Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING GRETSIYA RESPUBLIKASI BILAN YaQIN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining 2008-yil 17-dekabrdagi tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish Tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
TADBIRLARI REJASI
| T/r | Maqsad | Tadbirlar | Muddatlari | Bajaruvchilar |
| I. Siyosiy soha | ||||
| 1. | Siyosiy diplomatik munosabatlar va parlamentlararo aloqalarni faollashtirish | 1.1. Siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari T. Kassimisning tashrifini tashkil etish. | 2009-yil II yarim yillik | Tashqi ishlar vazirligi |
| 1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida “Oʻzbekiston — Gretsiya” doʻstlik guruhini tashkil etish masalasini ishlab chiqish. | 2009-yil I yarim yillik | Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi (kelishuv boʻyicha), Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 1.3. Panteon universiteti huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutining Rossiya va Yevroosiyo markazi direktori K. Filisning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish. | 2009-yil I yarim yillik | Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 1.4. Oʻzbekiston Respublikasida Gretsiya elchixonasini ochishda Gretsiya tomoniga yordam koʻrsatish. | 2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi | ||
| II. Hamkorl�kning shartnomaviy-huquqiy bazasi | ||||
| 2. | Ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini rivojlantirish | 2.1. Sogʻliqni saqlash sohasidagi, soliq, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida, shuningdek Toshkent va Afina, Samarqand va Saloniki shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarni imzolash masalalarini ishlab chiqish. | 2009-2010-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, IIV, Toshkent va Samarqand shaharlari hokimliklari, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| III. Madaniy-gumanitar hamkorlik | ||||
| 3. | Turizm va taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish | 3.1. Oʻzbekistonda turistik infratuzilmani tashkil etish va mehmonxona komplekslarini qurish loyihalarida Gretsiya kompaniyalarining ishtiroki imkoniyatlarini ishlab chiqish. | 2009-yil I yarim yillik | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti |
| 3.2. Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlaridan birida turizm fakultetini tashkil etish imkoniyatlarini tegishli Gretsiya tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqish. | 2009-yil I yarim yillik | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti | ||
| 3.3. Gretsiya turoperatorlari va Gretsiya ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Oʻzbekiston boʻyicha info-tur �ashkil etish. | 2009-yil II chorak | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti | ||
| IV. Savdo-iqtisodiy hamkorlik | ||||
| 4. | Savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish | 4.1. Toshkentda iqtisodiy va texnologik hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Gretsiya qoʻshma qoʻmitasining uchinchi yigʻilishini va biznes-forum oʻtkazish. | 2009-2010-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
| 4.2. Oziq-ovqat, yengil va koʻnchilik sanoatiga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, vino va vino mahsulotlari ishlab chiqarishga, shuningdek axborot texnologiyalarini, turizmni rivojlantirishga hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish sohasida Gretsiya kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. | 2009-2010-yillar | Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari | ||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 43-modda)