1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyuldagi OʻRQ-162-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun nogironlarga huquq va erkinliklarni roʻyobga chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni toʻlaqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek oʻzlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlatning nogironlarga oid siyosatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilishga, nogironlikning oldini olishga va nogironlarning jamiyat bilan uygʻunlashib ketishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. “Nogiron” tushunchasining taʼrifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj boʻlgan shaxs nogiron hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning oʻz-oʻziga xizmat qilish, yurish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyati yoki imkoniyatini toʻla yoxud qisman yoʻqotganligida ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Nogironlar huquqiy mavqeyining asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qoʻyilgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklarga egadirlar. Nogironlarni kamsitish taqiqlanadi va qonunga muvofiq jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironlarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlab, tegishli davlat dasturlarida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish, salomatligini saqlash, mehnat qilish, bilim olish va kasb oʻrganish, uy-joyli boʻlish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni roʻyobga chiqarishda toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida qonunlarda koʻzda tutilgan shakllarda ularga ijtimoiy yordam berish yoʻli bilan ularning xos kamol topishlari, ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi. Davlat nogiron bolalar toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga yordam koʻrsatish maqsadida respublikada va viloyatlarda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmalari tashkil etilib, ulardan soliq olinmaydi. Bu jamgʻarmalarni tashkil etish, ularning faoliyat tartibini hamda tashkil topish manbalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalikdan nogiron boʻlganlarning hamda boshqa I va II guruh nogironlarining uy-joy sharoitini yaxshilash chogʻida uylar ularning ish joylariga hamda davolash-profilaktika muassasalariga va transport yoʻllariga yaqin boʻlishi zarurligini hisobga olgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga va aʼzolaridan biri nogiron boʻlgan oilalarga uy-joy berish, uy-joy sotib olish, qurish va ulardan foydalanish yuzasidan yengilliklar Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonunlarida belgilab beriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi va Uy-joy kodeksining 80-moddasiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan sud yoʻli bilan yoki qonunda belgilangan boshqa tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro vakolatli davlat idorasi (TMEK)ning uni nogiron deb topgan yoki nogiron deb topmaganligi xususidagi qaroriga norozilik bildirib TMEKning yuqori idorasiga murojaat qilishga haqlidir. Agar shu qaror ham nogironni qoniqtirmasa, unda u sud yoʻli bilan eʼtiroz bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar qonunda belgilangan moddiy, intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Nogironlar muammolariga doir qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari oʻz ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda, shuningdek tegishli tadbirlarni pul bilan taʼminlashda ishtirok etishlari mumkin. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ularga bu borada har tomonlama koʻmaklashishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlarni indeksatsiyalashni hisobga olib, respublika budjeti, mahalliy budjetlar, Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan nogironlarga ijtimoiy yordam berish tartibi va shartlari;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni ijtimoiy himoya qilishning respublika va mintaqa dasturlarini tasdiqlash va pul bilan taʼminlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni tarbiyalashni, ularning umumiy taʼlim olishini va hunar oʻrganishini, ularni ishga joylashtirishni va mehnati muhofaza etilishini taʼminlashga oid umumiy qoidalar belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga oid xalqaro shartnomalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NOGIRONLARNING IJTIMOIY INFRASTRUKTURADAN TOʻSQINLIKSIZ FOYDALANIShI UChUN ShART-ShAROIT YaRATISh
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1991-yil 18-noyabrdagi 423-XII-son qarorining 2-bandiga asosan 8, 9, 10 va 12-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bosqichma-bosqich tartibda qonun kuchga kirgan paytdan boshqa vaqtda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Nogironlarning uy-joylardan va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlaridan foydalanishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarga (shu jumladan oʻrindiqli aravacha va yetaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarga) uy-joylardan, jamoat va ishlab chiqarish binolaridan, inshootlar va xonalardan foydalanishlari, jamoat transporti va transport kommunikatsiyalari, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishlari, bemalol yoʻl tanlash va yurishlari uchun shart-sharoit yaratib berishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chogʻida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarini loyihalash va qurish, turar joy dahalarini barpo etish, binolar, inshootlar, shu jumladan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtostansiyalar, daryo portlari, sport komplekslari, maorif va madaniyat obyektlarining, kommunikatsiyalarning loyiha yechimlarini ishlab chiqish, ularni qurish va rekonstruksiyalash, shuningdek transport vositalarini, shu jumladan xususiy transport vositalarini, aloqa va axborot vositalarini ularga nogironlar kirishi va ulardan foydalanishi uchun moslashtirmay turib yaratish va ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tegishli obyektlarning loyihalari nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan kelishib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga shart-sharoit yaratish loyihalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Nogironlar uchun moʻljallangan obyektlarni loyihalash va qurish ustunlik tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ijtimoiy infrastrukturaning ishlatilayotgan obyektlarini nogironlar foydalanishi uchun moslashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi transport, aloqaning, axborotning ishlatilayotgan vositalari hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlari (8 va 9-moddalar) davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari tomonidan nogironlarning jamoat birlashmalari ishtirokida belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlarda nogironlar kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur obyektlarni nogironlar kirishi uchun moslashtirish mumkin boʻlmagan hollarda tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nogironlarning ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydigan zarur choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Turar joy binolarini nogironlarning kirishiga va foydalanishiga moslashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar yoki aʼzolaridan biri nogiron boʻlgan oilalar yashayotgan turar joy binolari, shuningdek nogironlar uchun qurilayotgan uy-joylar nogironlar salomatligini tiklashning yakka tarzdagi dasturiga muvofiq maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur turar joy binolarini uy-joy fondining egasi boʻlgan xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar jihozlaydilar. Yakka tartibda qurilgan uylarni jihozlash xalq deputatlari tegishli Sovetlari tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda nogironlarning jamoat birlashmalari albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Nogironlarning transport hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlaridan foydalana olishini taʼminlash vazifalarini bajarmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab turgan transport, aloqa va axborot vositalarini hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlarini nogironlar kira oladigan va foydalana oladigan qilib moslashtirish yuzasidan ushbu Qonunda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni bajarmagan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar nogironlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda tegishli budjetlarga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablagʻlardan faqat ijtimoiy infrastruktura obyektlarini nogironlarning ehtiyojlariga moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchungina foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Nogironlarning madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga kirishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, ularning boshqarmalari va boʻlimlari, boshqa tarmoq boʻlinmalari nogironlar madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga bemalol kirishi va madaniy kamol topish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish maqsadida ulardan bemalol foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, shuningdek ularga maxsus sport anjomlari berilishini taʼminlashga majburdirlar. Nogironlar mazkur xizmatlardan bepul yoki yengil shartlar bilan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan taʼminlashda, ularni jihozlashda va taʼminlashda korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan taʼminlashga, jihozlar sotib olishga va ularni taʼminlashga mablagʻ ajratishga haqlidir. Mazkur maqsadlarga ajratilgan mablagʻdan soliq olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq sodeksining 141-moddasi va 145-moddasining 31-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Nogironlar uchun mollar va texnika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga beriladigan yengilliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun sanoat mollari, maxsus texnika va oʻzga vositalar ishlab chiqaradigan hamda nogironlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga, shuningdek aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan maxsus taʼlim-tarbiya muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari bilan belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlarda yengilliklar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NOGIRONLARNI TIBBIY, KASB VA IJTIMOIY JIHATDAN TIKLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash tizimini tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga koʻmaklashadi. Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan qobiliyatlarini, oʻziga oʻzi xizmat qilish qobiliyatini, kasb faoliyatining xilma-xil turlaridagi qobiliyatini, shuningdek nogironlarga toʻlaqonli turmush tarzini davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda mavjud imkoniyatlarini ishga solishni taʼminlaydigan qobiliyatlarini qayta tiklashga hamda ularning oʻrnini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash, shuningdek nogironlikning oldini olish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va mutaxassislar tayyorlashni pul bilan taʼminlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida xalq deputatlari tuman, shahar Sovetlari vakolat bergan davlat idoralari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturida tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari, shuningdek ijtimoiy yordam turlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron taqdim etadigan tiklashning yakka tartibdagi dasturi tegishli davlat idoralari, shuningdek korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ijro etishi majburiy boʻlgan hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Nogironlarni tiklash ishlarini amalga oshiruvchi muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika idoralari va mahalliy idoralar nogironlarning salomatlikni tiklashga qaratilgan yordamga boʻlgan ehtiyojlarini va mahalliy sharoitlarni hisobga olib, nogironlarning salomatligini tiklash tarmoqlarini, shu jumladan ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini, ambulatoriyalar hamda doimiy davolash-profilaktika muassasalarida tiklash boʻlimlarini, maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarini, ixtisoslashtirilgan sanatoriy-kurort muassasalarini, nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatadigan korxonalar va muassasalarni barpo etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. NOGIRONLARNING ILM OLIShI VA KASB TAYYORGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun sharoit yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun zarur shart-sharoit yaratishga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi idoralari sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot idoralari bilan birgalikda nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tarbiyasini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi rejasiga muvofiq ular umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim olishini taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Nogiron bolalarning maktabgacha tarbiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligi tufayli umumiy yoʻsindagi maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnay olmaydigan nogiron bolalarni tarbiyalash hamda salomatligini tiklash uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Sovetlari korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarni jalb etgan holda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarini, shu jumladan internat-uylarni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Nogironlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim olishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim berish barcha oʻquv yurtlarida, zarur boʻlgan hollarda esa maxsus bilim yurtlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan davolash profilaktika yoki salomatlikni tiklash muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun ham oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Nogiron bolalarga uyda tarbiya va taʼlim berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolalarga umumiy yoki maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida va oʻquv yurtlarida tarbiya va taʼlim berish imkoni boʻlmagan taqdirda, ota-onalarining istaklari hisobga olinib, bunday bolalarga uyida tarbiya va taʼlim beriladi. Bunda ota-onalardan biriga yoki ularning oʻrnini bosuvchi kishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlar asosida moddiy taʼminot va imtiyozlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli oʻquv-tarbiya muassasalari nogiron bolalarni uyda oʻqitishda ota-onalarga yordam berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolalarni har tomonlama uygʻun rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni, mehnatga qiziqishni tarbiyalash, ularni fan, texnika, sanʼat va sportga jalb etish maqsadida xalq taʼlimi idoralari, boshqa davlat idoralari nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyadan bahramand boʻlishlarini taʼminlashga, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Nogiron bolalarga doimiy muassasalarda tarbiya va taʼlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashaydigan nogiron bolalarga ana shu muassasalar ijtimoiy-maishiy hamda mehnat koʻnikmalarini hosil qilish bilan uzviy bogʻlangan holda tarbiya va taʼlimning uzluksizligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Nogironlarning kasb tayyorgarligini va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning kasb tayyorgarligi va ularning malakasini oshirish oʻquv yurtlarida, korxonalarda va tashkilotlarda (ixtisoslashgan yoki umumiy yoʻsindagi), shuningdek nogiron jamoat tashkilotlarining korxonalari va birlashmalarida ijtimoiy yordam muassasalari bilan birgalikda tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ravishda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb tayyorgarligi va malaka oshirish davrida nogironlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartib va shartlar asosida moddiy jihatdan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nogironlarning ilm olish, kasb tayyorgarligi va malaka oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning ilm olishi, kasb tayyorgarligi va malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan, kunduzgi hamda kunduzgi-sirtqi shakllarda, oʻzicha mustaqil tayyorlanish yoʻli bilan, maxsus guruhlarda, sinflarda hamda yakka tartibdagi oʻquv dasturlari asosida, shu jumladan uyda oʻqish yoʻli bilan roʻyobga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Imo-ishora tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi imo-ishora tilini shaxslararo muloqot vositasi sifatida tan oladi. Imo-ishoralar tilining huquqiy maqomi va qoʻllanish sohasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.03.00 Nogironlar mehnati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. NOGIRONLAR MEHNATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Nogironlarning mehnat qilish huquqini amalga oshirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga mehnat sharoiti odatdagicha boʻlgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qoʻllaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan hamda qonun bilan taqiqlanadigan oʻzgacha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga koʻtarishdan bosh tortishga, maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga, nogironligi uchun uni oʻz roziligisiz boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga koʻra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron oʻz mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin avvalgi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Nogironlarni ish bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni ish bilan taʼminlash maqsadida davlat idoralari nogironlarning kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari ishtirokida korxonalarda, birlashmalar, muassasalarda va tashkilotlarda ishlovchilar sonining kamida 3 foizi miqdorida nogironlar uchun ish joylarini band qilib qoʻyish normalarini belgilaydi (kamida 34 kishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun ish joylarini band qilib qoʻyishni taʼminlamagan yoki ularni ishga joylashtirishdan boʻyin tovlagan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar davlat hokimiyati mahalliy idoralariga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda nogironlarni ishga joylashtirish va ularga moddiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun pul toʻlaydi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Koʻzi ojiz nogironlar sharoiti oʻzlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band boʻlgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xomashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Nogironlarni mehnat sharoiti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarda, birlashmalarda, muassasalarda va tashkilotlarda ishlayotgan nogironlarga tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ravishda zarur mehnat sharoiti yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoiti, shu jumladan mehnatga haq toʻlash, ish vaqti, tartibi va dam olish vaqti, jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasida belgilab qoʻyiladigan yillik va qoʻshimcha otpuskalarning muddati amaldagi normativ hujjatlarda koʻzda tutilganidan kam boʻlmasligi va boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi yoki ularning huquqlarini cheklamasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar uchun imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar imtiyozli asoslarda soliq toʻlash, moliyalashtirilish hamda moddiy-texnika bilan taʼminlanish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish, ularni moliyalashtirish hamda moddiy-texnika bilan taʼminlash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilangan.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ijtimoiy yordam turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy yordam pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar) shaklida, texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan taʼminlash shaklida, shuningdek tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati koʻrsatish yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni pensiyalar va nafaqalar bilan taʼminlash tartibi pensiya va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining III-bobiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga bepul maxsus tibbiy yordam koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunlarida belgilab qoʻyiladi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan taʼminlash, ularga texnik vositalar va oʻzga vositalarni berish, shuningdek, maishiy xizmat va transport xizmati koʻrsatish bepul yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Nogironga texnika vositasi yoki oʻzga vositani berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironga texnika vositasi yoki oʻzga vosita salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq bepul yoki imtiyozli shartlar bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida koʻzda tutilgan texnika vositasi yoki oʻzga vositani davlat idorasi nogironga berishi mumkin boʻlmasa yoki nogiron tegishli vositani oʻz hisobidan sotib olgan boʻlsa, unga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda tovon toʻlanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Uyga borib xizmat koʻrsatish. Nogironlarga ijtimoiy yordam beradigan doimiy ishlovchi muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj boʻlgan nogironlarga ijtimoiy yordam idoralari uyga borib yoki doimiy ishlaydigan muassasalarda tibbiy yoki maishiy xizmat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi doimiy muassasalar tarmogʻini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishchi yoki xizmatchi korxona, birlashma, muassasa, tashkilotning aybi bilan nogiron boʻlib qolgan hamda boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlsa, shu korxona, birlashma, muassasa, tashkilot sogʻliqni saqlash organlari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosasiga muvofiq mehnatga yaroqsiz boʻlib qolgan davrda bemorni parvarishlash uchun oʻz hisobidan uyda qarab turadigan bir kishini yollashi shart va nogironga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplaydi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Internat-uylardagi va boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalaridagi nogironlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning internat uylarda yoki boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalarida boʻlish sharoiti nogironlar oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatni taʼminlashi hamda shaxsning ehtiyojlari mumkin qadar toʻla-toʻkis qanoatlantirilishiga koʻmaklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligini tiklash choralari yordamida nogironning internat uyda yoki oʻzga doimiy ishlaydigan ijtimoiy muassasada boʻlishiga zarurat qolmagan taqdirda davlat hokimiyati mahalliy idorasi unga ushbu Qonunning 11-moddasi talablariga muvofiq ravishda qulay turar joy maydoni berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashayotgan yetim yoki ota-onalarining vasiyligidan mahrum etilgan nogiron bolalar balogʻatga yetgach, agar salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish va mustaqil turmush kechirish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlsa, shu dasturga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tomonidan navbatdan tashqari turar joy maydoni bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish, shu jumladan ularni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq isteʼmoli mollari bilan taʼminlash, ularga kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatish xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tomonidan nogironlarning kasaba uyushmalari hamda jamoat birlashmalari, ijtimoiy yordam muassasalari ishtirokida belgilanadigan yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari har yili kamida bir marta nogironlarning ijtimoiy-turmush sharoitlarini oʻrganib chiqishni tashkil etadilar hamda bu sharoitlarni yaxshilash uchun zarur choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy yordamni xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, ularning ijroiya va boshqaruv idoralari, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport idoralari hamda boshqa davlat idoralari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspertiza (tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining, ixtisoslashtirilgan ekspert xizmatlarining, tibbiy maslahat komissiyalarining) xulosalari asosida koʻrsatadilar.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy yordam respublika budjeti va mahalliy budjetlar, Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan, shuningdek korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan beriladi.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarni pul bilan taʼminlovchi korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlarda soliq solishda yengilliklar beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. NOGIRONLARNING JAMOAT BIRLAShMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamgʻarmalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari, shuningdek mulkning oʻz xoʻjalik yuritishning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chogʻida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari oʻz manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalariga beriladigan imtiyozlar va yengilliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning jamoat birlashmalari hamda ularning korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlari soliq toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda imtiyozlar va yengilliklardan foydalanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 158, 208, 261, 269, 282 va 358-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlimlari va boʻlinmalari binolar olishda, xomashyo resurslari, ishlab chiqarish-texnika uskunalarini sotib olishda birinchi navbat huquqidan foydalanadilar va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq imtiyozli suratda pul va kredit bilan taʼminlanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda;2001-y., 5-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda)