Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2013 02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1893
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1893
Кучга кириш санаси
12.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

HAR YILI OʻTKAZILADIGAN INNOVATSION GʻOYaLAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR RESPUBLIKA YaRMARKASIDA TUZILGAN ShARTNOMALAR VA KELIShUV BAYoNNOMALARINING AMALGA OShIRISh MONITORINGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1893]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 4-sentabrdagi 5, 46-sonli “Har yili oʻtkaziladigan innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2514, 03.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2008-yil 29-dekabr,

6-son

Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-son

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligining 2008-yil 29-dekabrdagi 6, 62-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida (bundan keyingi oʻrinlarda — Yarmarka deb yuritiladi) tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining (bundan keyingi oʻrinlarda — kelishuv deb yuritiladi) amalga oshirilishini monitoring (bundan keyingi oʻrinlarda monitoring deb yuritiladi) qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan Yarmarkada tuziladigan shartnomalar va kelishuvlarning amalga oshirilishi masalasi boʻyicha monitoring olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qoʻmitaning qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monitoring obyekti — Yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ishchi guruhning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarkada ishtirok etayotgan innovatsion gʻoyalar, loyihalar va texnologiyalar (bundan keyingi oʻrinlarda — innovatsion loyihalar deb yuritiladi) boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlariga kelishuvlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarini aniqlash, oʻrganish va ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya jarayonlarini takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Innovatsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari boʻlgan idoralar (bundan keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar deb yuritiladi) har yili fevral oyida oʻz yoʻnalishlariga muvofiq holda Yarmarkada ishtirok etadigan innnovatsion loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan shugʻullanadigan mustaqil idora va tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda — boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) hamda jismoniy shaxslar Yarmarkada ishtirok etuvchi loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar banki va axborotlar har yili fevral oyining oʻninchi sanasigacha Ishchi guruhga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har yili 1-mart kunigacha Ishchi guruh tomonidan Yarmarkada ishtirok etuvchi innovatsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar banki shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Monitoring oʻtkazish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik va idoralar, oʻz idoralari doirasida tuzilgan kelishuvlarning amaliyoti boʻyicha monitoring oʻtkazadilar va yigʻma maʼlumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tashkilotlar ham kelishuvlar boʻyicha maʼlumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh tuzilgan kelishuvlarni roʻyxatga oladi, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlanmalar mualliflari va buyurtmachilar boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq monitoring natijalari har chorakning oxirgi oyining yigirmanchi sanasiga qadar vazirlik va idoralar tomonidan Ishchi guruhga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Monitoringni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kelishuvlarni bajarish monitoringi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) buyurtmachilar tomonidan shartnomalarning bajarilayotganligi, shartnomalarni amalga oshirish borasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar majmui reja boʻyicha amalga oshayotganligi tahlil qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buyurtmachilar tomonidan moliyalashtirish oʻz vaqtida amalga oshirilayotganligi va ijrochilarning mablagʻlardan samarali foydalanayotganliklari tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan monitoring yakunlari tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruh tomonidan monitoring natijalariga muvofiq quyidagilar tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqtisodiyot tarmoqlari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik subyektlari va viloyatlar boʻyicha tahliliy materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) innovatsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan taqdim etiladigan, tasdiqlangan rejalar va kelishuvlar bajarilishining borishi haqida tahliliy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) innovatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi umumlashtirilgan statistik maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) loyihalarning oʻz vaqtida moliyalashtirilayotganligi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Monitoring natijalarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruh kelgusi chorakning birinchi oyining oʻninchi sanasiga qadar vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida kelishuvlarning amalga oshirilishining borishi haqida umumlashtirilgan maʼlumotlar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh kelishuvlarning amalga oshirilishi borasidagi umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mavjud innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishi bosqichlarini oʻrganib boradi, yuzaga kelayotgan toʻsiqlarni aniqlaydi, qabul qilingan qarorlarning samaradorligini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) innovatsiya jarayonining samaradorligini oshirish yoʻlida tegishli qarorlarni tayyorlash borasida tegishli ishlarni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kelishuvlarning amalga oshirilishi yoʻlidagi mavjud muammolarni echish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Monitoring natijalari Yarmarkani oʻtkazish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga har chorakda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-dekabr

Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarkada ishtirok etuvchi loyiha toʻgʻrisida maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎Toʻldirish uchun shakl

‎‎‎Format: Word hujjati, shrift
‎Times New Roman, shrift hajmi 12 rt.
‎ ‎

‎‎‎I. Sanoat, II. Qishloq xoʻjaligi, III. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, IV. Axborot texnologiyalari, V. Fan va taʼlim — keraklisi qoldirilsin.
‎‎
‎1. Loyihaning (gʻoyaning) nomi
‎ ‎

‎‎‎2. Qisqacha taʼrif (ishlanmaning yangilik darajasi) — 100 soʻzdan oshmasin.

‎3. Ishlanmani qoʻllanish sohalari (joriy qilinishi mumkin boʻlgan tarmoq, korxona, xoʻjalik 1. ____________________, 2. ________________________,
‎3. ______________________) ishlanmaning tayyorlik darajasi, (tajriba-laboratoriya nusxasi, tajriba-sinov ishlari, tajriba-sanoat ishlari, sanoat miqyosida joriy qilish yoki tijoratlashtirish — keraklisi qoldirilsin)
‎
‎4. Kutilayotgan natijalar (1. __________, 2. ____________, 3._____________)

‎‎‎5. Patentlar, guvohnomalar, sinov dalolatnomalari va h.k.larning mavjudligi (oxirgi 5 yilda olinganlari koʻrsatilsin)

‎‎6. Qoʻshimcha moliyalashtirishga ehtiyoj (mablagʻ hajmi va xarajat yoʻnalishlari koʻrsatilsin)

‎‎7. Tashkilotning nomi va manzili (manzil, telefon, e-mail)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalari va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalarning amalga oshirilishi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎“____” __________ 20___ y
‎
№‎ Loyihani ishlab chiqqan tashkilot Loyiha
‎nomi
Buyurtmachi tashkilotning nomi‎ Shartnoma turi‎ Amalga oshirish muddati‎ Shartnoma mablagʻi (mln. soʻm)‎ Hisobot davrida toʻlangan mablagʻ hajmi‎ Loyihani tatbiq etish holati va erishilgan natijalar‎ Izoh va muammolar‎
‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 56-modda)