Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025 31.12.2008 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKSPORT QILUVCHI KORXONALAR QARZINI TARKIBIY O‘ZGARTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining 1.9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek eksport qiluvchi korxonalarning kreditorlik qarzini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha asoslangan takliflarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kiritish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruhning eksport qiluvchi korxonalarning 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qarzini tarkibiy o‘zgartirishga hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarishga yo‘naltirilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha kichik guruhi (keyingi o‘rinlarda Kichik guruh deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning qarzini tarkibiy o‘zgartirish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan takliflar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlarning tegishli paketlari hamda eksport qiluvchi korxonalar bo‘yicha asoslashlarning qonun hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda sifatli tayyorlanishini va ularning 2009-yil 15-fevralgacha Kichik guruhga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra eksport qiluvchi korxonalarga yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish hamda ko‘rsatib o‘tilgan qarzlar bo‘yicha hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kichik guruh (Guskova) 2009-yil 1-martgacha Respublika komissiyasiga eksport qiluvchi korxonalar murojaatlari yuzasidan tayyorlangan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha, 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun qarzlarni tarkibiy o‘zgartirish hamda ko‘rsatib o‘tilgan qarzlar uchun hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha xulosalarni belgilangan tartibda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika komissiyasi Kichik guruh xulosalarini hisobga olgan holda eksportchi korxonalarga budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lov muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 289-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruhning 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra eksport qiluvchi korxonalarning qarzini tarkibiy o‘zgartirishga hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarishga yo‘naltirilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha kichik guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guskova T.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Kichik guruh rahbari‎
Saidova G.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Gadoyev E.‎ —‎‎ Davlat soliq qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari ‎
Rofiyev Q.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari‎
Fayzullayev Sh.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari‎
Mirzayev M.‎ —‎‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Ostrogojskaya E.‎ —‎‎ Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i‎
Qoraboyev F.‎ —‎‎ Moliya vazirligining Sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi boshlig‘i‎
Adhamjonov A.‎ —‎‎ Moliya vazirligining Iste’mol bozori va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i‎
Tangirqulov A.‎ —‎‎ Davlat soliq qo‘mitasining Hisobot va soliq tushumlarini tezkor tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i‎
To‘ychiyev I.‎ —‎‎ Moliya vazirligining Agrosanoat majmuasi moliyasi boshqarmasi boshlig‘i, Kichik guruh kotibi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 289-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra eksport qiluvchi korxonalarning qarzini tarkibiy o‘zgartirish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan takliflar tayyorlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra eksport qiluvchi korxonalarning qarzini tarkibiy o‘zgartirish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan takliflar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning qarzlarini tarkibiy o‘zgartirish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruhning 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra eksport qiluvchi korxonalarning qarzini tarkibiy o‘zgartirishga hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarishga yo‘naltirilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha Kichik guruhi (keyingi o‘rinlarda Kichik guruh deb ataladi) tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kichik guruhning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eksport qiluvchi korxonalar Kichik guruhning ishchi organiga quyidagi ariza beruvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlarining tarkibiga kiruvchi eksport qiluvchi korxonalar bo‘yicha — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmaydigan eksport qiluvchi korxonalar bo‘yicha — muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ariza beruvchilar 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lov muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish hamda penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi murojaatni yuborish bilan bir vaqtda 2009-yil 15-fevralgacha bo‘lgan muddatda Ishchi organga eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga taalluqli quyidagi hujjatlar va asoslashlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil uchun mahsulotlar eksport qilishning prognoz va amaldagi hajmlari hamda fizik va qiymat ifodasidagi eksportning moliyaviy natijalari (choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda), shuningdek 2009-yil uchun prognoz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil uchun korxonaning moliyaviy resurslari balansi va 2009-yil hamda to‘lov muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) so‘ralayotgan davr uchun prognoz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil boshidan boshlab debitorlik va kreditorlik qarzlarning, shu jumladan elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun qarzlarning dinamikasi, ularning haqqoniyligi taqqoslash dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning davlat soliq xizmati organlari bilan taqqoslash dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisob raqamlarining (hisob-kitob, valyuta hisob raqamlarining) holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotning korxona joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida tasdiqlangan nusxalari, ularga 2008-yil 1-yanvardagi, 2008-yil 1-oktabrdagi va 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra debitorlik va kreditorlik qarzlarning barcha hujjatlari va izohlari ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi, unda mahsulot tannarxini kamida 20 foizga pasaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning 2008-yil uchun ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarining prognozi va amalda bajarilishining qiyosiy jadvali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taqdim etiladigan hisob-kitoblar, boshlang‘ich hujjatlar va boshqa materiallarning haqqoniyligi va asoslanganligi uchun javobgarlik eksport qiluvchi korxonaning rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi organ murojaat, shuningdek ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va asoslashlar olingan kundan boshlab 2 kun mobaynida ularni xulosa tayyorlash uchun Kichik guruhga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kichik guruh murojaat tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar paketini ko‘rib chiqadi va xulosa tayyorlaydi, unda quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati va/yoki hisobdan chiqarish so‘ralayotgan qarzlarning tavsifi va vujudga kelishi sabablarining obyektivligi, qarzni to‘lash jadvalining mavjudligi va uning asoslanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar moliyaviy hisobotlarining davlat soliq xizmati organlari tomonidan ularni qabul qilib olganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan nusxalari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar eksport qiluvchi korxonalarga qarzni to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil uchun eksport, shu jumladan fyuchers kontraktlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda mahsulot tannarxini kamida 20 foizga kamaytirish bo‘yicha aniq tadbirlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlik qarzlarning asosan jahon narxlarining noqulay konyunkturasi bilan bog‘liq holda vujudga kelganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kichik guruhning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasidagi a’zolari imzolagan eksport qiluvchi korxonalarga qarzni to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash imkoniyatini berish va penyani hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi tegishli idoralarning qo‘shma xulosasiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik guruh 2009-yil 1-martgacha Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash Respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun qarzlarni tarkibiy o‘zgartirish hamda ko‘rsatib o‘tilgan qarzlar yuzasidan hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha xulosani, tegishli xulosalarni ilova qilgan holda, belgilangan tartibda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchilar tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmaganda, shuningdek mazkur hujjatlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq bo‘lmaganda Kichik guruh eksport qiluvchi korxonaga qarzni to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish hamda penyani hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqlidir, u keyinchalik bu haqda Respublika komissiyasiga tegishli axborot taqdim etadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 527-modda)