Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hakamlik sudi maqomini va uning vakolatlarini rasmiy tasdiqlash usuli hisoblanadi, Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari kitobiga hakamlik sudi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi maqomini va vakolatlarini rasmiy hisobga olish usuli hisoblanadi, Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga hakamlik sudi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazishda va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishda hakamlik sudini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilmaydi, uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudlari tashkil etilganligini va ularning faoliyati tugatilganligini tasdiqlash, hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etish va tugatish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs uning hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida hakamlik sudining joylashgan joyi boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha adliya organiga ariza yuboradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda adliya organi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish toʻgʻrisida tegishli adliya organi Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga hakamlik sudi hisobi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi. Hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki arizachi tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi faoliyati tugatilgan, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish tartibiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda yuridik shaxs oʻn ish kuni mobaynida adliya organiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini amalga oshirish uchun muvaqqat hakamlik sudining raislik qiluvchisi (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka koʻrib chiqilayotganda) hakamlik muhokamasi boshlangunga qadar hakamlik sudi joylashgan joydagi adliya organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik bitimi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari roʻyxati (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Hisobga olish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda adliya organi muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisida tegishli adliya organi Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga va hakamlik bitimi tomonlariga yozma xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hakamlik sudi tarkibini oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hakamlik sudi tarkibi oʻzgartirilgan taqdirda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxs yoki mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar bu toʻgʻrida adliya organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Bunda kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya organi hakamlik sudyalarining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudyalari koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda adliya organi Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar adliya organi hakamlik sudlari hisobi roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoki hisobga olingandan keyin tegishli ravishda Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritilgan, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan hakamlik sudyalarini aniqlagan taqdirda u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxsga yoki muvaqqat hakamlik sudi tashkil etgan hakamlik bitimi tomonlariga nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Adliya organi taqdimnomasi bajarilmaganda “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi talablariga muvofiq boʻlmagan hakamlik sudyalari Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestridan chiqarib tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida adliya organi bu toʻgʻrida vakolatli sudga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki Muvaqqat hakamlik sudi tegishli ravishda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisida xabarnoma olgandan keyin hakamlik ishini koʻrishga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi axborot hududiy adliya organlari tomonidan davriy ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta umumlashtirish va tizimlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”da nashr etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom qoidalarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman. Pochta manzili: ________________________________________ Pochta indeksi: ____________ Bogʻlanish telefoni: _____________ Taqdim qilinayotgan hujjatlar: doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi; yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori nusxasi; yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi; hakamlik sudyalari roʻyxati; hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari; hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari; hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud boʻlganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Men taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligini va qonun hujjatlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ariza tushgan sana va vaqt
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning nomi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan tartib raqami va sanasi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarorning tartib raqami va sanasi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami va sanasi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi sudyalari (F.I.O.)
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish yoki uning hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartib raqami va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________________________________________
(hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi adliya organining nomi)
____________________________________________
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida XABARNOMA
Sizga shu toʻgʻrida xabar qilamizki, ____________________________________
va ________________________________________________________________
(hakamlik bitimi tomonlarining davlat tilidagi toʻliq nomi)
oʻrtasidagi nizoni hal qilish uchun ____________________________________
(tashkil etilgan sanasi)
muvaqqat hakamlik sudi tashkil etildi.
Muvaqqat hakamlik sudi joylashgan joy: ___________________
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i) hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan
— eng kam oylik ish haqining 2 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 443-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)