Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIIY MONOPOLIYALAR SUBYEKTLARI TOMONIDAN MAJBURIY XIZMAT KOʻRSATILISHI KERAK BOʻLGAN ISTEʼMOLCHILARGA TOVARLARNI SOTISH, ISHLARNI BAJARISH VA XIZMATLAR KOʻRSATISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarni hamda ularga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shoismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
277-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar
ROʻYXATI
1. Elektr taʼminoti sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boʻlinmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining boʻlinmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalari;
aeroportlar va “Oʻzaeronavigatsiya” markazining obyektlari — yorugʻlik signalizatsiyasi asbob-uskunalari, radiotexnika vositalari (navigatsiya, lokatsiya va aloqa uskunalari), parvozlarni boshqarish punktlari;
temir yoʻllarning tashish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlaydigan infratuzilma obyektlari;
uzluksiz energiya taʼminotining birinchi kategoriyasi boʻyicha shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten);
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironlar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega boʻlgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega boʻlgan dispanserlar, shu jumladan tugʻruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari obyektlari — vaksinalar saqlanadigan omborlar, alohida xavfli infeksiyalar laboratoriyalari, bakteriologik va virusologik tadqiqotlar laboratoriyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika karantin va alohida xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi, uning patogenlik va bioxavfsizlik boʻyicha I va II guruhlarga tegishli deb topilgan mikroorganizmlar bilan ishlaydigan filiallari va boʻlimlari;
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning hududiy boʻlinmalarining teleradio mahsulotlarini shakllantirish, uzatish va efirga tarqatish obyektlari;
umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari obyektlari;
issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti va suv-kanalizatsiya korxonalari;
gidrotexnik inshootlar;
yadro yoqilgʻisi va yadro materiallaridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar;
texnogen jarayon uzib qoʻyilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin boʻlgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari;
davlat resurslari hisobiga ajratiladigan undan qoliplangan non ishlab chiqaruvchilar (qoliplangan non pishirish uchun elektr energiyasidan foydalanuvchilar).
2. Gaz taʼminoti sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boʻlinmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalari;
issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalari;
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironlar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega boʻlgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega boʻlgan dispanserlar, shu jumladan tugʻruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
texnogen jarayon uzib qoʻyilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin boʻlgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan strategik korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat resurslari hisobiga ajratiladigan undan qoliplangan non ishlab chiqaruvchilar (qoliplangan non pishirish uchun tabiiy gazdan foydalanuvchilar).
3. Issiqlik taʼminoti sohasida:
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironlar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega boʻlgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega boʻlgan dispanserlar, shu jumladan tugʻruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim obyektlari, shuningdek bolalar uylari.
4. Suv taʼminoti sohasida:
issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonalari;
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironlar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega boʻlgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega boʻlgan dispanserlar, shu jumladan tugʻruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
yadro yoqilgʻisi va yadro materiallaridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar;
suv taʼminoti toʻxtatilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin boʻlgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun isteʼmolchilar tushunchasi ostida — tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni oladigan korxonalar va tashkilotlar tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarni belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda davlat monopoliyaga qarshi organi deb ataladi) taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda roʻyxat deb ataladi) davlat monopoliyaga qarshi organining taklifi boʻyicha belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
4. Davlat monopoliyaga qarshi organi tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida muntazamlilik asosida isteʼmolchilarning tabiiy monopoliyalarning tovarlari bilan taʼminlanmaganligi mamlakatning milliy manfaatlariga va aholining normal hayot faoliyatiga real xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan isteʼmolchilarni aniqlash uchun ularning tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tahlil qilishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
isteʼmolchilarning strategik yoki ijtimoiy ahamiyati, ularning tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan taʼminlanmasligining mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligiga hamda uning mudofaa qobiliyatiga, aholining hayot faoliyatiga, shu jumladan alohida hududga ehtimoli boʻlgan oqibatlari;
korxonalarning toʻxtovsiz faoliyatini taʼminlash imkonini beradigan ehtiyojlarni qondirishning muqobil usullari mavjudligi;
tabiiy monopoliyalar subyektlarining imkoniyatlari.
6. Zaruriyat boʻlganda, amalga oshirilgan tahlil natijalari boʻyicha davlat monopoliyaga qarshi organi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga roʻyxatga tegishli vazirliklar, idoralar va tabiiy monopoliyalar subyektlari bilan kelishilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif kiritadi.
III. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlarni sotish tartibi
7. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlarni sotish qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq ular oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda qayd etiladigan hajm va sifat boʻyicha belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan toʻliq hajmda xizmat koʻrsatish uchun quvvatlar yetarli boʻlmagan taqdirda tovarlar majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga asosiy faoliyatni yoki asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan eng kam darajada sotiladi.
9. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarni taʼminlashning eng kam darajalari (keyingi oʻrinlarda taʼminlashning eng kam darajasi deb ataladi) tovarni sotish uchun ular oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.
10. Taʼminlashning eng kam darajasi faoliyatning oʻziga xosligidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan (koʻrsatiladigan xizmatlar koʻrsatkichlari) va koʻrsatib oʻtilgan isteʼmolchilar tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalarning tavsifidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda isteʼmolchilarning asosiy faoliyatiga va funksiyalariga taʼsir koʻrsatmaydigan noishlab chiqarish tusidagi obyektlar hisobga olinmaydi.
11. Majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarni tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan taʼminlashni toʻxtatish qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish
12. Majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish qonunchiligida belgilangan tartibda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom talablari buzilishi holatlari aniqlanganda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan aybdorlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 516-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)