OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 27-sentabrda 1863-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 30-may, roʻyxat raqami 1145 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 10-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-avgust,
18/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil 5-6-son, 54-modda) va “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son, 144-modda) muvofiq bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda bank mijozlariga xos raqam berish hamda ularning hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish va mijozlar hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda —BDMAB) Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birinchi marotaba bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam berish, ularning hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olishni taʼminlovchi axborotlar bazasi boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
BDMABga Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi oʻrinlarda — ABM) tomonidan xizmat koʻrsatiladi hamda uning faoliyati ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan olib boriladi.
2. BDMAB bank mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, qoldiq summalarini qayd etmagan holda saqlaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari (filiallar, vakolatxonalar) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) olib amal qilayotgan boʻlsa, ushbu filiallar (vakolatxonalar)ga ham alohida xos raqam beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. BDMABda yuridik shaxslar boʻlgan mijozlarga berilgan xos raqamlar, ularning xoʻjalik faoliyati tugatilgan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida mazkur xos raqam boshqa shaxslarga berilmaydi. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklariga xos raqam bir marta beriladi va faqat ularga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami bekor qilingandagina, ushbu xos raqam bekor qilinishi mumkin. Shundan keyin ushbu xos raqam boshqa yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xoʻjaligiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mijozlarning hisobvaraqlari BDMABda, har bir balans hisobvaraqlari uchun valyutalar kodlari boʻyicha ketma-ket raqamlash tamoyili asosida dasturiy ravishda shakllantiriladi, budjet tashkiloti bundan mustasnodir. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarini shakllantirishda hisobvaraq tartib raqami oʻrniga daromad (xarajat) moddasi (boʻlimi) koʻrsatiladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvaragʻi bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va ularni bankda oʻzgartirish mumkin emas.
6. Mijozga asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq (keyingi oʻrinlarda — asosiy depozit hisobvaraq) ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga xos raqam berilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan keyin, bu toʻgʻrisida oʻz mijoziga xabar beradi va shundan keyingina mijoz ushbu hisobvaraq boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mijozga ochilgan, boshqa bankdan oʻtkazilgan yoki qayta harakatga keltirilgan bank hisobvaraqlari boʻyicha barcha hisob-kitoblar, shuningdek, hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish hamda mijozning hisobvaragʻini yopish shu kunning oʻzidayoq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 14-martdagi 7/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-2, 02.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 159-modda)
8. BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka oʻtkazish, yopish, mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish va ularni qayta tiklash sanalari shakllantiriladi va banklarga uzatiladi. Ular bankning maʼlumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan oʻzgartirishga ruxsat etilmaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB oʻrtasidagi axborot almashinish soʻrov fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi.
10. Soʻrovlar BDMABga joʻnatilgandan keyin, ABM faylning BDMABga uzatilganligi toʻgʻrisida bankka tasdiqnoma joʻnatadi.
11. Banklardan BDMABga kelib tushadigan barcha soʻrov turlari dasturiy ravishda, shu kunning oʻzidayoq qayta ishlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kun davomida qayta ishlangan barcha soʻrov turlari boʻyicha maʼlumot bank ish kuni yakunida BDMAB tomonidan solishtirish uchun banklarga yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1863-3, 30.09.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 40-son, 503-modda)
12. Banklarning BDMABga yuboradigan soʻrov turlari ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. BDMABdan kelib tushgan javob fayllarining barcha maʼlumotlari bankda mijoz taqdim etgan hujjatlar asli bilan takroran solishtiriladi. Agar xatolar aniqlansa, xato maʼlumotlar bartaraf qilingan holda BDMABga soʻrov qayta joʻnatiladi.
14. Bank yoki bank filialining faoliyati tugatilayotganda, mijozlarning tugatilayotgan bankdagi barcha hisobvaraqlari oldindan yopilishi yoki bank faoliyati tugatilgunga qadar, BDMABga 6-soʻrov joʻnatgan holda, asosiy hisobvaragʻini tegishli bank filialiga yoki boshqa bankka oʻtkazilishi shart.
15. Soʻrovlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmat haqi bank va ABM oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatib oʻtiladi.
16. BDMABdagi maʼlumotlarni, shu jumladan bank siri hisoblangan maʼlumotlarni qonunchilikka zid ravishda oshkor qilishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
2-§. BDMABning funksiyalari
17. BDMAB quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) bank depozitorlarining axborotlar bazasini shakllantirish, saqlash, toʻldirib borish va uni faol holatda saqlab turishni taʼminlash;
b) qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda, bank siriga rioya etgan holda tegishli davlat organlari bilan bank depozitorlari hisobvaraqlari va depozitorlar turi boʻyicha elektron maʼlumotlar almashish;
Keyingi tahrirga qarang.
v) banklararo elektron toʻlovlarning aniq bajarilishini taʼminlash;
g) banklarning soʻrovlariga javob berish;
d) banklarning maʼlumotlariga muvofiq axborotlar bazasini tezkor oʻzgartirib borish;
e) soʻralgan axborotlarni tezkor izlash;
j) axborotlar bazasi arxivini tashkil etish va uni belgilangan muddatda saqlash;
z) tizimning faoliyat koʻrsatish boʻyicha elektron bayonnomasini yuritish;
i) qabul qilingan, joʻnatilayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan axborotlar muhofazasini taʼminlash;
k) favqulodda holatlar yuz berganda banklarni oʻz mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻliq taʼminlash;
l) qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda tegishli davlat organlarining yozma soʻrovlariga asosan BDMABda roʻyxatga olingan depozitorlar va ularning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.
3-§. BDMABning tarkibiy tuzilishi
18. BDMAB bazasida bank mijozlarining maʼlumotlari quyidagi tarkibda shakllanadi va saqlanadi:
1) joʻnatilgan soʻrovnomaning tartib raqami;
2) soʻrov turi raqami;
3) mijoz maqomi (yuridik (Yu), yakka tadbirkor- (I), jismoniy shaxs (F);
4) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
5) mijozning nomi;
6) mijoz turi;
7) tashkiliy-huquqiy shakli kodi;
8) mulkchilik shakli kodi;
9) manzil kodi;
10) yuridik shaxs kodi;
Oldingi tahrirga qarang.
11) Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) kodi;
(18-bandning 11-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-4, 05.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 21-modda)
12) roʻyxatga olgan tashkilot nomi;
13) roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami;
14) roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi;
15) roʻyxatga olgan tashkilotning viloyat kodi;
16) roʻyxatga olgan tashkilotning tuman kodi;
17) rezidentlik belgisi (rezident yoki norezident);
18) mijozning mamlakat kodi;
19) ochilayotgan mijoz hisobvaragʻining bosh kitobdagi balans hisobvaraq kodi;
20) valyuta kodi;
21) hisobvaraqning BDMAB yoki bank tomonidan berilgan tartib raqami;
22) mijozga hisobvaraqni ochayotgan bank kodi;
23) mijozning shaxsiy hisobvaragʻi;
24) mijozga BDMABda berilgan xos raqam;
25) mijoz BDMABda roʻyxatga olingan sana;
26) mijoz hisobvaragʻi ochilgan sana;
27) bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
28) bosh korxonaning STIRi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
29) bosh korxonaning nomi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
30) hisobvaraqdan vaqtincha aktiv operatsiyalarni toʻxtatish, band solish yoki harakatsizligi yoki harakatga keltirish belgisi;
31) hisobvaraqdan vaqtincha aktiv operatsiyalarni toʻxtatilgan yoki band solingan sana;
32) hisobvaraqdan oxirgi marotaba operatsiya amalga oshirilgan sana;
33) vaqtincha aktiv operatsiyalarni toʻxtatilgan yoki band solingan hisobvaraqni harakatga keltirish sanasi;
34) asosiy hisobvaraqni boshqa bankka oʻtkazish belgisi;
35) asosiy hisobvaraq boshqa bankka oʻtkazilgan sana;
36) mijozning asosiy hisobvaragʻini qabul qilayotgan bankning rozilik belgisi;
37) mijoz asosiy hisobvaragʻini qabul qilayotgan bank kodi;
38) mijozning oʻtkazilayotgan asosiy hisobvaragʻini boshqa bankda ochilgan sanasi;
39) mijoz hisobvaragʻini yopilish asosi belgilari;
40) mijoz hisobvaragʻi yopilgan sana;
41) eski asosiy hisobvaraqning 20 ta belgili raqami;
42) yangi asosiy hisobvaraqning 20 ta belgili raqami;
43) mijozning asosiy hisobvaragʻi oʻzgartirilgan sana;
44) mijoz faoliyati tugatilishi uchun asos va uning raqami;
45) mijoz faoliyati tugatilgan sana;
46) soʻrovnomani bajarilish belgisi (1-ilovada keltirilgan);
47) bank sharhi (Kommentariy banka);
4-§. BDMAB ga(dan) joʻnatiladigan soʻrov (javob) turlari
19. BDMAB banklarga quyidagi soʻrov turlari boʻyicha xizmat koʻrsatadi:
a) mijozni identifikatsiyalash (0-soʻrov turi);
b) mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish (1-soʻrov turi);
v) mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish (2-soʻrov turi);
g) hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish va hisobvaraq holati boʻyicha maʼlumot (3-soʻrov turi);
d) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish (4-soʻrov turi);
e) mijozlarning BDMABdagi maʼlumotlarini oʻzgartirish (5-soʻrov turi);
j) mijozning asosiy hisobvaragʻini boshqa bankka koʻchirish (6-soʻrov turi);
z) mijozlarning hisobvaraqlarini yopish (7-soʻrov turi);
i) mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish (8-soʻrov turi);
k) mijozning xos raqami faolligini tugatish (9-soʻrov turi).
Keyingi tahrirga qarang.
0-soʻrov turi. “Mijozni identifikatsiyalash”
20. 0-soʻrov turi mijozni STIRi orqali BDMABda roʻyxatdan oʻtganligini aniqlash uchun belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Bu soʻrov mijozga xos raqam berishdan oldin unga hisobvaraq ochilayotganda shakllantiriladi hamda mijozning oldin BDMABdan xos raqam olib roʻyxatdan oʻtganligini va boshqa biror-bir bank filialida bank hisobvaragʻi ochgan yoki ochmaganligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-3, 30.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 40-son, 503-modda)
21. Mijoz oldin xos raqam olgan boʻlsa, unda BDMABdan mijoz haqida amaldagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda javob qaytariladi. Bank xodimi BDMABdan olingan maʼlumotlarni mijoz taqdim etgan hujjatdagi maʼlumotlar bilan taqqoslaydi, ular mos kelgan holda, 2-soʻrov turi yordamida mijozga ikkilamchi hisobvaraqlar ochadi.
0-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlar roʻyxati 2-ilovada keltirilgan.
1-soʻrov turi. “Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish”
22. 1-soʻrov turi, bank mijozlariga milliy valyutada dastlabki asosiy depozit hisobvaragʻi ochishda ularga BDMABda xos raqam berish uchun moʻljallangan. Ushbu soʻrov faqat mijoz oldin BDMABdan xos raqam olmagan boʻlsagina shakllantiriladi.
23. Agarda yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari (filiallar, vakolatxonalar) STIR olib amal qilayotgan boʻlsa, BDMABga 1-soʻrov turini shakllantirishda ushbu filial (vakolatxona)larning guvohnomalaridagi maʼlumotlar va STIRi koʻrsatiladi hamda unga qoʻshimcha ravishda bosh korxonaning nomi, xos raqami va STIRi koʻrsatilishi shart.
Qolgan hollarda filiallar (vakolatxonalar) uchun BDMABga 2-soʻrov turi “0” belgi bilan shakllantiriladi hamda bosh korxonaning xos raqami va STIRi bilan hisobvaraq ochiladi, qolgan maʼlumotlar BDMABda dasturiy ravishda shakllanadi.
1-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 3-ilovada keltirilgan.
2-soʻrov turi. “Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish”
24. 2-soʻrov turi bankda mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochishda qoʻllaniladi.
25. BDMABda mijozlarning hisobvaraqlari mavjudligi tekshiriladi, soʻrovda koʻrsatilgan balans hisobvaragʻi va valyuta kodi boʻyicha ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlari koʻrsatiladi hamda hisobvaraq shakllantirilib, javob faylida bankka qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilgan boʻlsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi. Shuningdek, hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari asosida ochiladigan hisobvaraqlar, kredit (ssuda), 22600 (22696 dan tashqari), 23100, 23200 (23206 dan tashqari) va 23500 hisobvaraqlari bundan mustasno) hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-3, 30.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 40-son, 503-modda)
27. Agar mijoz boshqa bankdan oʻzining asosiy hisobvaragʻini koʻchirib oʻtayotgan boʻlsa, unda qabul qilayotgan bank mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 2-soʻrov turi “1” belgisi bilan shakllantirib BDMABga uzatishi shart.
2-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 4-ilovada keltirilgan.
3-soʻrov turi. “Hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish va hisobvaraq holati boʻyicha maʼlumot”
28. 3-soʻrov turi qonunchilikda koʻzda tutilgan hujjatlarga asoslangan holda, hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish uchun va ularning holati boʻyicha BDMAB bazasidan foydalanuvchilarga tegishli maʼlumotni uzatish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.
29. Barcha hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha soʻrov faqat asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan bank tomonidan qonunchilikda koʻzda tutilgan hollardagina shakllantiriladi.
30. Aniq bir hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish uchun soʻrov turini, ushbu hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankning oʻzigina shakllantirishi mumkin.
31. Aniq bir hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turishga 3-soʻrov turida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar BDMABga uzatiladi.
32. Aniq bir balans hisobvaragʻida ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turishda, valyuta kodi oʻrniga “VVV” uzatiladi, hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar, mijozning maʼlum bir valyutadagi barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish zarur boʻlsa, u holda valyuta kodi “VVV” oʻrniga, tegishli valyuta kodi uzatiladi.
33. Mijozning barcha turdagi valyutalari boʻyicha barcha hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turishda balans hisobvaragʻi oʻrniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi oʻrniga — “VVV” va hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” beriladi.
34. BDMABning maʼlumotlar bazasida 3-soʻrov turi qayta ishlangandan keyin, hisobvaraqlar vaziyatining “harakatda”gi maqomi “vaqtincha toʻxtatilgan” maqomiga oʻzgaradi. BDMAB 3-soʻrov turini shakllantirgan bankka hisobvaraqlar va banklar roʻyxatini tegishli javob bilan qaytaradi hamda hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari toʻxtatiladi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida boshqa bir bankning soʻrovi boʻyicha hisobvaraqlardan vaqtincha hisobdan chiqarish amallari toʻxtatilgan banklarga, quyidagilarni oʻz ichiga olgan javob fayllari (banklarning maʼlumotlar bazasini yangilash uchun) joʻnatiladi:
a) hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatish uchun soʻrovni joʻnatgan bank kodi;
b) hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatish uchun asos;
v) asos berilgan sana;
g) hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilganlik sabab belgisi;
d) mijozning hisobvaragʻi;
e) hisobvaraqdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana;
yo) oxirgi marotaba faoliyat koʻrsatgan sanasi.
35. BDMABdan, mijozning bank hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot olinganda, hisobvarakdan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sanasi bankning maʼlumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi. Ushbu hisobvaraqlar boʻyicha mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari hisobvaraqlarni harakatga keltirish toʻgʻrisida maʼlumot olingunga qadar vaqtincha toʻxtatiladi yoki asosiy hisobvaraq ochgan bankning asoslantirilgan elektron murojaatnomasiga binoan ikkilamchi hisobvaraqlardagi mablagʻni asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
36. Ikkilamchi hisobvaraqlardan mablagʻlarni mijozning roziligisiz (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno) asosiy hisobvaraqqa koʻchirilishi boʻyicha javobgarlik elektron murojaatnomani yuborgan bank zimmasiga yuklatiladi.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 35-modda) asosan savdo va savdo vositachilik bilan shugʻullanuvchi korxonalar 3 oy hamda boshqa korxonalar 6 oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi boʻyicha hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMABga, BDMABdan esa Davlat soliq qoʻmitasi uchun elektron maʼlumot uzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, BDMAB bazasiga “3” va “6” belgilar qoʻyib joʻnatilgan 3-soʻrov turi, faqat Davlat soliq organlariga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot sifatida kiritib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 5-ilovada keltirilgan.
4-soʻrov turi. “Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish”
38. 4-soʻrov turi bank tomonidan mijozning hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatilgan holatdan hisobdan chiqarishga ruxsat etilishida, yaʼni harakatga keltirishda shakllantiriladi. Ushbu soʻrov turi faqat BDMABga 3-soʻrov turini joʻnatgan banklar tomonidan shakllantiriladi.
39. Mijozning aniq bir hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirishda barcha koʻrsatilgan rekvizitlar 4-soʻrov turiga kiritiladi.
40. Aniq bir balans hisobvaragʻi boʻyicha mijozlarning barcha hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirishda, valyuta kodi oʻrniga “VVV” , tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” kiritib uzatiladi. Agar mijozning maʼlum bir valyuta boʻyicha barcha hisobvaraqlarini harakatga keltirish zarur boʻlsa, u holda valyuta kodi “VVV” oʻrniga tegishli valyuta kodi kiritib uzatiladi.
41. Mijozning barcha valyutalar boʻyicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan barcha hisobvaraqlarini harakatga keltirishda balans hisobvaragʻi oʻrniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi oʻrniga — “VVV”, hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” beriladi.
42. BDMABning maʼlumotlar bazasida 4-soʻrov turi qayta ishlangandan keyin hisobvaraqlar “vaqtincha toʻxtatilgan” maqomidan “harakatda”gi maqomiga almashtiriladi va bankka hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi toʻgʻrisida banklar roʻyxati bilan javob qaytariladi hamda hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlar harakatga keltiriladi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida boshqa bir bankning soʻrovi boʻyicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi toʻgʻrisida banklarga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan javob fayllari (banklarning maʼlumotlar bazasini yangilash uchun) joʻnatiladi:
a) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun soʻrovni joʻnatgan bank kodi;
b) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun asos;
v) asos berilgan sana;
g) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatilgan holatdan, harakatga keltirish sababi belgisi;
d) mijozning hisobvaragʻi;
e) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana;
yo) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarning harakatga keltirilgan sanasi.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 35-modda) asosan savdo va savdo vositachilik bilan shugʻullanuvchi korxonalar 3 oy hamda boshqa korxonalar 6 oy faoliyat koʻrsatmagan holda maʼlumot joʻnatilgandan soʻng toʻlovlar amalga oshirilsa, dasturiy ravishda 4-soʻrov turi “13” yoki “16” belgi, shuningdek toʻlov amalga oshirilgan sanani koʻrsatgan holda shakllantirilib BDMABga Davlat soliq qoʻmitasi uchun elektron maʼlumot sifatida uzatiladi.
Bunda, BDMAB bazasiga “13” va “16” belgilar qoʻyib joʻnatilgan 4-soʻrov turi, faqat Davlat soliq organlariga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar hisobvaraqlaridan toʻlovlar amalga oshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot sifatida kiritib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. BDMABdan mijozning hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirish toʻgʻrisidagi xabar olinganda, hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar boʻyicha hisobdan chiqarish amallarini bajarishga ruxsat etiladi.
4-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 6-ilovada keltirilgan.
5-soʻrov turi. “Mijozning BDMABdagi maʼlumotlarini oʻzgartirish”
45. 5-soʻrov turi faqat mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi ochilgan bank tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan birontasi oʻzgarganda shakllantiriladi.
46. BDMABda 5-soʻrov turi orqali mijozning barcha oldingi tarixiy tavsifnomalari saqlangan holda maʼlumotlari yangilanadi.
5-soʻrov va javob turlari koʻrsatkichlari roʻyxati 7-ilovada keltirilgan.
6-soʻrov turi. “Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka koʻchirish”
47. 6-soʻrov turi mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan boshqa bankka oʻtkazilishida shakllantiriladi.
48. Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini xizmat koʻrsatuvchi bankdan boshqa bankka koʻchirilishida:
a) mijoz boshqa bankka oʻtayotganda bank mijozning arizasi va qabul qilayotgan bankning rozilik xatiga asosan, uning asosiy depozit hisobvaragʻidagi qoldiqni boshqa bankka, yaʼni qabul qilayotgan bankning xatida koʻrsatilgan 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Oʻzida ochilgan asosiy depozit hisobvaraqni 6-soʻrov turini shakllantirib, shu kunning oʻzidayoq BDMABga joʻnatadi. BDMABga 6-soʻrov turi kelib tushganda hisobvaraq maqomi “aktiv”dan “boshqa bankka koʻchirilmoqda” holatiga oʻzgartiriladi;
b) mijozni qabul qilayotgan bank rozilik xati berishdan oldin mijozdan ariza va imzo namunalari varaqchasini qabul qiladi hamda mijozning yopiladigan hisobvaragʻidagi qoldiqni qabul qilish uchun oʻzida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻini ochishi shart. Qoldiqlar, ushbu hisobvaraqqa kelib tushgandan soʻng, keyingi ish kunidan kechikmagan holda hisobvaraqni qabul qilayotgan bank mijozning arizasiga hamda uning yuridik yigʻma jildi, imzo namunalari varaqchasidagi maʼlumotlarga asoslangan holda, BDMABga mijozning xos raqami boʻyicha unga asosiy depozit hisobvaraq ochish uchun 2-soʻrov turini “koʻchirilgan” belgi, yaʼni “1” belgi bilan joʻnatishi shart. Bunda BDMABdan soʻraladigan rekvizitlar boʻyicha hisobvaraqning mavjudligi “koʻchirilgan” belgi, yaʼni “1” belgi bilan tekshiriladi va ushbu rekvizitlar oʻzgartirilmagan holda (nazorat kalitidan tashqari) yangi hisobvaraq ochiladi;
v) agarda, asosiy hisobvaraqni qabul qilayotgan bank mijozga rozilik xati berib 6-soʻrov joʻnatilgandan soʻng, ikki bank ish kuni ichida 2-soʻrov turi bilan hisobvaraq ochmasa, BDMAB uchinchi bank ish kuni 6-soʻrov turini joʻnatgan bankka asosiy hisobvaraq koʻchirilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot joʻnatadi hamda hisobvaraq “boshqa bankka koʻchirilmoqda” holatidan yana “aktiv” holatiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
g) mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi bir bankdan boshqa bankka koʻchirilganda ikkilamchi depozit hisobvaraqlar yopilmaydi va asosiy depozit hisobvaraqning nazorat kalitidan tashqari barcha maʼlumotlar oʻzgarmagan holda saqlab qolinadi;
d) mijozning asosiy hisobvaragʻi 2-soʻrov turi bilan boshqa bank tomonidan qabul qilingandan soʻng, BDMABdan 6-soʻrov turini joʻnatgan bankka hisobvaraq yopilganligi hamda BDMABda hisobvaraq maqomi “aktiv” dan “boshqa bankka koʻchirilgan” maqomiga oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot joʻnatiladi.
49. BDMABdan javob fayli olingandan soʻng, ushbu hisobvaraq boʻyicha soʻrovni joʻnatgan bankda hisobvaraqning koʻchirilgan sanasi dasturiy ravishda bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. Shundan soʻng hisobvaraq “yopilgan va boshqa bankka koʻchirilgan” maqomini oladi hamda ushbu hisobvaraqdan toʻlovlar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 8-ilovada keltirilgan.
7-soʻrov turi. “Mijozning hisobvaragʻini yopish”
50. 7-soʻrov turi mijozning hisobvaragʻini yopish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.
51. Agar mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilayotgan boʻlsa, qaysi valyutada boʻlishidan qatʼi nazar, mijozning xos raqami bilan ochilgan barcha hisobvaraqlari yopilishi shart, aks holda, mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilmaydi.
52. Mijozning asosiy hisobvaragʻini yopishdan oldin bank BDMABga 8-soʻrov turini joʻnatib, mijozning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumot oladi va ushbu banklarga elektron pochta orqali hisobvaraqni yopishga asos boʻlgan hujjat raqami va sanasini koʻrsatib xat joʻnatadi.
53. Xatni olgan bank mijozning ikkilamchi hisobvaraqlarini, agar qoldigʻi boʻlmasa ushbu xatga asoslanib yopadi, agar hisobvaraqda qoldiq mavjud boʻlsa, uning asosiy hisobvaragʻiga koʻchiradi va shundan soʻng hisobvaraqni yopadi. Boshqa banklarda ikkilamchi hisobvaraqlarni yopilishiga hisobvaraqni yopish uchun asoslantirgan xat bergan bank hamda mijozning oʻzi javobgardir.
54. 7-soʻrov turi olinganda hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankka soʻrov qabul qilinganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida javob qaytariladi, keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda 7-soʻrov turiga asosan BDMABda koʻrsatilgan hisobvaraq maqomi “harakatdagi” dan “yopilgan”ga oʻzgartiriladi hamda banklarga bu haqda maʼlumot uzatiladi.
55. Bank BDMABda hisobvaraqlarni yopishda, 7-soʻrov turi bilan unga asos boʻlgan 1 ilovadagi belgilardan tegishlisini koʻrsatishi shart.
7-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 9-ilovada keltirilgan.
8-soʻrov turi. “Mijozning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish”
56. 8-soʻrov turi mijozning boshqa banklarda barcha valyuta kodlari boʻyicha ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun moʻljallangan.
57. Mijozning barcha depozit hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun 8-soʻrov turini faqatgina mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan bankning oʻzigina shakllantirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Mijozning asosiy depozit, ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun 8-soʻrov turini shu mijozga xizmat koʻrsatuvchi barcha bank filiallari yuborishi mumkin. Hisobvaraqlar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar “Bank siri” toʻgʻrisidagi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son, 144-modda) talablari asosida sir saqlanishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-3, 30.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 40-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
59. Aniq bir balans hisobvaragʻi (talab qilib olinguncha depozit, ssuda va boshqa hisobvaraqlar) roʻyxatini olish uchun, soʻrovda ushbu balans hisobvaraq raqami koʻrsatiladi.
60. Mijozlarning boshqa banklarda ochilgan barcha bank hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat qiluvchi bank tomonidan balans hisobvaragʻi oʻrniga beshta nol — “00000” uzatiladi.
BDMABda soʻrov turi tahlil qilinadi va mijozning soʻralgan hisobvaraqlari bilan banklar kodini koʻrsatgan holda, soʻrov joʻnatgan bankka javob qaytariladi.
8-soʻrov va javob turlari koʻrsatkichlari roʻyxati 10-ilovada keltirilgan.
9-soʻrov turi. “Mijozning xos raqami faolligini tugatish”
Oldingi tahrirga qarang.
61. 9-soʻrov turi — bank tomonidan yuridik shaxslar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tadbirkorlik subyekti boʻlmagan mijozlardan olingan davlat reyestridan/roʻyxatidan chiqarilganligi haqidagi qaror nusxasiga hamda tadbirkorlik subyektlari boʻyicha esa davlat reyestridan/roʻyxatidan chiqarilganligi haqidagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi”dagi maʼlumotlarga asosan mijozning xos raqami faolligini toʻxtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi.
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklariga berilgan xos raqamlar bekor qilingan vaqtida ham 9-soʻrov turi shakllantirilishi mumkin boʻlib, ularga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami bekor qilingani toʻgʻrisida maʼlumot davlat soliq organidan olingandagina amalga oshiriladi.
62. Bunda mijozning barcha hisobvaraqlari BDMABda quyidagi tartibda yopiladi:
a) mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan bank uning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari roʻyxatini 8-soʻrov turi bilan olishi kerak;
b) mijozning xos raqami faolligining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi munosabati bilan banklarga mijozning ikkilamchi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini (agar bor boʻlsa) asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib yopishi toʻgʻrisida asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank xabardor qilishi shart.
v) mijozning depozit va boshqa hisobvaraqlarini yopish 7-soʻrov turi bilan amalga oshiriladi;
g) mijozning xos raqami faolligi 9-soʻrov turi bilan toʻxtatiladi.
63. Mijozning xos raqami faolligini toʻxtatishda, uning barcha haqqoniy maʼlumotlari dasturiy ravishda BDMABning maʼlumotlar bazasidan elektron arxiv bazasiga oʻtkaziladi.
9-soʻrov va javob turlari koʻrsatkichlari roʻyxati 11-ilovada keltirilgan.
§
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
BDMABga tegishli soʻrovnoma joʻnatilganda, hisobvaraqlarni ochishda va qayta ochishda, aktiv operatsiyalarini vaqtincha toʻxtatishda, ularni harakatga keltirishda, boshqa bankka koʻchirishda va yopishda hamda DSQ uchun maʼlumot uzatilishida, quyidagi belgilar majburiy ravishda soʻrovnomaning tegishli katakchasida koʻrsatilishi shart:
“0” belgi — Banklar tomonidan ikkilamchi hisobvaraq ochishda BDMABga uzatiladi;
“1” belgi — Banklar mijozning arizasiga binoan uning asosiy hisobvaragʻini boshqa bankka oʻtkazilganda yoki oʻtkazish vaqtida hisobvaraqni qabul qilgan bank rozilik berganda uzatiladi;
“2” belgi — Qonunchilikda belgilangan tartibda, mijozning asosiy hisobvaragʻida 2-kartoteka vujudga kelgan holda, ularning ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini asosiy hisobvaragʻiga jamlash maqsadida, ularning ikkilamchi hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha maʼlumot dasturiy ravishda shakllantirilib, BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
“3” belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 35-modda) asosan moliya-xoʻjalik faoliyatini 3 oy mobaynida amalga oshirmagan savdo va savdo vositachilik korxonalari boʻyicha maʼlumot Davlat soliq qoʻmitasi hamda barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“4” belgi — Sudning qaroriga binoan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barcha hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha band solinganda va/yoki ularni yopishda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatilganda;
(1-ilovaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
“5” belgi — yopilgan asosiy depozit hisobvaraqni qayta ochish;
“6” belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 35-modda) asosan moliya-xoʻjalik faoliyatini 6 oy mobaynida amalga oshirmagan (“3” belgida koʻzda tutilgan korxonalardan tashqari) korxonalar boʻyicha maʼlumot Davlat soliq qoʻmitasi hamda barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“7” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar boʻyicha tegishli sudning qarori mavjud boʻlgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ikkilamchi hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish hamda bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvaragʻiga mablagʻ jamlash vaqtida BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
(1-ilovaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
“8” belgi — xoʻjalik yurituvchi subyektni ixtiyoriy tugatish vaqtida, uning mablagʻlarini tugatish komissiyasi ixtiyoriga oʻtkazish uchun, ikkilamchi hisobvaraq qoldiqlarini asosiy hisobvaragʻiga yigʻishda, ikkilamchi hisobvaraqlardan aktiv operatsiyalar vaqtincha toʻxtatilib, BDMAB orqali barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
“9” belgi — bankrot deb eʼlon qilingan korxona va tashkilotlarni ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini tugatish komissiyasi (tashqi boshqaruvchi) ixtiyoriga oʻtkazish uchun mablagʻlarni asosiy hisobvaraqqa yigʻishda BDMAB orqali barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
“10” belgi — 6-soʻrovnomada asosiy hisobvaraqni qabul qilishi koʻrsatilgan bank tomonidan asosiy hisobvaraqni qabul qilish toʻgʻrisida “1” belgi bilan 2-soʻrovnoma shakllantirilib, BDMABga ikki kun muddatda uzatilmagan taqdirda, BDMAB tomonidan dasturiy ravishda ushbu belgi shakllantirilib, 6-soʻrovnoma uzatgan bankka asosiy hisobvaraq yopilmaganligi va boshqa bankka koʻchirilmaganligini maʼlum qilgan holda uzatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“11” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar boʻyicha tegishli sudning qarori mavjud boʻlgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvaragʻiga mablagʻ jamlab boʻlingandan soʻng xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari yopilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
(1-ilovaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
“12” belgi — xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidagi majburiyatlari toʻliq tugatilganda hamda qonunchilikka muvofiq davlat soliq organlarining taqdimnomasiga binoan band qilingan ikkilamchi hisobvaraqlar harakatga keltirilganda;
“13” belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 35-modda) asosan 3 oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini koʻrsatmagan savdo va savdo vositachilik korxonalarining hisobvaragʻidan operatsiyalar amalga oshirilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga maʼlumot sifatida uzatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“14” belgi — Sudning qaroriga binoan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga solingan band bekor qilinganda;
(1-ilovaning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“15” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi birinchi qismiga muvofiq, mijozning oʻz arizasiga binoan hisobvaraqlar yopilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga maʼlumot sifatida uzatiladi;
(1-ilovaning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 14-martdagi 7/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-2, 02.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 159-modda)
“16” belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 35-modda) asosan 6 oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini koʻrsatmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (“13” belgida koʻzda tutilgan korxonalardan tashqari) hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga oshirilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga maʼlumot sifatida uzatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“17” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar boʻyicha tegishli sudning qarori mavjud boʻlgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvaragʻiga mablagʻ jamlash vaqtida aktiv operatsiyalarini vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan ikkilamchi hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
(1-ilovaning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
“18” belgi — Oʻzini-oʻzi tugatish vaqtida uning ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini asosiy hisobvaragʻiga jamlab boʻlinganda va ularni BDMABda yopilgandan soʻng uzatiladi;
“19” belgi — Bankrot deb eʼlon qilingan korxona va tashkilotlarni ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini asosiy hisobvaragʻiga jamlab boʻlinganda hamda ularni BDMABda harakatga keltirilgandan va /yoki yopilgandan soʻng uzatiladi;
“20” belgi — Bank likvidatsiya qilinishi munosabati bilan mazkur bank tomonidan xizmat koʻrsatiladigan mijoz hisobvaraqlari BDMABda dasturiy ravishda yopilganda BDMAB tomonidan uzatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“21” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qaroriga muvofiq ushbu soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“22” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qaroriga muvofiq ushbu soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan hisobvaraqlari sud qarori asosida qayta harakatga keltirilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
(1-ilovaning yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-5, 04.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 628-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mijozni identifikatsiyalash
Oldingi tahrirga qarang.
| 0-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning maqomi | + | + |
| 3. | Mijozning nomi | – | + |
| 4. | Mijoz turi | – | + |
| 5. | Rezidentlik belgisi | – | + |
| 6. | Mamlakat kodi | – | + |
| 7. | Roʻyxatga olgan tashkilot nomi | – | + |
| 8. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami | – | + |
| 9. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi | – | + |
| 10. | Roʻyxatga olgan tashkilotning viloyat kodi | + | + |
| 11. | Roʻyxatga olgan tashkilotning tuman kodi | + | + |
| 12. | Tashkiliy-huquqiy shakli kodi | – | + |
| 13. | Mulkchilik shakli kodi | – | –, + |
| 14. | Manzil kodi | – | –, + |
| 15. | Yuridik shaxs kodi | – | –, + |
| 16. | IFUT kodi | – | –, + |
| 17. | Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami | + | + |
| 18. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | – | + |
| 19. | Hisobvaraq ochilgan sana | – | + |
| 20. | Mijozga hisobvaraq ochgan bank kodi | – | + |
| 21. | Bosh korxonaning nomi | – | –, +�� |
| 22. | Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami | – | –, + |
| 23. | Bosh korxonaning STIRi | – | –, + |
| 24. | Hisobvaraq holati | – | + |
Izoh: 7, 8, 9, 10, 11-koʻrsatkichlarda soʻralgan maʼlumotlar turidan budjet tashkilotlari mustasno.
Nizom jadvalidagi “+” va “–” ishoralar quyidagi maʼnoni bildiradi:
“+” — soʻrov (javob) tarkibiga kiradi;
“–” — soʻrov (javob) tarkibiga kirmaydi;
“–, +” — soʻrov tarkibiga kirishi yoki kirmasligi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-4, 05.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 21-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish
Oldingi tahrirga qarang.
| 1-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning maqomi | + | + |
| 3. | Mijozning nomi | + | + |
| 4. | Mijoz turi | + | + |
| 5. | Rezidentlik belgisi | + | + |
| 6. | Mamlakat kodi | + | + |
| 7. | Roʻyxatga olgan tashkilot nomi | + | + |
| 8. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami | –, + | –, + |
| 9. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi | –, + | –, + |
| 10. | Roʻyxatga olgan tashkilotning viloyat kodi | + | + |
| 11. | Roʻyxatga olgan tashkilotning tuman kodi | + | + |
| 12. | Tashkiliy-huquqiy shakli kodi | –, + | –, + |
| 13. | Mulkchilik shakli kodi | + | –, + |
| 14. | Manzil kodi | –, + | –, + |
| 15. | Yuridik shaxs kodi | –, + | –, + |
| 16. | IFUT kodi | –, + | –, + |
| 17. | Mijozning STIRi | + | + |
| 18. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | – | + |
| 19. | Balans hisobvaragʻi | + | + |
| 20. | Valyuta kodi | + | + |
| 21. | Mijozning hisobvaragʻi | – | + |
| 22. | Hisobvaraq ochilgan sana | – | + |
| 23. | Hisobvaraqning tartib raqami | –, + | + |
| 24. | Bosh korxonaning nomi | –, + | + |
| 25. | Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami | –, + | + |
| 26. | Bosh korxonaning STIRi | –, + | + |
Izoh. Agar roʻyxatdan oʻtkaziladigan mijoz bosh korxonaga ega boʻlmasa, u holda 22, 23, 24-koʻrsatkichlar koʻrsatilmaydi va ularning oʻrniga “0” — nol uzatiladi. Soʻrov turining 10, 11, 12, 13, 14-koʻrsatkichlarida soʻralgan maʼlumotlarni yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari uchun uzatilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-4, 05.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 21-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish
Oldingi tahrirga qarang.
| 2-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning nomi | – | + |
| 3. | Mijoz turi | – | + |
| 4. | Rezidentlik belgisi | – | + |
| 5. | Mamlakat kodi | – | + |
| 6. | Roʻyxatga olgan tashkilot nomi | – | + |
| 7. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami | – | + |
| 8. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi | – | + |
| 9. | Tashkiliy-huquqiy shakli kodi | – | + |
| 10. | Mulkchilik shakli kodi | – | + |
| 11. | Manzil kodi | – | + |
| 12. | Yuridik shaxs kodi | – | + |
| 13. | IFUT kodi | – | + |
| 14. | Mijozning STIRi | – | + |
| 15. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 16. | Balans hisobvaragʻi | + | + |
| 17. | Valyuta kodi | + | + |
| 18. | Mijozning hisobvaragʻi | – | + |
| 19. | Hisobvaraq ochilgan sana | – | + |
| 20. | Hisobvaraqning tartib raqami | + | + |
| 21. | Bosh korxonaning nomi | –, + | + |
| 22. | Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami | –, + | + |
| 23. | Bosh korxonaning STIRi | –, + | + |
| 24. | Hisobvaraq ochish belgisi majburiy | + | + |
Izoh.
Hisobvaraq ochilishi belgisi quyidagi maʼnoni bildiradi:
1) “0” belgi — ikkilamchi hisobvaraq ochishda koʻrsatiladi;
2) “1” belgi — 6-soʻrov turi bilan boshqa bankdan oʻtkazilgan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqni ochishda koʻrsatiladi,
3) “5” belgi — 7-soʻrov turi bilan yopilgan asosiy depozit hisobvaraqni qayta ochishda koʻrsatiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-4, 05.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 21-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish
| 3-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 3. | Balans hisobvaragʻi | + | + |
| 4. | Valyuta kodi | + | + |
| 5. | Hisobvaraqning tartib raqami | + | + |
| 6. | Hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatish uchun asos | + | + |
| 7. | Asos berilgan sana | + | + |
| 8. | Hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana | – | + |
| 9. | Bank kodi | – | + |
| 10. | Mijozning hisobvaragʻi | – | + |
| 11*. | Hisobvarakdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilganlik sababi belgilari majburiy | + | + |
| 12*. | Mijoz hisobvaragʻidan oxirgi marotaba operatsiya amalga oshirilgan sana | + | + |
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilovaning Izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-1, 25.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 163-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish
| 4-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 3. | Balans hisobvaragʻi | + | + |
| 4. | Valyuta kodi | + | + |
| 5. | Hisobvaraqning tartib raqami | + | + |
| 6. | Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirish uchun asos | + | + |
| 7. | Asos berilgan sana | + | + |
| 8. | Hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana | – | + |
| 9. | Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirish sanasi | – | + |
| 10. | Bank kodi | – | + |
| 11. | Mijozning hisobvaragʻi | – | + |
| 12*. | Hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatilgan holatdan, harakatga keltirish belgisi majburiy | + | + |
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilovaning Izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-1, 25.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 163-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
7-ILOVA
Mijozlarning BDMABdagi maʼlumotlarini oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
| 5-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning nomi | + | + |
| 3. | Mijoz turi | + | + |
| 4. | Mijozning haqqoniy maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun asos | – | + |
| 5. | Mijozning STIRi | – | + |
| 6. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 7. | Roʻyxatga olgan tashkilot nomi | + | + |
| 8. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami | + | + |
| 9. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi | + | + |
| 10. | Roʻyxatga olgan tashkilotning viloyat kodi | + | + |
| 11. | Roʻyxatga olgan tashkilotning tuman kodi | + | + |
| 12. | Tashkiliy-huquqiy shakli kodi | –, + | + |
| 13. | Mulkchilik shakli kodi | + | + |
| 14. | Manzil kodi | –, + | + |
| 15. | Yuridik shaxs kodi | –, + | + |
| 16. | IFUT kodi | –, + | + |
| 17. | Rezidentlik belgisi | + | + |
| 18. | Mamlakat kodi | + | + |
| 19. | Haqqoniy maʼlumotlarning oʻzgarish sanasi | – | + |
| 20. | Bosh korxonaning STIRi | –, + | + |
| 21. | Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami | –, + | + |
| 22. | Bosh korxonaning nomi | – | + |
| 23. | Budjet tashkilotining eski asosiy budjet hisobvaragʻi | + | + |
| 24. | Budjet tashkilotining yangi asosiy budjetdan tashqari hisobvaragʻi | + | + |
| 25. | Asosiy hisobvaraq oʻzgartirilgan sana | – | + |
Izoh:
23-katakchada — Budjet tashkilotining eski asosiy budjet hisobvaragʻi (23404, 23426, 23430, 23432);
24-katakchada — Budjet tashkilotining yangi asosiy budjetdan tashqari hisobvaragʻi (20203, 20204, 21502, 21504, 21506).
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863-4, 05.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 21-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
8-ILOVA
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka koʻchirish
| 6-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 3. | Mijozning hisobvaragʻi | + | + |
| 4. | Hisobvaraq oʻtkazilayotgan bankning kodi | + | + |
| 5. | Hisobvaraq koʻchirilgan sana | – | + |
| 6. | Mijozning arizasiga binoan belgisi majburiy | + | + |
| 7. | Hisobvaraqni qabul qilayotgan bank roziligi | – | + |
| 8. | Hisobvaraq ochilgan sana | – | + |
6-katakchada “1” — mijozning arizasiga binoan boshqa bankka oʻtkazilganlik belgisi;
7-katakchada “1” — hisobvaraqni qabul qilgan bankning rozilik belgisi;
“10” belgi — 6-soʻrovnomada asosiy hisobvaraqni qabul qilishi koʻrsatilgan bank tomonidan asosiy hisobvaraqni qabul qilish toʻgʻrisida “1” belgi bilan 2-soʻrovnoma shakllantirilib, BDMABga ikki kun muddatda uzatilmagan taqdirda, BDMAB tomonidan dasturiy ravishda ushbu belgi shakllantirilib, 6-soʻrovnoma uzatgan bankka asosiy hisobvaraq yopilmaganligi va boshqa bankka koʻchirilmaganligini maʼlum qilgan holda uzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
9-ILOVA
Mijozlarning hisobvaraqlarini yopish
| 7-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 3. | Mijozning hisobvaragʻi | + | + |
| 4. | Hisobvaraqning yopilish sanasi | – | + |
| 5*. | Hisobvaraqni yopishning asos belgisi majburiy | + | + |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
10-ILOVA
Mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish
| 8-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 3. | Balans hisobvaragʻi | + | + |
| 4. | Bank kodi | – | + |
| 5. | Mijozning hisobvaragʻi | – | + |
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
11-ILOVA
Mijozning xos raqami faolligini tugatish
| 9-soʻrov turi | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Soʻrov | Javob |
| 1. | Bajarilish belgisi | – | + |
| 2. | Mijozning BDMABdagi xos raqami | + | + |
| 3. | Mijozning STIRi | + | + |
| 4. | Mijozning xos raqami faolligini toʻxtatish sanasi | + | + |
| 5. | Mijozning xos raqami faolligini toʻxtatishga asos va uning raqami | + | + |
| 6. | Asos sanasi | + | + |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda; 2010-y., 21-son, 163-modda; 2014-y., 14-son, 159-modda, 40-son, 503-modda; 2017-y., 1-son, 21-modda, 27-son, 628-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/1863-6/2118-son, 14.05.2019-y., 10/19/1863-7/3125-son; 23.01.2020-y., 10/20/1863-8/0074-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)