Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2009 20.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1888
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ADVOKATLIK GUVOHNOMASINI BERIShNING VAQTINChALIK TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1888]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-son Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 514-modda) (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) talablarini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonunning 7-moddasiga asosan 2009-yil 1-yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini 2009-yil 1-iyulga qadar Qonunga muvofiqlashtirishi shartligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat maqomini Qonunga muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan advokatlik guvohnomasining yangi namunasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, advokatlarga tegishli advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalari tomonidan muqaddam berilgan guvohnomalar adliya organlari tomonidan ularga yangi namunadagi advokatlik guvohnomasi berilgunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Advokatlarga tegishli advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalari tomonidan muqaddam berilgan va amal qilish muddati 2008-yil 31-dekabrdan keyin tugagan guvohnomalarning muddati yangi namunadagi advokatlik guvohnomasi berilgunga qadar uzaytirilgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi va 2009-yilning 1-iyuliga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 32-modda)