14.01.2009 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-noyabrdagi PF-4054-son Farmoni talablarini amalga oshirish, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishning samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining — fuqarolarni uyushgan holda yigʻish va muddatli harbiy xizmatga harbiy qismlarga tantanali vaziyatda joʻnatishni; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinishini taʼminlash; muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashishda va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda koʻmaklashish yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar komandirlarining — muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarda qabul qilib olish boʻyicha tantanali tadbirlarni oʻtkazish, ularni harbiy xizmat sharoitlariga koʻniktirish; oziq-ovqat va kiyim-kechaklarning barcha turlari bilan taʼminlash, jangovar va ijtimoiy-siyosiy jihatdan samarali tayyorlash, maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni harbiy qismlardan uyushgan holda kuzatib qoʻyish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbariyatining (B. Ismoilov) — muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolarni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarni aloqador vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvallarga muvofiq test sinovlaridan oʻtkazish, shuningdek chaqiriluvchilarni test sinovlaridan oʻtkazish natijalarini mudofaa ishlari boshqarmalariga oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov), MXXning Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi (R.Iminjanov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X.Mirzaxidov):
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarining sifatli bajarilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlariga belgilangan namunadagi ashyoviy buyumlarning yetkazilishini hamda muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarga berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Chaqiruv komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom hamda 2009 — 2012-yillarda chaqiruv va yigʻish punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi loyihalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-martgacha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (N. Xanov) hamda “Harbiyloyiha” loyihalash instituti (A. Timoshenko) bilan birgalikda viloyatlar va tumanlar (shaharlar)ning chaqiruv punktlari infratuzilmasi va hududlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida chaqiruv va yigʻish punktlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mahalliy organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ular egallagan harbiy va xoʻjalik ixtisosliklarni hisobga olgan holda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylardagi tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini, chaqiriluvchilarning tibbiy koʻrikdan sifatli va xolisona oʻtkazilishini, shuningdek chaqiruv va yigʻish punktlarining zarur tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Parpiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (B. Ismoilov), tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga sifatli tayyorlanishi uchun zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni taʼminlash, zarur metodik yordamni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror talablarini bajarish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga (M. Hazratqulov) Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini amalga oshirish tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 15-martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 15-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va F.Sh. Akbarova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibini, davlat organlarining ushbu ishlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan shtabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilingandan keyin oʻn kun muddatda chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatishning umumiy jadvalini ishlab chiqadi. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvallari besh kun muddatda harbiy okruglar qoʻshinlari qoʻmondonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy boʻysunishdagi qoʻshinlari harbiy qismlari komandirlari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshilmalari va harbiy qismlari komandirlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ularga tegishli qismi boʻyicha yetkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezerviga xizmatga olish tuman (shahar) chaqiruv punktida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) chaqiruv punkti fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha chaqiruv va tibbiy komissiyalar ishini tashkil etish, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezerviga xizmatga chaqirish, ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlariga (keyingi oʻrinlarda “yigʻish punktlari” deb ataladi) tashkiliy joʻnatish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) chaqiruv punktlari, qoidaga koʻra, mudofaa ishlari boʻlimi bilan bir binoda yoki uning hududida joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) chaqiruv punkti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilar chaqiruv punktida boʻlgan vaqtda ular orasida madaniy-tarbiyaviy ishlar olib boradigan xona (100 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarga oid ijtimoiy-demografik maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning kiyim-kechagi va shaxsiy ashyolarini saqlash uchun xona (kamida 50 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni antropometrik tekshirish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis vrachlar chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi uchun xona, bir nafar mutaxassis vrachga bir xona hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman chaqiruv komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqatlanish punkti (bufet);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya uzellari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning harbiy qismlarga joʻnatish uchun mudofaa ishlari boʻlimlariga kelish vaqti ularning yigʻish punktlariga harbiy komandalarning harbiy qismlarga joʻnatilishidan kamida 6 soat oldin yetib kelishi hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni yigʻish punktlariga joʻnatish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan avtotransportda mudofaa ishlari boʻlimlari, yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda va chaqiriluvchilarni joʻnatish jadvallarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni yigʻish punktlariga joʻnatishdan oldin mudofaa ishlari tuman boʻlimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy komandaga nomma-nom roʻyxat tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatilayotgan fuqarolarga harbiy guvohnomalar berishi va ulardan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari va pasportlarni olib qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Armiya — hayot maktabi” eslatmasini topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chaqiriluvchilarni qoʻshinlarga joʻnatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻish punktlari chaqiriluvchilarni nazorat tibbiy koʻrigidan oʻtkazish, tumanlar (shaharlar) chaqiruv komissiyalari tomonidan chaqiriluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har xil turlari boʻyicha tayinlash toʻgʻrisida qabul qilgan qarorlarining qonuniyligini tekshirish, chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezerviga xizmatga olish, sogʻligʻining holatiga koʻra chaqiruvni kechiktirish, komandalarni shakllantirish, ularni komandalarni qabul qilish va ularga hamrohlik qilish uchun kelgan harbiy qismlar vakillariga berish, muddatli harbiy xizmatning yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarini yoʻlda zarur boʻlgan barcha zarur narsalar bilan taʼminlash va komandalarni qoʻshinlarga tashkiliy joʻnatish uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻish punktida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy bino;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tantanali kuzatish qatnashchilari bilan bayramona tushlik qilish uchun oshxona (300 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilar belgilangan kiyim-kechakni qayta kiyib oladigan xonasi boʻlgan shaxsiy tarkibni sanitariya koʻrigidan oʻtkazish uchun bino (hammom) (50 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar bilan tantanali kuzatish marosimini oʻtkazish uchun saf tortish maydoni (300 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sanitariya uzellari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻish punktining maʼmuriy binosi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punkti maʼmuriyati uchun bino (yigʻish punkti boshligʻi, yigʻish punkti navbatchisi, harbiy komandalarni shakllantirish boʻlimi, harbiy qismlar va mudofaa ishlari boʻlimlari vakillarining ishlashi uchun xonalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning shaxsiy moslashuv salohiyatini va intellektual darajasini aniqlash boʻyicha ularni psixologik tekst sinovidan oʻtkazish uchun ikkita sinf (har biri 50 kishiga moʻljallangan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatish va ularni harbiy qismlar vakillariga berish uchun bino (300 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi chaqirilganlarni qabul qilib olish va harbiy qismlarga kuzatib borish uchun qoʻshinlardan kelgan shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun bino (50 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chekka tumanlardan kelgan chaqiriluvchilarni joylashtirish uchun bino (50 — 100 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy mol-mulkni saqlash uchun bino (omborxona);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya uzellari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻish punktining chaqiruv punkti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy (chaqiruv) komissiyasidan oʻtish uchun mudofaa ishlari boʻlimlaridan kelgan shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun bino (100 kishiga);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning kiyim-kechagi va shaxsiy ashyolarini saqlash uchun xona (50 kishiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni antropometrik tekshirish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis vrachlar chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi uchun xona, bir nafar mutaxassis vrachga bir xona hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat chaqiruv komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilarning chaqiruv komissiyasi raisi va uning aʼzolari tomonidan qabul qilinishi uchun xona;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
flyuorografiya qurilmasi uchun xona (joy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fibrogastroduodenoskopik va ultratovush tekshirishlar oʻtkazish uchun xona (joy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya uzellari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv va yigʻish punktlari harbiy-vatanparvarlik mavzusi boʻyicha zarur koʻrgazmali tashviqotlar, aloqa vositalari va ovozni kuchaytiradigan aloqa apparatlari bilan jihozlangan boʻlishi, elektr va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va xonalar, chaqiruv va yigʻish punktlarining ayrim elementlari tasdiqlangan namunaviy loyihalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yigʻish punktlarida muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilganlarni mudofaa ishlari boʻlimlari vakillaridan qabul qilib olish va ularni harbiy qismlar vakillariga berish nomma-nom roʻyxat boʻyicha amalga oshiriladi. Harbiy qismlarning vakillari (komandalarning boshliqlari) yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarning zarur hujjatlarini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarga joʻnatishdan oldin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badan koʻzdan kechiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyim-kechak toʻliq almashtirilgan holda hammomda yuvintiriladi va ashyoviy mulk bilan taʼminlanadi, bunda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarning fuqarolik kiyim-kechagi ularning ota-onalariga, ota-onalarga tenglashtirilgan shaxslarga qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv komissiyasining qarori eʼlon qilinadi, xavfsizlik chora-tadbirlari va boriladigan yoʻlda oʻzini tutish qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tantanali kuzatish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muddatli harbiy xizmatning yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarini qayta kiyintirish uchun yigʻish punktlarida vaqtinchalik kiyintirish punktlari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv boshlangunga qadar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, MXXning Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining boshqa harbiy tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan hisob-kitobga muvofiq yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar uchun ashyoviy mulk yetkaziladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishki reja boʻyicha ashyoviy mulk berish Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Milliy xavfsizlik xizmatining boshqa harbiy tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari yigʻish punktlarida chaqiruv komissiyalarining qarorlari bilan muddatli harbiy xizmatga olingan chaqiriluvchilarga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining muddatli xizmatiga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilari ekanligini eʼlon qiladi. Harbiy xizmatchilarga havo, temir yoʻl va avtomobil transporti qatnovi yoʻlida xavfsizlik choralari va xatti-harakat qoidalari boʻyicha yoʻriqnomalar beriladi. Harbiy xizmatchilarga va ularning kuzatish uchun kelgan ota-onalariga muddatli harbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, muddatli harbiy xizmatchilarning huquqlari, vazifalari va imtiyozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har xil turlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash xususiyatlari tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan birgalikda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvali olingandan keyin uch kun muddatda ularni harbiy qismlarga tantanali kuzatish marosimini tashkil etish va oʻtkazish rejasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qoʻyish chaqiruv komissiyalarining raislari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻrinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda hokimliklar, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Mahalla”, “Nuroniy” jamoat jamgʻarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tantanali kuzatib qoʻyish mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatishga bagʻishlangan miting oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalari topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tantanali kuzatib qoʻyish qatnashchilari va harbiy xizmatchilarga bayram tushligi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti namoyish qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar ota-onalar, hokimliklar, jamoatchilik vakillari bilan esdalik uchun suratga tushadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tantanali kuzatib qoʻyish tugallangandan keyin harbiy xizmatchilar xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda va Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda transportda xizmat joylariga joʻnatish uchun vokzallarga (aeroportlarga) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar harakat xavfsizligi shartlariga javob beradigan, yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, texnik jihatdan tayyor transport vositalarida tibbiyot xodimlari hamrohligida xizmat joylariga yetkaziladi. Harbiy xizmatchilarni moslashtirilgan vagonlarda tashish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga kuzatish bilan bogʻliq tantanali tadbirlarni keng yoritish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarda qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy qoʻshilmalar va harbiy qismlarning komandirlari muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun kelgan harbiy xizmatchilarni vokzallar, aeroportlarda shaxsan kutib oladilar hamda ularning yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida bevosita harbiy qismlarga tashkiliy ravishda yetkazilishini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Harbiy qismlarda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish munosabati bilan harbiy qismlarning komandirlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida qismga harbiy xizmatchilar kelganligiga bagʻishlangan tantanali mitinglar oʻtkaziladi hamda bayram tushligi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qismlarning komandirlari tomonidan harbiy xizmatchilar boʻlinmalarda boʻlgan dastlabki oʻn kunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha tibbiy tadbirlar kompleksi (dastlabki tibbiy koʻriklar, profilaktik emlash va sanitariya koʻrigi), sanitariya madaniyati darajasini oshirish tadbirlari (shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikni jalb etgan holda joylarda “Sen xizmat qilayotgan oʻlka” rukni ostida mavzuli tadbirlar oʻtkaziladi. Bunday tadbirlar davomida harbiy xizmatchilarga viloyat, tuman, shaharning tarixi, iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar va yutuqlar, viloyat, tuman, shaharning hurmatli kishilari, harbiy qismning tashkil etilishi tarixi, uning anʼanalari hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik borasida erishgan yutuqlari toʻgʻrisida axborot beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatning harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari, ularga belgilangan imtiyozlar, ashyolar va pul, ovqat bilan taʼminlash normalari, tibbiy va hammom-kir yuvish xizmatlari tartibi maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning maʼnaviy-ruhiy sifatlari oʻrganib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarni boʻlinmalarda shtatdagi lavozimlar boʻyicha taqsimlash haqidagi qarorlar aniqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismdagi qurol-yarogʻlar va texnika harbiy xizmatchilarga namoyish qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib Harbiy qasamyodni, umumqoʻshin ustavlarini, muddatli harbiy xizmatni oʻtash masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari qoidalarini oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport kiyim-kechagi va poyabzal beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Harbiy xizmatchilarni jismoniy yuklamalarga moslashtirish maqsadida harbiy qismlar va boʻlinmalarning komandirlari, harbiy-tibbiy xizmatlar mutaxassislarining doimiy nazorati ostida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ertalabki badantarbiyani amalga oshirish jarayonida shaxsiy tarkibni chiniqtirish va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha rejali mashgʻulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning yuklamalarga yakka tartibda jismoniy va ruhiy chidamliligini, ularning harbiy xizmatchilar organizmiga taʼsiri darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy mutaxassisliklar sifatli oʻzlashtirib olinishiga, jismoniy va axloqiy kamol topishiga, barqaror xarakter, Vatanga muhabbat va uning himoyasi uchun tayyor turishga asoslangan qatʼiy hayotiy nuqtai nazar shakllanishiga yoʻnaltirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni jangovar va ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida samarali tarbiyalashni taʼminlash boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joʻnatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muddatli harbiy xizmatchilarni rezervga boʻshatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan shtabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilingandan keyin Mudofaa vazirligining harbiy okruglari, markaziy boʻysunishdagi qoʻshilmalari va qismlari shtablari, Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari birlashmalari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy qismlari, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik xizmati qoʻshilmalari va qismlari shtablari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼlumotlari asosida oʻn kun muddatda Qurolli Kuchlar uchun yagona boʻlgan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtagan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish rejasini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshatish rejasidan koʻchirmalar harbiy okruglar, Mudofaa vazirligining markaziy boʻysunishdagi qoʻshilmalari va qismlari shtablariga, Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari Bosh shtabiga, harbiy qismlariga, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik qoʻshinlari Bosh boshqarmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Harbiy qismlar komandirlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda harbiy xizmatchilarning harbiy qism bilan tantanali xayrlashuvini taʼminlaydilar, xayrlashuv davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga joʻnatishga bagʻishlangan mitinglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervga boʻshatilgan, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik aʼlochilari boʻlgan harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomalarini topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga yordam puli berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
esdalik sovgʻalari topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning qism qoʻmondonligi bilan esdalik uchun suratga tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram tushligi tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligining harbiy qismlaridan, Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlaridan, harbiy qismlaridan, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik qoʻshinlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan, keyinchalik yashash joylariga joʻnatish uchun xavfsizlik choralariga rioya etgan holda belgilangan muddatlarda vokzallarga (aeroportlarga) yetkaziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy guvohnoma va hisobga olish-xizmat qilish kartochkasi, koʻrsatma, harbiy tashuv hujjatlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni mudofaa ishlari boshqarmasiga yetkazish harbiy qismlarning vakillari hamrohligida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kutib olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joylardagi mudofaa ishlari boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tantanali kutib olish davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olishga bagʻishlangan mitinglar oʻtkaziladi, mitingda hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirok etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti uyushtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining joylardagi organlari vakillari chiqishlari oʻtkaziladi, bunday chiqishlarda harbiy xizmatchilarga va ularning ota-onalariga ishga joylashtirish va kasbga oʻqitish yuzasidan maʼlumot beriladi, tegishli eslatmalar topshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish boʻyicha tantanali tadbirlar ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tantanali tadbirlar tamom boʻlgandan keyin rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar mudofaa ishlari boʻlimlari vakillari tomonidan xavfsizlik choralariga rioya etilgan holda tashkiliy tartibda transportda yashash joylariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash boʻyicha vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar boshqa teng shartlarda (taʼlim, kasb malakasi va boshqalar) davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlikning armiya maktabidan oʻtgan va vatanparvarlik tarbiyasi singdirilgan, harbiy tayyorgarlik koʻrgan, mamlakatning eng faol va tayyorlangan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida ustunlik huquqidan foydalanishini hisobga oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni kasbga oʻqitish hamda ustun darajada davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ishga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning koʻrsatib oʻtilgan toifasini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar) ishga joylashishga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza markazlari faoliyati nazorat qilinishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar bilan ularning mehnat huquqlarini tushuntirish boʻyicha shaxsan ish olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa ishlari boʻlimlarining rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar ishga joylashtirilishi va ijtimoiy muhofaza qilinishi toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda xabardor qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirish yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat test markazi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolardan boʻlgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlari oʻtkazish davomida muddatli harbiy xizmat davomida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalarini olgan fuqarolar uchun eng koʻp toʻplash mumkin boʻlgan ballning 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzidagi qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlarning qoʻmondonligi tavsiyalari boʻyicha rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirishi uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etish, test sinovi yakunlari va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 13-modda; 2014-y., 37-son, 473-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 8-son, 120-modda, 15-son, 249-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 10.04.2019-y., 09/19/291/2913-son; 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)