02.12.2008 yildagi PF-4059-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida “Navoiy” erkin iqtisodiy zona” (keyingi oʻrinlarda — EIZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yoʻnalishi — zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng koʻlamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, Oʻzbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda boʻlish va chiqib ketishning, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida huquqiy tartib, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona tartibi faqat EIZ hududida faoliyat koʻrsatayotgan va EIZ direksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun amal qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor boshqarish erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zona tashkil etilgan barcha hudud EIZ faoliyat koʻrsatadigan butun davr mobaynida foydalanish va boshqarish uchun Maʼmuriy kengashga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga EIZ hududida yer uchastkalarini subijaraga topshirish, oʻz huquq va majburiyatlarini ijara shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga berish, ijara huquqini garovga qoʻyish, ularni ulush sifatida ustav kapitaliga qoʻshish huquqisiz ijaraga beradi. EIZ hududida yer uchastkalarini sotish va boshqacha tarzda oʻzgaga berish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonada roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga quyidagilar ruxsat etilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar boʻyicha hisob-kitob va toʻlovlarni EIZ hududida xorijiy valyutada amalga oshirish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini xorijiy valyutada toʻlash;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq toʻlash va hisob-kitob qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonada roʻyxatga olingan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining soliq toʻlovchilar ahvolini yomonlashtiruvchi hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyilsin, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarning soliqqa tortilishini tartibga soluvchi hujjatlar bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” va “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi”, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga EIIZni joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer maydoni boʻyicha, uning chegaralari aniq koʻrsatilgan holda, takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, tanlangan yer uchastkasi maʼqullangandan keyin, uni erkin industrial-iqtisodiy zona yaratish maqsadida belgilangan tartibda ajratsin, uni zarur kadastr materiallari bilan rasmiylashtirsin hamda EIIZ Maʼmuriy kengashiga u faoliyat koʻrsatadigan muddatga foydalanish va boshqarish uchun bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda mazkur zona hududini barpo etishning, shu jumladan zarur muhandislik kommunikatsiyalari va servis xizmatlarini tashkil etishning dastlabki rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda erkin industrial-iqtisodiy zonaning Bosh rejasini va zarur loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Navoiy viloyatidagi erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini tezkor boshqarish va davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini amalga oshirish uchun EIIZning Maʼmuriy kengashini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, zarurat boʻlganda, Investitsiya dasturlarini shakllantirishda EIZni rivojlantirishning tasdiqlangan Bosh rejasiga va taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq erkin industrial-iqtisodiy zonaning ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etishga mablagʻlarni nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4059-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat nomi Masʼul ijrochilar
1.‎ “Navoiy” erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashi va direksiyasi toʻgʻrisida Nizom Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
2.‎ “Navoiy” erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi
3.‎ “Navoiy” erkin iqtisodiy zonaning xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
5.‎ Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin iqtisodiy zona hududiga kirish, chiqib ketish, hududda boʻlish va mehnatga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida Nizom Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 478-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)