13.11.1992 yildagi 5б-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQDIM ETUVCHIGA DEB BERILGAN HUJJATLAR YOʻQOLGAN TAQDIRDA ULARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI TIKLASH (CHAQIRIB ISH YURGIZISH) HAQIDAGI ARIZALARNING SUDLAR TOMONIDAN KOʻRILISHI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqotilgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) ishlarining sudlarda koʻrilishi munosabati bilan kelib chiqayotgan muammolarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 35-bobida belgilanganiga koʻra, shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqotilgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday huquqlarni tiklash bank tomonidan taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlarni nafaqat yoʻqotilganida, balki hujjatlar befarq saqlangani natijasida mablagʻning hajmini aniqlash xususiyatini yoʻqotgan holda va boshqa hollarda (omonat daftarchasida va nazorat varaqasida raqam soni saqlanmagan holda, omonat daftarchasida mablagʻ qoldigʻi toʻla saqlanmaganida va boshqa sabablarga koʻra) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchiga deb berilgan omonat daftarchasi, nazorat varaqasi yoki davlat zayomi obligatsiyalarini va qimmatbaho narsalarni saqlashga olish uchun berilgan guvohnomani, mablagʻning hajmini aniqlash, xususiyatini tiklash masalasi dastlab jamgʻarma banki tomonidan hal qilinadi. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjat mablagʻni aniqlash xususiyatini yoʻqotganligi sababli jamgʻarma banki operatsiyalar bajarishdan voz kechsa, bu hujjat boʻyicha huquqlarni tiklash sud orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi boshqa banklar tomonidan mazkur punktda koʻrsatilgan, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar boʻyicha, huquqni tiklash haqidagi arizalar xuddi shu tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqni tiklash haqidagi ishlar alohida tartibda koʻriladi, shuning uchun arizada FPKning 149-moddasida koʻrsatilgan umumiy talablardan tashqari FPKning 301-moddasida belgilangan maʼlumotlar qayd etilishi lozim. Arizachi mazkur shartlarni bajarmasa, sudya arizani harakatsiz qoldirib, arizachiga bu haqda xabar berib, kamchiliklarni tugatishga muddat beradi. Agarda arizachi kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmasa, ariza qabul qilinmagan deb hisoblanadi va arizachiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza boʻyicha eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida davlat boji toʻlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ariza qabul qilinganidan soʻng, ishni sudda koʻrishga tayyorgarlik koʻrish uchun, sudya tomonidan darhol hujjat bergan muassasaga bu hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni yoki pul berishni taqiqlovchi ajrim chiqarilishi va uning nusxasi tezda shu muassasaga joʻnatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning pul berish va qaytarish harakatlarini taqiqlovchi talablari uni bajarishi lozim boʻlgan muassasalar tomonidan buzilganda, bunday muassasalar, sud tomonidan yoʻqolgan hujjatlarning egasi deb topilgan shaxslar oldida notoʻgʻri toʻlangan toʻlovlarning toʻliq miqdorida FKning 985, 989-moddalari qoidalariga koʻra moddiy javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud majlisida hujjat bergan muassasa vakilining bayonoti eshitilishi lozim. Agar arizachi yoʻqolgan hujjat hisob sonini koʻrsata olmasa, hujjat bergan muassasa vakilini ishga jalb qilish majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPKning 301-moddasida koʻrsatilgan yoʻqotilgan hujjatning alohida belgilari deb hisob soni, nazorat varaqasi (talon)ning soni, omonat qoʻyilgan kun, omonat boʻyicha operatsiya amalga oshirilgan kuni, omonatning miqdori yoki qolgan qismi, obligatsiya raqamlari, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning tavsifi va oʻziga xos xususiyatlari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻqolgan hujjat haqidagi mahalliy matbuotda berilgan eʼlon istisnosiz FPKning 303-moddasi bilan belgilangan talablarni oʻzida aks ettirishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga eʼlon yoʻqolgan hujjatning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirishi kerak emas. FPKning 308-moddasiga binoan yoʻqotilgan hujjatni haqiqiy emas deb topish ish mazmunan koʻrib boʻlinganidan soʻng sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agarda matbuotda eʼlon qilinganidan soʻng hujjatni saqlovchi uni sudga taqdim etib, unga daʼvo qilmasligini bayon etsa, sud chaqirib ish yurgizishlik boʻyicha ish yurgizishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va shu bilan birga hujjat boʻyicha ijro qilish harakatlarini taqiqlashni bekor qilib, arizachiga saqlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda hujjat saqlovchi yoʻqolgan hujjatga nisbatan daʼvo qilsa, sud FPKning 305-moddasi bilan koʻzda tutilgan talablar bajarilganidan soʻng taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqotilishi sababli ularni tiklash haqidagi arizani koʻrmasdan qoldiradi. Bunday holatda taqiqlash choralari ish sudda koʻrilgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi, ularni bekor qilish FPKning 306-moddasiga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. FPKning 305, 306-moddalarida koʻrsatilgan daʼvoning taalluqliligi fuqarolik-protsessual qonunchiligining umumiy qoidalari boʻyicha belgilanadi va unga koʻra daʼvo javobgar yashash joyida qoʻzgʻatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hujjatni saqlab turuvchidan uch oylik muddat ichida ariza tushmasligi oʻz-oʻzidan yoʻqolgan hujjat arizachiga tegishli ekanini tasdiqlovchi dalil boʻla olmasligini sudlar eʼtiborga olmoqlari lozim. Shuning uchun sud arizachining shu hujjatga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni sinchkovlik bilan tekshirmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarni tiklash sud tomonidan omonat daftarchasi yoki nazorat varaqasi yoʻqolganda yoki shu ikki hujjat yoʻqolgan taqdirda amalga oshiriladi. Arizachida saqlanib qolingan hujjat ishga ilova qilinadi, sud qarorida uning bekor qilinganini koʻrsatishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar ish FPKning 308-moddasiga asosan hal qilinishida omonat yoki qimmatliklar sudning taqiqlovchi choralari olinishidan muqaddam tegishli muassasa tomonidan berilgan boʻlganligi yoki arizachi koʻrsatilgan yoʻqolgan hujjatlarning alohida belgilari uni aniqlashga yetarli emasligi maʼlum boʻlsa, sud arizachiga omonatni qaytarishni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat oʻrniga yangi hujjat berish vazifasini tegishli muassasaga yuklatishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hujjat saqlovchining asossiz boyishi haqida daʼvo tushsa, (FPKning 309-moddasi) u oʻzining shu qimmatli hujjatning halol va qonuniy egasi ekanligini hamda boyish alomati borligi va uning hajmini isbotlashi kerak. Yoʻqolgan hujjat oʻrniga sudning qaroriga koʻra yangi hujjat olgan shaxs qonuniy saqlovchi oldida qonunsiz olingan va saqlangan mulkning miqdorida moddiy javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asossiz boyiganlik haqidagi daʼvo umumiy daʼvo muddatlari davrida keltirilishi mumkin boʻlib, u hal qiluv qarori kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni saqlovchi hujjatga oʻzining huquqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida arz qilmagan boʻlsa, shu hujjatni haqiqiy emas deb topish natijasidan kelib chiqqan zararni undirishga haqli emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son