28.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIZNES SOHASI UCHUN SUGʻURTA XIZMATLARI KOʻRSATISHNING YAGONA TALABLARI VA STANDARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1891]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlarida biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish deganda tadbirkorlik xavflarini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha sugʻurta himoyasini taqdim etish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini taqdim etayotgan sugʻurtalovchilar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari standart tushunchalar va sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standart shartlaridan iboratdir. Sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari, agar qonun hujjatlarida yoki sugʻurta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurtalovchi isteʼmolchiga (tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomasini tuzmoqchi boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) quyidagilar haqida haqqoniy va toʻliq axborotni taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalovchi haqida (oshkora axborotni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalovchi nomidan va topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan sugʻurta vositachilari (sugʻurta agentlari) haqida (agar isteʼmolchi tomonidan bunday talab mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta xizmati, yaʼni uning narxi (sugʻurta mukofoti), qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurta xizmatining isteʼmolchi uchun afzalliklari va kamchiliklari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchining majburiyatlari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sugʻurta mukofotlari (badallari) va mablagʻlarning kutilayotgan qaytarilishi haqida (qoʻllanilishi mumkin boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sugʻurta daʼvolarini hal etish tartibi va sugʻurta shartnomasining boshqa shartlari haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim shartlar (pozitsiyalar) boʻyicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron tashuvchilarda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurtalovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlgan sugʻurta xizmatlari va taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta xizmatlarini, hatto ular amalga oshirilishining oʻziga xos shartlariga ega boʻlgan holatlarda ham, mazkur Nizomning talablariga muvofiq koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimlarining barcha ishlarini qonun hujjatlariga muvofiqligini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot, shuningdek sugʻurta shartlaridagi oʻzgarishlar haqida oʻz vaqtida axborot taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining talablariga aynan mos keluvchi sugʻurta xizmatlarini tanlashga yordam berishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuz berganda, sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishidagi xatolarni soʻzsiz tuzatishi hamda sugʻurta qildiruvchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida nazarda tutilgan sugʻurta shartnomasining muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilishi hamda ular sugʻurta shartnomasida aniq va ravshan bayon etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sugʻurta shartnomasi yanglishtiruvchi tasvirlovchi harakatlar yoki taʼriflardan holi boʻlishi shart. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurtalovchi qonun hujjatlarida va/yoki umum qabul qilingan amaliyotda nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchi oldidagi qaysidir majburiyatini yoki javobgarligini istisno qilish yoki cheklashga intilib, qaysidir meʼyorni asossiz ravishda dalil qilib koʻrsatishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining qaysidir savollariga sugʻurta qildiruvchining javoblari boʻlmagan holda tuzilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli holatlar sugʻurta qildiruvchi tomonidan maʼlum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sugʻurtalovchilar sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish va hal etish tizimini yaratishlari va qoʻllab-quvvatlashlari shart. Sugʻurtalovchilar sugʻurta daʼvolarini oʻz vaqtida va odilona hal etishlari shart. Sugʻurta daʼvolarini samarali va tez hal etish mumkin boʻlgan sugʻurta daʼvolarini va nizolarni hal etishning sodda va obyektiv jarayoni mavjud boʻlishi lozim. Ushbu jarayon aniq va oson tushuniladigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqishning muqobil mexanizmi sifatida oʻzidan mustaqil boʻlgan tashkilotga (masalan, Assistans xizmati yoki adjasterlarga) murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan voqea sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin yetkazilgan zararning sababi va miqdoriga oid qoʻshimcha hujjatlarni tuzilgan sugʻurta shartnomasi shartlariga muvofiq soʻrashga haqli.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar sugʻurtalovchi voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olsa, u sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi, unda sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga toʻlashi lozim boʻlgan sugʻurta tovonining (sugʻurta pulining) miqdorini koʻrsatishi va sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab besh bank kuni boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlashi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voqea sugʻurta hodisasi deb tan olinmasa, sugʻurta qildiruvchi zararlarni qoplash talabi bilan murojaat etgan kundan boshlab oʻn besh kun boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini oʻz ichiga olgan xabarnomani yoʻllashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sugʻurta shartnomalari va biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa hujjat aylanmasida (ish xatlarida, zararlarni hal etish hujjatlarida va sh. k.) foydalaniladigan asosiy atamalar va taʼriflarning turlicha talqin etilishini oldini olish maqsadida, quyidagi standart tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sotilgan va yetkazib berilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sugʻurta qildiruvchiga toʻlanilayotgan (siylovlar chegirilgan holda) va toʻlangan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznesning toʻxtashi — sugʻurta qildiruvchining odatdagi faoliyatini yuritishiga toʻsqinlik qiladigan tashqi va ichki omillar bilan bogʻliq ravishda tadbirkorlik faoliyatining toʻxtashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy xarajatlar — sugʻurtalangan faoliyatning toʻxtashi davrida sugʻurta qildiruvchining muqarrar ravishda davom etayotgan xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragent — sugʻurta qildiruvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt — sugʻurta qildiruvchi va kontragent oʻrtasida haq evaziga tuzilgan tovarlarning oldi-sotdi (xizmatlar koʻrsatish, ish bajarish) shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutish davri — kontraktda koʻrsatilgan toʻlov sanasidan boshlab hisoblanadigan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan voqea natijasida sodir boʻlgan zararni qoplashgacha oʻtishi lozim boʻlgan ketma-ket kalendar kunlari soni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomasi — yozma kelishuv boʻlib, unga koʻra sugʻurtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlash majburiyatini oladi;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan faoliyat — mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ish bajarish va (yoki) isteʼmolchilarga tovar sotish boʻyicha sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta qildiruvchining xoʻjalik faoliyati (biznesi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi javobgarligining limiti — sugʻurta shartnomasida belgilanadigan pul miqdori boʻlib, uning chegarasida har bir alohida yoki barcha sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonining miqdori belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta davri — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini tuzgan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta mukofotini (sugʻurta toʻlovini) toʻlovchi va sugʻurtalovchi bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi va sugʻurta qildiruvchiga u sugʻurta mukofotini yoki uning birinchi qismini toʻlagandan keyin beriladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta summasi — sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchining kelishuviga muvofiq belgilanadigan pul mablagʻlari miqdori boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini undan oshmagan miqdorda toʻlash majburiyatini oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi — sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan va u sodir boʻlishi bilan sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyati kelib chiqadigan yuz bergan voqea;
(12-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan sugʻurta haqi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tovoni — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchi koʻrgan zararlarini sugʻurta summasidan oshmagan miqdorda toʻlaydigan pul mablagʻlari miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart aylanma — zarar koʻrishdan bevosita avvalgi oʻn ikki oyga teng qoplama toʻlashning eng koʻp davriga toʻgʻri keladigan mablagʻlar aylanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hududi — sugʻurta amalda boʻladigan hudud. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta hududida sodir boʻlgan hodisalarga nisbatan amalda boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda tovarlarni joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish) — kontraktning shartlari va muddatlariga muvofiq kontragentga tovarlarni joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) kontragent tomonidan kontrakt shartlari va muddatlariga muvofiq qabul qilib olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarlar (xizmatlar, ishlar) sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda joʻnatilgan (koʻrsatilgan, bajarilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tovarlar (xizmatlar, ishlar) kontrakt valyutasiga sotilgan (koʻrsatilgan, bajarilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari oʻz majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarga koʻra bu faoliyat shart-sharoitlarining oʻzgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydaning yoʻqotilishi — sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalangan faoliyatidan biznesi toʻxtashi davrida olishi mumkin boʻlgan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
franshiza — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanmaydigan sugʻurta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza ham sugʻurta summasidan foizlar koʻrinishida, ham aniq summada oʻrnatilishi, hamda shartli va shartsiz boʻlishi mumkin. Shartli franshiza oʻrnatilganda, sugʻurtalovchi franshiza miqdoridan koʻp boʻlmagan zarar uchun javobgarlikdan ozod boʻladi. Shartsiz franshiza oʻrnatilganda esa, sugʻurtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sugʻurta shartnomalarida vaqt koʻrinishidagi franshiza (vaqt franshizasi), yaʼni zarar sodir boʻlgan paytdan boshlanib, belgilangan vaqt oʻtishi bilan tugaydigan vaqt oraligʻi oʻrnatilishi ham mumkinki, bu vaqt oraligʻi davomida koʻrilgan zararlar qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining quyidagi hujjatlar ilova qilingan yozma arizasi asosida tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurta qildiruvchi faoliyatining qonuniyligini belgilaydigan hujjatlar (ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma, litsenziya va b.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta himoyasi soʻralayotgan kontrakt (shartnoma, bitim) nusxasi (zarurat boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurtalovchiga tavakkalchilik darajasini baholashga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi taqdim etilgan hujjatlar asosida sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan xabar qilingan, sugʻurta shartnomasiga aloqador maʼlumotlarni tekshirishga haqli. Xususan, sugʻurtalovchi yoki uning vakillari sugʻurta qildiruvchining kontragenti bilan kontrakt munosabatlariga aloqador hujjatlarni yoki ularning nusxalarini tekshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasi tuzilgandan soʻng ariza uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bir yil davomida amalda boʻladigan bir nechta (qator) kontraktlarga nisbatan Bosh sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta mukofotlarini tegishli kontraktlar sugʻurtalashga qabul qilinishi bilan toʻlashga yoʻl qoʻyiladi. Bosh sugʻurta shartnomasi quyidagi shartlarga amal qilinganda tuzilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kontraktlar bir xil turda boʻlishi lozim (savdo-sotib olish yoki vositachilik yoki sh. k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kontragentlar tarkibi Bosh sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan muddatda doimiy boʻlishi va uni tuzishdan oldin sugʻurtalovchiga maʼlum boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta qildiruvchining talabiga binoan sugʻurtalovchi Bosh sugʻurta shartnomasining taʼsir doirasida boʻladigan alohida kontraktlar boʻyicha sugʻurta polislarini berishi shart. Sugʻurta polisining mazmuni Bosh sugʻurta shartnomasiga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, sugʻurta polisi afzal koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tavakkalchilik darajasi oʻzgarganda qoplanayotgan tavakkalchiliklarning tavsifidan kelib chiqib, sugʻurtalovchi maxsus ishlab chiqilgan tariflarni qoʻllashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sugʻurtalovchidan sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovi talab etilganda sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligini va zararning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki ularning nusxalarini, yoki boshqa dalillarni (kontrakt, yuk hujjatlari, hisob-fakturalar, toʻlov hujjatlari, sugʻurta qildiruvchi va debitor oʻrtasidagi yozishmalarni, ushbu zararga tegishli boshqa hujjatlarni) hamda voqeaning sodir boʻlish sabablaridan kelib chiqib boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sugʻurta tovonining miqdorini aniqlashda arizada koʻrsatilgan daromadni olish uchun sugʻurta qildiruvchi koʻrgan chora-tadbirlari va shu maqsadda amalga oshirgan tayyorgarliklarini tasdiqlovchi hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan inobatga olinadi va oʻrganib chiqiladi (sugʻurta qildiruvchi tomonidan tovarlar, uskunalar (qarzdordan butlovchi qismlarni olishni hisobga olgan holda) va sh. k. yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalari (kontraktlari), yangi uskunalarni oʻrnatish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini olib borilishi va boshqa shu kabi dalillar).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va zararning miqdorini aniqlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda sugʻurtalovchi sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlari, sugʻurta qildiruvchining ololmagan daromadlarni (yoʻqotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilishga, shuningdek sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda tegishli ravishda joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sugʻurtalovchi tomonidan zararni qoplash boʻyicha talablar zarar yuz bergan paytdan boshlab uch yil mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sugʻurta qildiruvchi zararni keltirib chiqargan voqeaning sodir boʻlganligi haqida xabar qilganda, sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvosini koʻrib chiqish va sodir boʻlgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini batafsil oʻrganib chiqish uchun oʻz xodimini yoki boshqa shaxsni yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining vakiliga sodir boʻlgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini oʻrganib chiqish imkoniyatini taʼminlashi yoki zararni keltirib chiqargan voqea sodir boʻlganligini tasdiqlovchi video-, fotomateriallarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sugʻurta hodisasining sodir boʻlishi munosabati bilan fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli summalarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishini mutasaddi organlar tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar kechiktirishga haqli.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sodir boʻlgan voqea, zarar hajmi va sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdori boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlmasa, sugʻurtalovchi toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdori koʻrsatilgan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnomani (sugʻurta dalolatnomasini) tuzadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tomonlar sugʻurta shartnomasi yoki tomonlarning moliyaviy ahvoliga tegishli maʼlumotlarni nashr etish, boshqa usul bilan uchinchi shaxslarga oshkor qilish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sugʻurta shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan barcha bahs va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etilishi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 47-modda; 2017-y., 35-son, 938-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)