27.01.2009 yildagi PQ-1049-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.08.2018 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“QISHLOQQURILISHLOYIHA” MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT LOYIHA-QIDIRUV INSTITUTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq aholi punktlarini arxitektura jihatidan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan yaxshilash, rivojlantirishning bosh sxemalariga va arxitekturaviy rejalashtirgan holda qurish loyihalariga, qishloq turar joylarining hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining namunaviy loyihalariga muvofiq qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda qurish, shu asosda qishloq qiyofasini qatʼiyan oʻzgartirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzqishloqloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha institutlarini birlashtirish va ular negizida ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda uy-joy hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish tizimini tubdan takomillashtirishni nazarda tutadigan qishloq joylarda qurilishni kompleks rivojlantirish boʻyicha yagona siyosat olib borish boʻyicha bosh ixtisoslashtirilgan tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlari va hududlar qurilishini arxitekturaviy rejalashtirish jihatidan tashkil etishning bosh rivojlantirish rejalari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek qurilish obyektlari uchun topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarning tabiiy-iqlim sharoitlari va relyefini, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qoʻllagan holda qishloq turar joylari, qishloqda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlarining yangi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini — energiya taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va gaz taʼminoti, telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda boshqa obyektlarni loyihalashtirish (magistral kommunikatsiyalar va obyektlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim qishloq hududlarini rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha hujjatlarini barcha bosqichlarda belgilangan tartibda tasdiqlagan holda obyektlarni qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirilgan obyektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik arxitekturaviy nazoratini taʼminlash, qishloq aholi punktlarida turar joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish sohasida normativ hamda metodologik hujjatlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlaridagi turar joylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi va muhandislik kommunikatsiyalarining namunaviy loyihalari maʼlumotlar bazasini jamlash, tizimlashtirish va arxivlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining ishlab chiqarish-boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 216 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti rahbariga belgilangan tartibda, zaruriyat boʻlganda, institutning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (N. Xanov) ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor loyiha-qidiruv institutlari bilan birgalikda “Oʻzgazloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatning gaz taʼminoti loyihalari, “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatning suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti va kanalizatsiya tarmogʻi loyihalari boʻyicha hamda “Oʻzqishloqenergoloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatining elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha zarur texnik hujjatlarni yangidan tashkil etilayotgan “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutiga belgilangan tartibda topshirsin, institutning tegishli boʻlimlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlashda yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar boʻyicha “Oʻzqishloqloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ va yoʻriqnoma hujjatlari, zarur statistika maʼlumotlari joʻnatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini Toshkent shahar, A.Qodiriy koʻchasi, 7-uydagi “Oʻzmeʼmorqurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotining binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda boʻshab qoladigan binolardan maqbul foydalanish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1049-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

a

Bosh muhandis

Bosh arxitektor

Direktor oʻrinbosari

Buxgalteriya

4

A

Loyihalar bosh muhandislari byurosi

10

a

a

Texnik boʻlim

(loyiha xonasi, texnik kutubxona, arxiv)

7

Loyihalar

bosh arxitektorlari byurosi

6

a

Loyihalarni chiqarish boʻlimi

6

a

a

Moliyaviy-shartnoma boʻlimi

3

a

a

Uy-joy loyihalarini ishlab chiqish boʻlimi

20

Hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari hamda qishloq aholisi yashaydigan joylarni puxta rejalashtirish va qurish loyihalari bilan bosh rejalarni ishlab chiqish boʻlimi

Moddiy-texnik taʼminot boʻlimi

2

Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi

2

Qishloq muhandislik infratuzilma tizimlari loyihalarini ishlab chiqish boʻlimi

10

Yuriskonsult

Ijtimoiy-madaniy va maishiy obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish boʻlimi

35

Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi,

kanselyariya

15

Suv taʼminoti, suvni chiqarib yuborish va issiqlik taʼminoti boʻlimi

10

Loyihalar TIAlarini ishlab chiqish va qishloqlar hududlarini rivojlantirish boʻlimi

6

Arxitektura-rejalashtirish jihatidan

maket ustaxonasi

4

Elektr taʼminoti va avtomatika boʻlimi

15

Gaztaʼminoti boʻlimi

5

Smeta ishlari boʻlimi

10

Ilmiy-texnik va normativ hujjatlarni ishlab chiqarish boʻlimi

8

Tipografik va muhandislik-geologik qidiruvlar boʻlimi

8

Dasturlash va hisoblash texnologiyalari boʻlimi

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish-boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 216 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xodimlari soni buyurtmalar portfelining shakllanishidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

N.M. Xanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, komissiya raisi

N.E. Maqsumov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

A.Sh. Daliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

E.B. Iskandarov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti mudiri

Sh.N. Fayzullayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

Y.E. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

E.S. Kanyazov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

B.B. Alimuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari

S.A. Arabov.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

R.J. Usmanov

Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari

M.U. Umarov

“Oʻzqishloqloyiha” MChJ instituti direktori

B.G. Shteynberg

“Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” MChJ instituti direktori

K.D. Qosimov

“Oʻzgazloyiha” MChJ instituti direktori

M.M. Qambarov

“Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” MChJ instituti direktori

V.S. Lenskiy

“Oʻzqishloqenergoloyiha” OAJ instituti direktori

A.A. Axrorxodjayev

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyiha tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqloyiha” MChJ loyiha instituti” soʻzlari “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-banddagi “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari “Qishloqqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qaroriga 2-ilovadan “Oʻzqishloqloyiha” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-pozitsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-pozitsiyadagi “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari “Qishloqqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 1-ilovaning “Ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz miqdorida boʻlgan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-pozitsiyadagi “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari “Qishloqqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-pozitsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 4-ilovaning 9 va 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 12-ilovadan “Umarov M.U. — “Oʻzqishloqloyiha” AJ instituti direktori” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)” 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 1-ilovadagi “Oʻzqishloqloyiha” OTAJ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodining tashqi infratuzilma obyektlari qurilishini jadallashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 24-iyuldagi 150-son qaroriga ilovaning 7-pozitsiyasidagi “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari “Qishloqqurilishloyiha” MChJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 36-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)