31.12.2008 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI SOHASIDA KORXONALARNI VA INVESTITSION FAOLLIKNI KREDIT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining 1.5 va 3.1-bandlari ijrosini taʼminlash, shuningdek korxonalarni moliyaviy va kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining investitsion faolligi oʻsishini ragʻbatlantirish va modernizatsiyalash, aholi bandligini oshirishga koʻmaklashish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruhning kichik guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda kichik guruh deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar kichik guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yilda qabul qilingan hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun budjet mablagʻlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan va boshqa aksiyadorlarning mablagʻlaridan ajratilgan maqsadli mablagʻlar (keyingi oʻrinlarda maqsadli mablagʻlar deb ataladi) hisobiga iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli mablagʻlardan berilgan kreditlar hisobiga korxonalar tomonidan yangi qurilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, tovarlarni realizatsiya qilish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)ning prognoz parametrlariga erishilishiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kichik guruh (Saidova) bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni har oyda Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruhning kichik guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saidova G.K.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, kichik guruh rahbari‎
Rofiyev Q.T.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari, kichik guruh rahbari oʻrinbosari‎
Abduhakimov A.A. —‎‎ Davlat raqobat qoʻmitasi raisi
Najimov N.E.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Fayzullayev Sh.N.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Mirzayev M.M.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Shukurov J.M.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi‎
Ismoilov Sh.Ya.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirligining bosh boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi‎
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yilda qabul qilingan hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun budjet mablagʻlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan va boshqa aksiyadorlarning mablagʻlaridan ajratilgan maqsadli mablagʻlar (keyingi oʻrinlarda maqsadli mablagʻlar deb ataladi) hisobiga iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik guruh — iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalari boʻyicha Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruhning kichik guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan, oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qiladigan, shuningdek yangi qurilishni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshiradigan, vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan korxona;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Asaka” davlat aksiyadorlik-tijorat banki, shuningdek ularning korxonalarga xizmat koʻrsatadigan boʻlimlari va filiallari.
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kichik guruhning asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun Kichik guruh quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning maqsadli mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hujjatlarini va korxonalarning maqsadli mablagʻlari hisobiga korxonalarga banklarning kreditlarini berish boʻyicha boshqa masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan korxonalarning kredit hujjatlari belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning investitsion faolligini kengaytirishga va korxonalarning kreditlar olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kreditlar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kreditlar banklar tomonidan korxonalarga quyidagi maqsadlarda beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda, tasdiqlangan tarmoq dasturlarini amalga oshirishda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, mashinasozlik, neft-gaz, kimyo, elektr energetikasi, elektrotexnika tarmoqlari va sanoat, agrosanoat kompleksining boshqa yetakchi tarmoqlari korxonalarining lokalizatsiya darajasini oshirish hamda shu asosda yangi, raqobatbardoshli, tashqi va ichki bozorlarda talab qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va kengaytirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish, ichki isteʼmol bozorini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilgan tovarlar bilan barqaror toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, ijtimoiy, transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy ahamiyatli davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻldirish maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, shuning hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish va aholi daromadini oshirish.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar belgilangan tartibda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berish uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maqsadli mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida banklarning maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida banklarning maxsus hisob raqamlaridan mablagʻlarni sarflash faqat Ishchi guruhning va bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi)ning tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirilgan ijobiy qarorlari mavjud boʻlgan taqdirda ushbu Vaqtinchalik nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga kreditlar berish uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kreditdan foydalanish uchun foiz stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish amaldagi stavkasidan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli mablagʻlar hisobiga kreditlar, qoidaga koʻra, imtiyozli shartlarda, investitsiya maqsadlari uchun kamida 1 yillik imtiyozli davr bilan kamida 3 yil muddatga ajratiladi.
(8-bandning ikkinchi—beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga imtiyozli kreditlar ajratish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga kreditlar olish uchun korxona:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvivalentda 500 ming AQSH dollarigacha qiymatli investitsiya maqsadlari boʻyicha — banklarga;
(9-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar investitsiya maqsadlari uchun soʻralayotgan kredit summasi ekvivalentda 500 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlsa — Kichik guruhga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Banklar har oyda oyning 10-kunigacha Kichik guruhga maqsadli mablagʻlardan korxonalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ulardan foydalanishning prognoz parametrlarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik guruh uch kun muddatda banklarning maqsadli mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlash uchun Ishchi guruhga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kirmagan korxonalarga kredit berish uchun banklarning maqsadli mablagʻlardan foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Banklarning maqsadli mablagʻlardan foydalanish uchun berilgan buyurtmanomalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit olish uchun korxona banklarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaga xizmat koʻrsatadigan bank koʻrsatilgan holda maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit olish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olish maqsadlari va foydalanish yoʻnalishlari, shuningdek moʻljallanayotgan summa, kreditning muddati va foiz stavkasi, korxonaning bank hisob raqamidagi pul mablagʻlarining prognoz oqimi, ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga buyurtmalar portfeli tarkibi va ularni sotish bozori, shuningdek kreditni oʻzlashtirishga tegishli boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan yangi qurilishni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy asoslash) yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (texnik-iqtisodiy hisob-kitob), shuningdek ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi axborot (faqat investitsiya loyihalari boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning oxirgi 3 yildagi moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (2a-shakl);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning moʻljallanayotgan taʼminlanishi boʻyicha maʼlumotlar (mol-mulk garovi, kafolat, kafillik, sugʻurta polisi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan maʼqullangan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini, shu jumladan ishlab chiqarishning materiallar va energiya sarfini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda koʻrishini oshirish, moliyaviy oqimlarni boshqarishni takomillashtirish va ortiqcha shtat birliklarini qisqartirish boʻyicha moliyaviy reja, shuningdek ushbu moliyaviy reja amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborot, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar va/yoki ishlab chiqarishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Banklar maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqishda ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni korxonadan soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Banklar tomonidan korxonaning rasmiy yozma arizasini roʻyxatdan oʻtkazish murojaat qilingan paytdan boshlab bir kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bank maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit boʻyicha hujjatlarni qonun hujjatlariga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Banklar maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit boʻyicha hujjatlarni quyidagi mezonlarga alohida eʼtiborni qaratgan holda koʻrib chiqadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlari uchun loyihani amalga oshirishning ahamiyati, mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishi dinamikasini, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasini hisobga olgan holda korxonalar va tarmoqlarni yanada rivojlantirish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning biznes-rejasi iqtisodiy hisob-kitoblari (texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy hisob-kitob)ning asoslanganligi, korxonada raqobatbardoshli, tashqi va ichki bozorlarda talab qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va kengaytirish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda koʻrishini oshirish boʻyicha moliyaviy reja bajarilishini, korxonaning moliyaviy ahvolini, budjet oldidagi, banklarning kreditlari, kommunal xizmatlar, ish haqi boʻyicha qarzlar, shuningdek debitorlik-kreditorlik qarzlar mavjudligi va hokazolar tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) toʻgʻrisida bank tomonidan xulosa berish muddati korxonaning rasmiy yozma arizasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa berilgan taqdirda bank rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda ariza beruvchini kredit berish rad etilganligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosa berilgan taqdirda bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mablagʻlarni bankning vakillik hisob raqamiga oʻtkazish uchun bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) bayonnomasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mablagʻlar vakillik hisob raqamiga tushgandan keyin bank korxona bilan kredit shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Maqsadli mablagʻlardan foydalanish uchun berilgan buyurtmanomalarni Kichik guruh tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit olish uchun korxona Ishchi organga ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlgan loyihalar boʻyicha korxona tomonidan Ishchi organga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Nizomga muvofiq tasdiqlangan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy hisob-kitobi) ham taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishchi organ tomonidan korxonaning rasmiy yozma arizasini roʻyxatdan oʻtkazish murojaat qilingan paytdan boshlab bir kun muddatda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit olish uchun korxonaning arizasini ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda bir kun muddatda koʻrib chiqish uchun Kichik guruh aʼzolariga va bankka yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kichik guruh aʼzolari maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqishda korxonadan ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishchi guruh aʼzolari quyidagi mezonlarga alohida eʼtiborni qaratgan holda maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit boʻyicha yuborilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlari uchun loyihani amalga oshirishning ahamiyati, milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishi dinamikasini, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasini hisobga olgan holda korxonalar va tarmoqlarni yanada rivojlantirish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tannarxini kamida 20 foizga pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda koʻrishini oshirish boʻyicha moliyaviy reja bajarilishini, korxonaning moliyaviy ahvolini, budjet oldidagi, banklarning kreditlari, kommunal xizmatlar, ish haqi boʻyicha qarzlar, shuningdek debitorlik-kreditorlik qarzlar va hokazolar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli rivojlantirishni taʼminlash, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish, ishlab turgan quvvatlardan foydalanish, shuningdek xom ashyo bozori konyunkturasi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kichik guruh aʼzolari tomonidan loyihaning maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berish maqsadlariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisidagi xulosalarni ishchi organga yuborish muddati korxonaning rasmiy yozma arizasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 7 kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishchi organ xulosalar olingan kundan boshlab 3 kun mobaynida maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berish maqsadlariga loyihaning muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Kichik guruh majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kichik guruhning qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uzil-kesil qaror qabul qilish uchun bir kun muddatda ishchi guruhga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishchi guruh uch kun muddatda Kichik guruhning qarorini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhning qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda bankka va korxonaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishchi guruhning loyihaning maqsadli mablagʻlardan foydalanish mezonlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qarorini olishda kredit boʻyicha hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi)ning koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bank qonun hujjatlariga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq korxonadan kredit qoʻmitasining qarorini qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) koʻrib chiqish uchun kredit boʻyicha hujjatlar kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) tomonidan maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 kundan kechikmay rad etishning asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda Kichik guruhni va korxonani yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit berish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda bank bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mablagʻlarni bankning vakillik hisob raqamiga oʻtkazish uchun Ishchi guruhning qarorini va bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) bayonnomasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mablagʻlar vakillik hisobvaragʻiga tushgandan keyin bank bir kun muddatda korxona bilan kredit shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Maqsadli mablagʻlardan foydalanish monitoringini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bank bank haqidagi qonun hujjatlariga, kredit shartnomasiga va bankning kredit siyosatiga muvofiq maqsadli mablagʻlar hisobiga berilgan kreditlar monitoringini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda bank kreditning boshqa maqsadda foydalanilgan qismini kredit shartnomasida nazarda tutilgan tartibda korxonaning bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bank har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga dastlab berilgan kredit summasini, kredit boʻyicha qarz qoldigʻini, hisoblangan va toʻlangan foiz toʻlovlari summasini, kredit monitoringi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda korxonalar boʻyicha maqsadli mablagʻlar hisobiga berilgan kreditlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har oyda Kichik guruhga banklar boʻyicha maqsadli mablagʻlardan yoʻnalishlar boʻyicha foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni hamda mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 526-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 24-son, 271-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda)