Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.12.2008 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IJTIMOIY TADQIQOTLAR INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy tadqiqotlar institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-930-son qarorini bajarish yuzasidan va Ijtimoiy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-sentabrdagi 265-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, U.Nosir koʻchasi, 53 “b” manzilidagi binoni (keyingi oʻrinlarda olinayotgan bino deb ataladi), ushbu binoga mulkchilik huquqini “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat bankiga rasmiylashtirgan holda tutash hudud bilan birga “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki balansiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rejim talablarini taʼminlash uchun yer qoʻshib berilishi hisobga olingan holda olinayotgan binoga tutash hudud bilan birga yer uchastkasi chegaralarini belgilasin va “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat bankiga ajratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinayotgan bino boʻyicha tarmoqlarni rivojlantirishda ulushli qatnashishsiz “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat bankining loyiha ehtiyojlariga muvofiq shahar muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishga texnik shartlar berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinayotgan binoga joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi jangchi-faxriy-baynalmilalchilar respublika birlashmasi qayta joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki olinayotgan binodagi xonalarga “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Riter” servis va oʻquv markazi firmasi (Shveysariya) oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi boʻyicha huquqiy voris hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning shtat jadvalini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut binosini joriy taʼmirlashni loyihalashtirishga shartnoma tuzsin va bir oy muddatda belgilangan tartibda pudrat tashkilotni tanlash boʻyicha tanlov oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institut faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan mebel, tashkiliy texnika, aloqa vositalari bilan jihozlashga, ikkita yengil avtomobil sotib olish va ularni saqlashga, axborot bosma nashrlariga, shu jumladan xorijiy nashriyotlarning bosma nashrlariga obuna boʻlishni tashkil etishga, Institutning binosini joriy taʼmirlash boʻyicha xarajatlarga Institutning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi 2008-yil oxirigacha Institut uchun bittadan “Neksiya” markali va “Damas” markali avtomobil ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Fayz” xolding kompaniyasi Institut buyurtmasi olingandan keyin bir oy muddatda ofis mebeli, shuningdek inventar tayyorlanishi va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 519-modda)