Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2018 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1897
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1897
Кучга кириш санаси
15.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR-EKSPORTYoRLAR TOMONIDAN AMORTIZATSIYANI OʻRNATILGAN MEʼYoRDAN KAMROQ HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1897]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 29-yanvardagi 13, 4, 2018-04-sonli ““Xoʻjalik yurituvchi subyektlar-eksportyorlar tomonidan amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1897-1, 06.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar-eksportyorlar tomonidan amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 28-yanvardagi 10, 63, 2009-2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar-eksportyorlar tomonidan amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 477-modda) muvofiq, oʻz mahsuloti (ish, xizmati) eksportini amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan 2009-2010-yillar davri mobaynida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom oʻz mahsuloti (ish, xizmati) eksportini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari (keyingi oʻrinlarda — korxona-eksportyor)ga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Vaqtinchalik nizom 2010-yilning 31-dekabrigacha boʻlgan davrda amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Vaqtinchalik nizomda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amortizatsiya — asosiy vositalar eskirishining qiymatdagi ifodasi, hamda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini ularning foydali xizmat muddati mobaynida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning belgilangan maqsadidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga olib borish va sistematik taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyori — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida koʻrsatilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya meʼyori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korxona mahsuloti qiymati — korxonaning barcha xarajatlarini (ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarini) hisobga olgan holda hisoblangan ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining hisob-kitob qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) pasaytiruvchi koeffitsiyent — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha oʻrnatilgan meʼyorlardan kamroq amortizatsiya summasini aniqlash uchun qoʻllaniladigan hisob-kitob koʻrsatkichi boʻlib, uning qiymati 1,00 yoki 100% dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq hisoblaydigan korxona-eksportyorlar 2009-yilning 1-yanvaridan 2010-yilning 31-dekabrigacha boʻlgan davr mobaynida, ishlab chiqarilayotgan oʻz mahsulotining jahon bozori narxlari korxona mahsuloti qiymatidan past boʻlgan hollarda, amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyorlardan kamroq (keyingi oʻrinlarda — pasaytirilgan meʼyorda) hisoblashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar hisob siyosatida koʻzda tutilgan usul boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrnatilgan meʼyorlar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasidan yuqori boʻlgan holda, korxona-eksportyorlar amortizatsiyani pasaytirilgan meʼyorlar boʻyicha hisoblashi mumkin. Agarda korxonaning hisob siyosatida koʻzda tutilgan usul boʻyicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrnatilgan meʼyorlar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasidan past boʻlgan holda, korxona-eksportyor faqatgina hisob siyosatida koʻzda tutilgan amortizatsiya hisoblashning usullarini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pasaytirilgan meʼyor pasaytiruvchi koeffitsiyentni asosiy vositalarning aniq turi boʻyicha oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyoriga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pasaytiruvchi koeffitsiyent eksport qilinadigan mahsulotning jahon bozori narxini (“chegaralovchi baho” — qonunchilikka muvofiq korxonalar uchun) korxona mahsuloti qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pasaytiruvchi koeffitsiyent korxona-eksportyor tomonidan mustaqil ravishda har hisobot davri (chorak, oy)da hisoblanadi. Joriy davr uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentni hisoblash uchun mos ravishdagi oʻtgan davrning haqiqiy koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Bunda, agar bir necha turdagi mahsulot eksport qilinganda, korxona-eksportyor har bir mahsulot turi boʻyicha hisoblangan pasaytiruvchi koeffitsiyentning xohlaganini qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pasaytirilgan meʼyorlar boʻyicha amortizatsiyani hisoblashda eksport qilinayotgan mahsulot birligining jahon bozori narxini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun korxona-eksportyor ixtiyoriga koʻra quyidagilardan biri qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa chet el korxonalari yoki milliy korxona-eksportyorlardan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ommaviy axborot vositalari (jumladan Internet saytlarining qogʻoz nusxasi) va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda chop etilgan eksport qilinayotgan mahsulotning jahon bozori narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tovar-xomashyo birjalari, turli agentliklar, maslahat (konsalting) tashkilotlari, maxsus vakolatli organlar va jahon bozori narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va chop etish bilan shugʻullanadigan boshqa yuridik shaxslardan yozma shaklda olingan xulosalar va maʼlumotlar, hamda eksport qilinayotgan mahsulotning jahon bozori narxlari darajasini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korxona-eksportyorlar nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiyaning pasaytirilgan meʼyorlarini quyidagicha aniqlaydi: nomoddiy aktivning aniq bir turi boʻyicha hisob siyosatida koʻzda tutilgan tartibda hisoblangan amortizatsiya meʼyorini mazkur Vaqtinchalik nizomning 7-bandida koʻzda tutilgan tartibda hisoblangan pasaytiruvchi koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyektlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, mazkur obyekt asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangunga qadar yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyektlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, mazkur obyektlarning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan oydan yoki ushbu obyektlar balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyektlari boʻyicha pasaytirilgan meʼyorlarda amortizatsiya ajratmalari hisobot davri mobaynida har oyda hisoblab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlab chiqarishi mavsumiy tusga ega boʻlgan korxonalarda foydalaniladigan asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) boʻyicha pasaytirilgan meʼyordagi amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi, hisobot yilida ulardan foydalanish davriga teng maromda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashni toʻxtatib turish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Korxona-eksportyorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozoridagi narxlari (“chegaralovchi baho” — qonunchilikka muvofiq korxonalar uchun) ularning tannarxidan pasayib ketgan hollarda, korxona-eksportyorlar asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblashni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 6 oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turishlari mumkin. Kalendar yili davomida amortizatsiya hisoblashni olti oy muddatgacha toʻxtatib turishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turish amortizatsiya hisoblashning qoʻllanilayotgan usuli va meʼyoridan qatʼi nazar, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishni kelishish uchun korxona-eksportyorlar amortizatsiyani toʻxtatib turishni boshlashdan bir oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan tasdiqlangan va muhrlangan holda taqdim etishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻllanma xat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turish davri uchun asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari summalarining hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yillik amortizatsiya umumiy summasining sotish narxiga kiritilgan holda va kelishilayotgan muddat uchun amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishni hisobga olgan holda eksport qilinadigan mahsulotning kutilayotgan (prognozlashtirilgan) ishlab chiqarish tannarxi va sotish narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hujjatlar taqdim qilingan sanadagi eksport qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) birligi boʻyicha jahon bozoridagi narxi va tannarxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jahon bozori narxlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishni kelishayotgan korxona-eksportyorlar zarur hollarda amortizatsiyani 6 oygacha toʻxtatib turishga doir qoʻshimcha maʼlumot va axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turish uchun taqdim etilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli tarmoq (soha) boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi va zaruriy hujjatlar toʻliq hajmda olingan kundan boshlab bir hafta muddatdan kechikmagan holda vazirlik rahbariyatiga amortizatsiya hisoblashni olti oy muddatgacha toʻxtatib turishga rozilik berish toʻgʻrisida yoki toʻxtatib turish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida yozma taqdimnoma kiritadi. Amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishga rozilik berish toʻgʻrisidagi yoki toʻxtatib turish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi bildirish xati tegishli Moliya vaziri oʻrinbosari imzosi bilan korxona-eksportyorga qonunchilikda belgilangan tartibda yuboriladi. Bunda amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishga rozilik olti oydan kam boʻlgan muddatga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishga rozilik berish toʻgʻrisidagi bildirish xatida amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishning aniq muddati koʻrsatilishi lozim. Amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishga rozilik rad etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bu haqda korxona-eksportyorni rad etish uchun asoslarni koʻrsatgan holda xabardor qiladi. Amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishga rozilik rad etilgan korxona-eksportyor, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining koʻrsatgan kamchiliklarini bartaraf etgandan soʻng, qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Vaqtinchalik nizom bilan belgilangan tartibda amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash davri yoki amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turish davri tugaganidan soʻng, kelgusida amortizatsiyani hisoblash asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati toʻliq qoplanguncha oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taqdim etilayotgan hisob-kitoblar, boshlangʻich hujjatlar va boshqa materiallar, hamda ular nusxalarining haqqoniyligi va asoslanganligi uchun shaxsiy javobgarlik korxona-eksportyorlar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Vaqtinchalik nizomda bayon etilgan tartibda amortizatsiya hisoblashni toʻxtatib turishga rozilik berish yoki toʻxtatib turish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi taklifni oʻz vaqtida kiritish boʻyicha shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli tarmoq (soha) boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 64-modda)