OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
QARORI
Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1876-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-872-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-noyabr,
106-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-noyabr,
2008-31-son
Moliya vazirligining, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 7-noyabrdagi 106, 2008-31-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-872-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Sugʻurtalovchi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olingan vaqtdan boshlab amalga oshirish huquqiga ega. Bunda, sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olinishi talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirilishiga oid talablar
2. Sugʻurtalovchi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sugʻurtalovchi oʻzining tizimida sugʻurtalovchi tomonidan faqat qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan boʻlinmaga ega boʻlishi lozim.
4. Yuqorida koʻrsatilgan boʻlinmaning xodimlari Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi lozim. Bunda, ushbu boʻlinma rahbari boʻlgan xodim qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I toifali malaka attestatiga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sugʻurtalovchining qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlari yuqorida koʻrsatilgan boʻlinma rahbari tomonidan imzolangan (viza qoʻyilgan) boʻlishi lozim.
III. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan axborotning oshkor qilinishi
6. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan axborotning oshkor qilinishi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sugʻurtalovchilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishda sugʻurta siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishlari lozim, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq maxfiy boʻlgan axborotga ega boʻlgan holda, ushbu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish va ushbu axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchidan u tomonidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar va bitimlar boʻyicha axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soʻrash va olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
9. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi sugʻurtalovchiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash, shuningdek tegishli choralarni qoʻllash uchun materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
11. Mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 485-modda; 2013-y., 51-son, 671-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)