Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasining
Qarori
Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 24-sentabrda 1860-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/07-sonli qarori (roʻyxat raqami 1860-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 145-modda)
1. “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shakli 1-ilovaga muvofiq;
“Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shaklini toʻldirish boʻyicha qoidalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-avgust,
01/19-18/12-son
Davlat mulki qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | |
|
“Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shakli | |
| Baholovchi tashkilotining nomi | |
| Pochta manzili | |
| Litsenziya raqami va berilgan sanasi, hamda baholash faoliyatining yoʻnalishi | |
| Ustav kapitali | |
| Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami | |
| Professional baholovchilar birlashmalariga aʼzoligi | |
| Telefon/faks, e-mail | |
I. Baholovchi tashkiloti rahbari
| Koʻrsatkichning nomi | Satr raqami | |
| Rahbarning familiyasi, ismi va sharifi | 01 | |
| Rahbarning lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi | 02 | |
| Pasport maʼlumotlari, yashash joyi | 03 | |
| Rahbarga berilgan baholovchi malaka sertifikatining raqami va sanasi | 04 | |
| Malaka oshirish kursini oʻtgan joyi va sanasi | 05 | |
II. Tashkilot xodimlari soni
| Koʻrsatkichning nomi | Satr raqami | Hisobot davridagi holati |
| 1 | 2 | 3 |
| Xodimlar soni – jami, | 06 | |
| ulardan baholovchilar | 07 | |
| Shu jumladan: | | |
| a) shtatdagi baholovchilar | 08 | |
| b) fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan baholovchilar | 09 | |
|
Baholovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilingan baholovchilar) | |||
| Baholovchining familiyasi, ismi va sharifi | Lavozimga tayinlangan sana | Baholovchining malaka sertifikati raqami va berilgan vaqti | Malaka oshirish kursidan oʻtgan sanasi va joyi |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
| Koʻrsatkichning nomi | Satr raqami | Hisobot davrida | |
| shartnomalar soni | xizmatlar summasi | ||
| 1 | 2 | 3 | 4 |
| Xizmatlar hajmi — jami, | 10 | | |
| shu jumladan: | | | |
| Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona (obyekt)ni baholash | 11 | | |
| Bankrotlik tartibotlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan baholash ishlari | 12 | | |
| Moliya hisobini yuritish maqsadidagi baholash va/yoki asosiy fondlarni qayta baholash | 13 | | |
| Xatlangan mol-mulkni baholash | 14 | | |
| Garovga berilayotgan mulkni baholash | 15 | | |
| Ustav kapitaliga hissa sifatida kiritilayotgan mulkni baholash | 16 | | |
| Boshqa maqsadlardagi baholash | 17 | | |
| Baholash faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan professional xizmatlarini koʻrsatish | 18 | | |
| Baholangan mulk turiga qarab koʻrsatilgan xizmatlar hajmi | |||||
| Koʻrsatkichning nomi | Satr raqami | Hisobot davrida | Oʻtgan yilning mos davrida | ||
| shartnomalar soni | xizmatlar summasi | shartnomalar soni | xizmatlar summasi | ||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
| Baholash xizmatlari hajmi — jami, | 19 | | | | |
| shu jumladan: | | | | | |
| a) transport vositalarini baholash | 20 | | | | |
| b) mashina va uskunalarni baholash | 21 | | | | |
| v) intellektual mulkni baholash | 22 | | | | |
| g) qimmatbaho, yarim qimmatbaho va mayda zebu ziynat buyumlari yasashga yaraydigan toshlarni, qimmatbaho metallarni, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlarni baholash | 23 | | | | |
| d) koʻchmas mulkni baholash | 24 | | | | |
| e) biznesni (mulkiy majmua sifatidagi korxonani) baholash | 25 | | | | |
| j) ulushlar, aksiya paketlarini baholash | 26 | | | | |
| z) boshqa turdagi mulklarni baholash | 27 | | | | |
IV. Baholash hisobotlari va ekspert xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
| Baholash natijalari nomi | Satr raqami | Hisobot davrida | |
| tuzilganlar soni | tuzishni rad etish | ||
| 1 | 2 | 3 | 4 |
| Baholash hisobotlari | 28 | | |
| Ekspert xulosalari | 29 | | |
| Baholovchi tashkiloti rahbari | ________________ | ________________ | |
| | |
(familiyasi) |
(imzosi) |
| 20___ y. ___ ______________________ | |
M.Oʻ. | |
| (maʼlumotlar toʻldirilgan sana) | | | |
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mulki qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaklini toʻldirish boʻyicha
QOIDALAR
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (bundan keyingi oʻrinlarda — Maʼlumotlar) taqdim etish baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Maʼlumotlar pochta yoki Internet tarmogʻi orqali 31-dekabr holatiga koʻra keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etiladi. III va IV-boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan buyon jamlangan holda toʻldiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/07-sonli qarori (roʻyxat raqami 1860-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 145-modda)
3. Maʼlumotlarda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Baholovchi tashkilotda tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun) toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi. Maʼlumotlardagi yozuvlar yozuv mashinkalari, mexanizatsiya vositalari yoki axborot texnologiyalari yordamida bajarilishi lozim.
4. Maʼlumotlarning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
“Baholovchi tashkilotining nomi”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilotining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
“Pochta manzili”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) koʻrsatiladi;
“Litsenziya raqami va berilgan sanasi, hamda baholash faoliyatining yoʻnalishi”da — berilgan litsenziyaning raqami va sanasi koʻrsatilgan holda baholash faoliyatining yoʻnalishi koʻrsatiladi;
“Ustav kapitali”da — amalda shakllantirilgan ustav kapitalining summasi koʻrsatiladi;
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami”da — baholovchi tashkilotning identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
“Professional baholovchilar birlashmalariga aʼzoligi”da — baholovchi tashkilot aʼzo boʻlgan baholovchilar jamoat birlashmasining nomi qayd etiladi;
“Telefon/faks, e-mail”ida — baholovchi aloqa telefoni raqami, elektron pochtasi (e-mail)ning manzili koʻrsatiladi.
5. Baholovchi tashkiloti filiallarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar baholovchi tashkilotning Maʼlumotlariga kiritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maʼlumotlar baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, tashkilot muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/33-sonli (roʻyxat raqami 1860-2, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 22-son, 254-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Maʼlumotlarda boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
8. Maʼlumotlarda qiymatda ifodalangan koʻrsatkichlar ming soʻmda, boshqa koʻrsatkichlar — birlikda keltiriladi.
9. Baholovchi tashkilot amalda faoliyat koʻrsatgan vaqtidan qatʼi nazar, maʼlumotlar har yarim yilda toʻldiriladi.
II. Baholovchi tashkilot rahbari
10. “Baholovchi tashkiloti rahbari bobida quyidagilar koʻrsatiladi:
rahbarning familiyasi, ismi va sharifi (toʻliq) (01-satr);
rahbarning lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi (02-satr);
pasport maʼlumotlari, yashash joyi (pasport boʻyicha) (03-satr);
rahbarga berilgan baholovchi malaka sertifikatining raqami va sanasi (04-satr);
malaka oshirish kurslarini oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: kurslarni oʻtgan sanasi, kurslarni oʻtagan oʻquv markazining nomi (05-satr).
III. Tashkilot xodimlari soni
11. 06-satrda hisobot sanasi holatiga baholovchi tashkilotda ishlayotgan xodimlarning umumiy soni koʻrsatiladi.
12. 07-satrda hisobot sanasi holatiga baholovchi tashkilotda ishlayotgan baholovchilarning soni koʻrsatiladi. Qayd etilgan son shtatdagi baholovchilar (08-satr) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga (09-satr) asosan ishlayotgan auditorlar boʻyicha taqsimlanadi.
07-satr koʻrsatkichi 08 va 09-satrlarning koʻrsatkichlari yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
13. “Baholovchilar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilingan baholovchilar)” jadvalida baholovchining familiyasi, ismi va sharifi (1-ustun), uning lavozimga tayinlangan sanasi (2-ustun), malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3-ustun), baholovchi tomonidan malaka oshirilganligi sanasi va oʻtgan joyi (4-ustun) koʻrsatiladi.
Jadvalda koʻrsatilgan baholovchilarning soni 07-satrda keltirilgan songa teng boʻlishi lozim.
IV. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
14. 10-satrning 3 va 4-ustunlarida hisobot davrida tuzilgan shartnomalarning umumiy soni va koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy summasi, mos ravishda, qayd etiladi.
15. 11 — 18-satrlarning 3 va 4-ustunlarida baholashning turli maqsadlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan shartnomalar soni va koʻrsatilgan xizmatlar summasi, mos ravishda, qayd etiladi.
16. 10-satr koʻrsatkichlari 11 — 18-satrlarning koʻrsatkichlari yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
17. “Baholangan mulk turiga qarab koʻrsatilgan xizmatlar hajmi” jadvalida:
19-satrning 3 va 4-ustunlarida hisobot davrida baholash xizmatlari boʻyicha tuzilgan shartnomalarning umumiy soni va summasi, mos ravishda, qayd etiladi. 5 va 6-ustunlarda oʻtgan yilning tegishli davri boʻyicha xuddi shunday koʻrsatkichlar aks ettiriladi;
20 — 27-satrlarning 3 va 4-ustunlarida baholangan mulk turlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan shartnomalar soni va koʻrsatilgan xizmatlar summasi, mos ravishda, qayd etiladi. 5 va 6-ustunlarda oʻtgan yilning tegishli davri boʻyicha xuddi shunday koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
19-satr koʻrsatkichlari 20 — 27-satrlarning koʻrsatkichlari yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
V. Baholash hisobotlari va ekspert xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
18. 28-29-satrlardagi 3-ustunda taqdim etilgan baholash hisobotlari va ekspert xulosalarining umumiy soni koʻrsatiladi. 4-ustunda taqdim etilgan baholash hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzishning rad etish holatlari umumiy soni koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 401-modda; 2014-y., 13-son, 145-modda; 2016-y., 22-son, 254-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1860-3/2735-son)