20.12.1991 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarini chiqarish fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar fuqarolarni va davlatni qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoyasini taʼminlab, bu ishlarni asosan toʻgʻri hal qilmoqdalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qator hollarda ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan qonunni qoʻllashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Sudga taalluqli boʻlmagan arizalarni ish yuritishga qabul qilish hollari bor. Faktni belgilash qanday huquqiy oqibatlar tugʻdirishi, shuningdek, yoʻqotilgan hujjatlarni sudsiz tartibda olish yoki tiklash imkoniyati yoʻqligi har doim ham aniqlanmaydi.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faktni belgilash bilan bogʻliq boʻlgan holatlar yetarli darajada tekshirilmaydi, manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etishga jalb qilinmaydilar, oqibatda qator ishlar boʻyicha fuqarolarning arizalarini qanoatlantirish toʻgʻrisida asossiz hal qiluv qarorlari chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik faktni belgilash bilan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi notoʻgʻrilikni belgilash oʻrtasidagi, faktni tan olish bilan faktni roʻyxatga olinganligini belgilash oʻrtasidagi farq sudlar tomonidan ravshan aniqlanmaydi.
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish, qonunlarni toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikka qatʼiy amal qilishga, fuqarolarning va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlashni har taraflama taʼminlashga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar FPKning 283-moddasida koʻzda tutilgan sud yoʻli bilan belgilanadigan faktlar roʻyxati qatʼiy emasligini eʼtiborga olgan holda, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarning sudlarga taalluqliligi haqidagi qonun talablarini aniq bajarishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
– otalik faktlarini, otalikni qayd qilish faktlarini, 1968-yil 1-oktabrgacha tugʻilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik (belgilaganlik) faktlarini, otalikni qayd qilish faktlarini;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
– ixtironi joriy etish faktlarini, taklifni ratsionalizatorlik sifatida tavsiflanganlik faktlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
– binoga, payga, avtomobilga va boshqa maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan mulkka egalik qilish faktlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
– nikohdan ajralishmasdan, lekin oilaviy munosabatlar ancha oldin tugatilganidan soʻng imoratni er-xotindan birining mablagʻlariga qurilganlik faktlarini;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
– sugʻurta guvohnomasining tegishliligi faktlarini;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
– fuqaroni yoki uning ota-onasini Ikkinchi Jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilinganlik faktlarini.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 44-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amaldagi qonunlarda belgilashning boshqacha (sudsiz) tartibi nazarda tutilgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalar sud tartibida koʻrilishi mumkin emas. Quyidagi faktlar sud tartibida belgilanmaydi. Jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) haqiqiy harbiy xizmatni oʻtaganlik, partizan otryadida boʻlganlik, janglarda yarador boʻlganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning yoshini belgilash toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oliy oʻquv yurtini, texnikumni, oʻrta maktabni va boshqa oʻquv yurtlarini bitirganlik faktlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) partiya, kasaba uyushmalari harbiy hujjatlarni, pasport va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarni tegishliligi faktlari.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Faktni belgilash toʻgʻrisidagi arizalar FPKning 280, 283-moddalariga binoan alohida ish yuritish tartibida koʻrishda quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirdagina sud tomonidan qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu faktni belgilash bevosita fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini vujudga keltirsa, oʻzgartirsa yoki tugatsa;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan “a” kichik bandi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar manfaatdor shaxslar oʻrtasida huquq haqida sudga taalluqli nizo boʻlmasa, faktni belgilash shu faktdan kelib chiqadigan (fuqaroning nasabini, kelib chiqishi, merosni qabul qilish muddatini uzaytirish, meros haqidagi guvohnoma berilishining asosliligi, shartnomani haqiqiy emas deb topish haqida) huquq haqidagi nizoni kelgusida hal qilish bilan bogʻliq boʻlmasa, qachonki manfaatdor shaxslarda tegishli daʼvo bilan sudga murojaat qilish imkoniyati boʻlsa;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qaroriga asosan “a” kichik bandiga oʻzgartirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar ariza beruvchi shu faktni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha yoʻl bilan olish yoki tiklash imkoniyatiga ega boʻlmasa.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qaroriga asosan “b” kichik bandiga oʻzgartirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha yuridik ahamiyatga ega boʻlmagan fakt boshqa mamlakatning (respublikaning) qonunchiligi boʻyicha huquqiy oqibatlarga olib kelsa va sudning hal qiluv qarori shu mamlakatda (respublikada) qoʻllash uchun zarur boʻlsa, sud bunday faktni belgilashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPKning 283-moddasiga binoan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlar sud tartibida faqat fuqarolarning emas, balki bundan manfaatdor tashkilotlarning ham arizalari boʻyicha belgilanishini sudlar eʼtiborda saqlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alohida tartibda qoʻzgʻatiladigan ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida sudya qaysi fuqarolar va tashkilotlar bu ishni hal qilinishidan manfaatdor boʻlishlari mumkinligi va sud majlisiga qatnashishga jalb qilinishi lozimligini aniqlashga majbur. Bu turkumdagi ishlar boʻyicha bunday shaxslar oʻlganning vorislari, moliya tashkilotlari, ijtimoiy taʼminot va davlat sugʻurta tashkilotlari, mudofaa ishlari boʻlimi va hokazolar boʻlishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda qatnashishga jalb etilgan manfaatdor shaxslar berilgan arizaning asosliligini yoki asossizligini tasdiqlovchi dalillar keltirishga, ish holatlarini tekshirishda qatnashishga, chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan shikoyat keltirishga va FPKning 34-moddasida koʻrsatilgan boshqa protsessual harakatlarni qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar sudlar tomonidan, alohida tartibda koʻriladigan ishlar boʻyicha qonunda koʻzda tutilgan istisnolar bilan (nizoning yoʻqligi, ishlar boʻyicha kelishuv bitimlarini tuzib boʻlmasligi va boshqalar), protsessual qonunchilikning umumiy qoidalariga muvofiq koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FPKning 283-moddasining 1-bandida qarindoshlik munosabatlari deganda toʻgʻri qarindoshlik, biri ikkinchisidan yoki bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan shaxslarning qon-qarindoshligi nazarda tutilganligi sudlarga tushuntirilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qon-qarindoshlikning yoʻqligi qarindoshlikning yoʻqligidan dalolat beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun qarindoshlik munosabatlarini, bu munosabatlar bevosita yuridik oqibatlarni keltirib chiqargandagina, yaʼni ularni tasdiqlash arizachiga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun, boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan nafaqa rasmiylashtirish uchun, koʻp bolalik boʻyicha davlat yordam puli olishga haqli boʻlish va hokazolar uchun zarur boʻlsa, belgilashga yoʻl qoʻyadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros olish maqsadida qarindoshlik munosabatlarini belgilashda sudlar vorislik huquqi qonun-qoidalari bilan oʻrnatiladigan qarindoshlik doirasidan kelib chiqishlari kerak. Qonun boʻyicha yoki vasiyat boʻyicha voris boʻlmagan shaxslarning qarindoshlik munosabatlari yuridik ahamiyatga ega emas va ularning qarindoshlik munosabatlari fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin emas. Respublika doirasidan tashqarida doimiy yashagan meros qoldiruvchilar bilan qarindoshlik munosabatlari faktini belgilashda, sud meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyidagi mamlakatning (respublikaning) vorislar doirasini va vorislar boʻyicha munosabatlarni belgilovchi qonunga amal qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya olish maqsadida qarindoshlik munosabatlarini belgilashda, pensiya qonunchiligi bilan koʻzda tutilgan, kengaytirilgan talqinga yoʻl qoʻyilmaydigan, oʻlganning oila aʼzolari doirasidan kelib chiqilmogʻi lozim.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qarindoshlik munosabatlari faktini belgilash haqidagi arizani qabul qilishda sudya fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yoʻqotilgan tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklashini rad etganlik toʻgʻrisidagi xulosasini yoki arizachining yoxud ularga nisbatan ariza berilgan shaxslarning tugʻilganlik yoki nikoh haqidagi guvohnomasini olishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni albatta talab qilib olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda arizachi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarda familiyasi, ismi yoki otasining ismi notoʻgʻri yozilganligini koʻrsatib, qarindoshlik munosabatlari faktini belgilashni soʻrasa, sud bunday arizani yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash tartibida koʻrishga haqli emas, chunki talab mazmunan dalolatnoma yozuvidagi notoʻgʻriliklarni tuzatish zaruriyatidan iborat (FPKning 274, 275-moddalari).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, oʻlganning qaramogʻida boʻlganlik faktini belgilash, agarda berib kelingan yordam arizachining hayot kechirishi uchun doimiy va asosiy manba boʻlgan boʻlsa, meros olish, pensiya tayinlash yoki zararni toʻlatish uchun ahamiyatga egadir. Arizachi ish haqi, pensiya, stipendiya olib kelgan yoki boshqa daromad manbaiga ega boʻlgan hollarda, yordam koʻrsatib kelgan shaxs tomonidan berilgan yordam arizachining hayot kechirishi uchun doimiy va asosiy manba boʻlgan-boʻlmaganligini aniqlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan pensiya tayinlash uchun birovning qaramogʻida boʻlganlik fakti uy-joylardan foydalanish tashkilotlarining yoki fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi. Agarda bunday hujjatlar boʻlmasa va ularni tiklash mumkin boʻlmasa, fakt sud tartibida belgilanishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya tayinlash uchun birovning qaramogʻida boʻlganlik faktini belgilashda, vafot etganning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari boquvchisining oʻlimi munosabati bilan pensiya olish huquqiga ega ekanliklarini nazarda tutish kerak (vafot etganning qaramogʻida boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar pensiya tayinlanadigan, frontda halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari, er-xotinlari va bolalari bundan mustasno).
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya qonunchiligi bilan oʻrnatilgan, boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan pensiya olishga huquqi boʻlgan mehnatga layoqatsiz oila aʼzolarining doirasi qatʼiy va kengaytirilgan talqinga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuning uchun sudlar bu roʻyxatda koʻrsatilmagan shaxslardan birovning qaramogʻida boʻlganlik faktini belgilash haqidagi arizalarni qabul qilishga haqli emaslar. Qaramogʻida boʻlish muddati bu holatda ahamiyatsizdir. Oila aʼzolarining boshqa-boshqa yashashligi, arizachini boqishga majbur boʻlgan boshqa qarindoshlarining borligi, qaramogʻida boʻlganlik faktini istisno etmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik faktini belgilashda Fuqarolik kodeksining 1139, 1141-moddalari va Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 16-17-bandlarida bayon qilingan mehnatga qobiliyatsiz boqimlarining uch toifasi yuzasidan berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. Bunda, meros qoldiruvchi bilan uning qaramogʻida boʻlgan shaxs oʻrtasida qarindoshlik munosabatlari bor-yoʻqligi ahamiyatga ega emas.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan zararni undirish uchun birovning qaramogʻida boʻlganlik faktini belgilashda sudlar Fuqarolik kodeksining 1009-moddasiga muvofiq zararni undirtirib olishga boʻlgan huquq boquvchi bilan uning qaramogʻida boʻlgan shaxs oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatiga ham, qaramoqda boʻlganlik muddatiga ham bogʻliq emasligini inobatga olishlari lozim.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik faktlarni belgilash tartibida fuqarolarning yoshini aniqlash sudlarga taalluqli boʻlmay, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDY) tomonidan Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, 233-moddalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 139-140, 154-155, 185-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan yoki ularda yoshi haqidagi maʼlumot boʻlmagan yoxud bunday maʼlumotlarda qarama-qarshilik boʻlgan yoinki hujjatlarda koʻrsatilgan tugʻilganlik sanasiga eʼtiroz bildirayotgan fuqaroning talabi FHDY organi tomonidan rad etilsa, mazkur xulosa ustidan arizachi Fuqarolik protsessual kodeksining 269, 274-moddalariga asosan sudga shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida arxiv hujjatlari yoʻqolgan, tegishli yozuvlar saqlanmagan va bunday yozuvlarni tiklash fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlari tomonidan rad qilingan boʻlsa yoki bunday yozuv faqat sudning fuqarolik holatini roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hal qiluv qarori (masalan, vafot etganlarga nisbatan) asosida tiklanishi mumkin boʻlgan holatlarda sudlar tugʻilganlik, farzandlikka olish, nikoh, ajralish va oʻlimni roʻyxatga olish faktini belgilashga haqli. FPKning 283-moddasining 4-bandi bolalikka olish, nikoh, ajralish va vafot etganlik faktini emas, balki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarida roʻyxatga olish faktini nazarda tutadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, nikohni qayd qilinganligi haqidagi maʼlumot mavjud boʻlganida nikoh guvohnomasini olmaganlik yoki uni yoʻqotganlik holati nikohni roʻyxatga olinganlik faktini belgilash oʻrniga ularni faktik nikoh munosabatlarida boʻlganliklarini belgilash xato hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikohni roʻyxatga olinganlik faktini belgilashni soʻrab sudga er-xotinning ikkalasi murojaat qilishi mumkin. Agar bu haqda sudga er-xotindan biri ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa, ikkinchisi ishga manfaatdor shaxs sifatida jalb qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar farzandlikka olishni roʻyxatga olganlik faktini, shuningdek, farzandlikka olish haqida hokimiyat qarori qabul qilinganligi faktini belgilash haqidagi talablarni ham koʻrishi mumkin.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faktik ravishda bolalikka olinganlik yuridik ahamiyatga ega emas va bunday faktni belgilash toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qilish rad etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. FPKning 283-moddasining 5-bandi va Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944-yil 22-avgustdagi Farmoniga koʻra faktik nikoh munosabatlarida boʻlganlik fakti faqat bunday munosabatlar 1944-yil 8-iyulgacha vujudga kelgan boʻlsa va nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida er-xotindan birining vafoti tufayli roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlmasagina belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan vaqtdan keyin vujudga kelgan faktik nikoh munosabatlari yuridik oqibat keltirib chiqarmaydi va bunday faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalar sud tartibida koʻrishlik uchun qabul qilinmaydi. Agar er-xotindan biri 1944-yil 8-iyulgacha boshqa faktik nikohga kirgan yoki bir vaqtning oʻzida qonuniy nikohda boʻlgan boʻlsa, shuningdek, bu munosabatlar tomonlardan birining vafotiga qadarli tugatilgan boʻlsa, bunday faktlarni sud belgilashi mumkin emas.
(13-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisiga oʻzgartirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida nikoh munosabatlarining mavjudligini (birgalikda yashash, umumiy xoʻjalik yuritish, bolalarning borligi va ularni tarbiyalash va boshqalarni) isbotlovchi dalillar tekshiriladi. Faktik munosabatlarni haqiqatda boʻlgan deb topib, sud uni mazkur shaxslar oʻrtasida vujudga kelgan vaqti va ulardan birining vafot etgan kuniga qadar davom etganini aniqlaydi.
(13-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshisiga oʻzgartirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlarda koʻrsatilgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi shu shaxsning pasportdagi yoki tugʻilish guvohnomasidagi ismi, otasining ismi va familiyasiga mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarni unga tegishli ekanligi faktini belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sudlar arizachidan huquqni vujudga keltiruvchi hujjatni oʻziga tegishli ekanligi, hujjatni bergan tashkilot unga tegishli oʻzgartirish kirita olmasligi haqidagi dalillarni talab qilishlari kerak. Agar arizachida tegishli faktni aniq tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar boʻlsa, sud huquq tugʻdiradigan hujjatni unga tegishli ekanlik faktini belgilash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachiga shaxsiy hujjatlarni emas, balki huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlarni tegishliligi sud tartibida belgilanishini hisobga olgan holda, sudlar hujjatlarni tegishliligi toʻgʻrisidagi arizalarni taalluqliligiga alohida eʼtibor berishlari lozim. Shaxsiy hujjatlarga pasport, partiya, kasaba uyushmalari biletlari, harbiy biletlar, harbiy xizmatchilarning shaxsiy guvohnomalari, orden va medallarning guvohnomalari kiradi. Bunday hujjatlardagi xatolar faqatgina ularni bergan organ va tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishi mumkin. Mansabdor shaxslarning va davlat boshqaruv organlarining tuzatish kiritishni rad etganlik haqidagi qarorlari ustidan FPKning 266-267-moddalariga binoan sudga shikoyat qilish mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan hujjatlarning tegishliligi faktini belgilash toʻgʻrisidagi arizalar sudlarga taalluqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritish rad qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, FPKning 274-moddasiga koʻra manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkinligini nazarda tutish kerak. Bunday holatlarda ish yuridik faktni belgilash tartibida emas, balki fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvlarni notoʻgʻriligini belgilash tartibida amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni tegishliligini belgilash toʻgʻrisidagi faktni oʻrniga hujjatlarda nomi turlicha koʻrsatilgan fuqaroni aynan bir shaxs deb tanish mutlaqo mumkin emas, chunki (shaxslarni) aynan bir kishi deyishlik yuridik ahamiyatga ega emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mehnat daftarchasini tegishli ekanligi faktini belgilashda korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat daftarchasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi qoʻllanmaning 22-bandida koʻrsatilgan, yaʼni mehnat daftarchasiga hujjat (tugʻilish, nikoh, nikohni bekor qilish haqidagi guvohnomalar, pasport va boshqa)larga asosan arizachining oxirgi ish joyi maʼmuriyati tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan vaqti haqidagi oʻzgartirishlarni kiritish mumkinligi toʻgʻrisidagi dastlabki hal qilish tartibiga arizachi rioya qilgan-qilmaganligini sud aniqlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baxtsiz hodisa fakti, odatda belgilangan shaklda tuzilgan va baxtsiz hodisa qayerda va qanday sharoitda (ish joyida yoki koʻchadagi hodisa natijasidami) kelib chiqqanligi bilan farqlanadigan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi. Agar baxtsiz hodisa ishlab chiqarishda kelib chiqsa, baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma tuzish maʼmuriyat va kasaba uyushmasi vakolatiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat dalolatnoma tuzishni rad qilsa yoki jabrlanuvchi dalolatnomada holatni bayon etilishidan norozi boʻlsa, u meʼyoriy hujjatlarda belgilangan muddatlarda ushbu masalalar boʻyicha kasaba uyushmasiga murojaat qilishga haqli. Kasaba uyushmasi qarori esa maʼmuriyat uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxtsiz hodisa haqidagi faktni sudsiz tasdiqlash imkoniyati boʻlmasagina va bu tegishli hujjat bilan tasdiqlansa, sud baxtsiz hodisa faktini belgilashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud baxtsiz hodisa faktini belgilash haqidagi arizani quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganida qabul qilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma umuman tuzilmagan yoki ayni vaqtda uni tuzish imkoniyati boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma tuzilgan, lekin keyinchalik arizachi tomonidan yoʻqotilgan va uni boshqacha tartibda tiklash mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzishda xatolikka yoki uni isbotlovchi kuchidan mahrum qiluvchi noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa va buni tegishli organ tuzata olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatda mayib boʻlishga, yaʼni ishchi yoki xizmatchining sogʻligiga shikast yetkazilishiga olib kelgan, korxona, tashkilotdagi faoliyat bilan bogʻliq baxtsiz hodisagina yuridik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. FPKning 283-moddasi 8-bandiga muvofiq, imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish faktini belgilash tegishli organlar maʼmuriy tartibda ushbu faktni belgilashni rad qilgan boʻlsa va arizachini ushbu imoratlarga boʻlgan huquqini boshqa shaxslar inkor etmayotgan boʻlsalargina sudga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud egalik huquqini emas, balki imoratni arizachiga egalik huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni boʻlganlik faktini, shuningdek, agar arizachida oʻz vaqtida egalik huquqi toʻgʻrisidagi hujjat boʻlgan boʻlib, lekin u yoʻqolgan va uni tiklash mumkin boʻlmaganida belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga egalik huquqi hokimiyatda roʻyxatdan oʻtkazganligi toʻgʻrisida maʼlumot va uy qurish toʻgʻrisida shartnoma boʻlmasa, qurilgan uyning kimga tegishli ekanligi haqidagi masala umumiy asoslarda FKning 212-moddasi boʻyicha hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan yoxud qurilishi tamomlanmagan va foydalanishga qabul qilinmagan binolarni, shuningdek, boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki arizachi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan bitim asosida sotib olingan binolarga egalik huquqini belgilash haqidagi arizalar alohida ish yuritish tartibida sudda koʻrilishi mumkin emas.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro uyni notarial tartibda tasdiqlanmagan oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotib olgan boʻlsa, bu uyga uning egalik huquqini belgilash toʻgʻrisidagi masala FK 112-moddasining 2-qismi qoidalari boʻyicha daʼvo tartibida hal etilishi mumkin.
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. FPK 283-moddasining 9-bandiga asosan merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktini belgilashga agarda notarial idora manfaatdor shaxs meros va mulkni egallash huquqiga kirishganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim eta olmasligi sababli merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etgan hollarda zarurat vujudga keladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi, yaʼni fuqaroning doimiy yashab kelgan joyi, merosning ochilish joyi hisoblanadi, agar uning oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, unga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan koʻchmas mulk mavjud boʻlmagan hollarda esa koʻchar mulkning asosiy qismi joylashgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar shaxsning maʼlum vaqt va maʼlum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud boʻlsa, FPK 283-moddasining 10-bandiga asosan sud oʻlganlik faktini belgilaydi. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning oʻlimni roʻyxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning vafot etganligi taxmin qilinganda, shuningdek, vafot etganlik faktini tasdiqlaydigan dalillar boʻlmaganda, shaxs FPKning 286—289-moddalari tartibida oʻlgan deb eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlganlik faktini belgilash haqidagi hal qiluv qarorida sud oʻlimni vujudga keltirgan aniq holatlarni koʻrsatadi va oʻlimning aniq kunini aniq belgilaydi. Hal qiluv qarori qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida oʻlganlikni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan ijro qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fuqarolik holati dalolatnomalari daftaridagi notoʻgʻri yozuvlarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalar yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash tartibida koʻrilmasdan, balki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlari huquq haqida nizo boʻlmasa ham yozuvga tuzatish kiritishni rad etgan boʻlsalar, bu yozuvlarning notoʻgʻriligini aniqlash tartibini ifoda etuvchi Fuqarolik kodeksining 38, Fuqarolik protsessual kodeksining 274-275-moddalari qoidalari asosida koʻrilishiga sudlarning eʼtiborlari qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organining fuqarolik holati dalolatnomasidagi yozuvlarni oʻzgartirish yoki tuzatishni rad qilganligi toʻgʻrisidagi xulosaning boʻlmasligi sud tomonidan arizani qabul qilishga toʻsqinlik qiladi. Bunday holatda sud arizachiga yozuvlarni tuzatish va oʻzgartirish tartibini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash ishlari boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarori FPKning 206-moddasida koʻzda tutilgan talablarga monand boʻlishi kerak. Hal qiluv qarorida ishning holati toʻgʻrisidagi xulosalarni tasdiqlovchi ishni hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan dalillar koʻrsatilishi, ariza qanoatlantirilgan taqdirda belgilangan fakt aniq ifoda etilishi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismi bayoni sud tomonidan FPK 283-moddasining tegishli bandida matniga aynan monand qilib koʻrsatilishi lozim.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPKning 16-moddasiga muvofiq, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, bunday faktlarni roʻyxatga oluvchi yoki sud tomonidan faktni belgilanishi munosabati bilan vujudga kelgan huquqni rasmiylashtiruvchi organlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomasini qayd qilish organlarida qayd qilinishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan faktlarni belgilash toʻgʻrisida sud chiqargan hal qiluv qarori bu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrnini bosmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. FPKning 19-moddasiga amal qilgan holda sudlar ishlarni koʻrishda fuqarolarning pensiya va yordam pullarini olish, egalik huquqi, vorislik huquqi va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa huquq va manfaatlarining buzilishi aniqlanishi munosabati bilan xususiy ajrim chiqarish borasida oʻzlarining faoliyatlarini jadallashtirishlari zarur. Xususiy ajrim tegishli tashkilot va mansabdor shaxslarga yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kerakli choralarni koʻrish maqsadida yuborilishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudiga, viloyat sudlariga va Toshkent shahar sudiga vaqti-vaqti bilan shu turkumdagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini oʻrganib turish, yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida tuzatish, quyi sudlarga mazkur turkumdagi ishlar boʻyicha qonunlarni toʻgʻri tatbiq etishlari uchun yordam berish, har bir ish yuzasidan asoslantirilgan va qonuniy hal qiluv qarori chiqarishni taʼminlovchi boshqa choralarni koʻrish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1979-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston SSR sudlarida SSSR Oliy sudi Plenumining 1966-yil 25-fevraldagi Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisidagi qarorini bajarilishi toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son