Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 28.11.2008 yildagi PF-4057-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARINI TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining omonatlarini jahon moliyaviy krizisining ehtimol tutilgan salbiy oqibatlaridan himoyalashning ishonchli kafolatlarini ta’minlash, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchini tobora mustahkamlash, aholi omonatlarini tijorat banklariga jalb qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, jismoniy shaxslarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlariga joylashtirilgan pul mablag‘lari davlat tomonidan himoyalangan va fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lashning ishonchli kafolatlari qonunan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq omonatlarning miqdorlaridan qat’i nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari bo‘yicha to‘la hajmda haq to‘lash kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, fuqarolarning omonatlari bo‘yicha to‘liq miqdorda haq to‘lash tijorat bankining mablag‘i hamda qonun hujjatlariga muvofiq tijorat banklarining badallari va ajratmalari hisobiga shakllantiriladigan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda boshqa qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4057-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 48-son, 471-modda)