiga saqlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yoʻqolgan hujjatni saqlovchi unga nisbatan daʼvo qilsa, sud tomonidan FPKning 305-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan soʻng taqdim etuvchiga deb berilgan yoʻqolgan hujjatlar boʻyicha huquqlarni tiklash haqidagi ariza koʻrmasdan qoldiriladi. Bunday holatda taqiqlash choralari ish sudda koʻrilgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi, ularni bekor qilish FPKning 336-moddasiga koʻra amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. FPKning 301 -moddasida koʻrsatilgan daʼvoning taalluqliligi fuqarolik-protsessual qonunchiligining umumiy qoidalari boʻyicha belgilanadi va unga koʻra daʼvo javobgar yashash joyida qoʻzgʻatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hujjatni saqlab turuvchidan uch oylik muddat ichida ariza tushmasligi oʻz-oʻzidan yoʻqolgan hujjat arizachiga tegishli ekanini tasdiqlovchi dalil boʻla olmasligini sudlar eʼtiborga olmoqlari lozim. Shuning uchun sud arizachining shu hujjatga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni sinchkovlik bilan tekshirmogʻi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarni tiklash sud tomonidan omonat daftarchasi yoki uning nazorat varaqasi yoki shu ikki hujjat ham yoʻqolgan taqdirda amalga oshiriladi. Arizachida saqlanib qolingan hujjat ishga ilova qilinadi, sud qarorida uning bekor qilinganligi koʻrsatilishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar ish FPKning 308-moddasiga asosan hal qilinishida omonat yoki qimmatliklar sudning taqiqlovchi choralar haqidagi ajrimi olinishidan oldin tegishli muassasa tomonidan berilganligi yoki yoʻqolgan hujjatning alohida belgilari omonat yoki qimmatliklarning arizachiga tegishliligi haqida xulosa qilish uchun yetarli boʻlmasa, sud hujjatni haqiqiy emas deb topish va tegishli muassasa zimmasiga arizachiga omonat yoki yoʻqolgan hujjat oʻrniga yangisini berish majburiyatini yuklashni rad etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asossiz boyish haqida daʼvo taqdim etilganda (FPKning 309-moddasi) hujjatni saqlovchi oʻzining shu qimmatli hujjatning halol va qonuniy egasi ekanligini hamda boyish alomati borligi va uning hajmini isbotlashi kerak. Yoʻqolgan hujjat oʻrniga sudning qaroriga koʻra yangi hujjat olgan shaxs qonuniy saqlovchi oldida asossiz olingan va saqlangan mulkning miqdorida moddiy javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asossiz boyiganlik haqidagi daʼvo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadigan umumiy daʼvo muddati doirasida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida oʻz vaqtida arz qilmagan saqlovchi hujjatni haqiqiy emas deb topilishi bilan bogʻliq zararni undirishga haqli emas.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son