24.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1860
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1860-3, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1860-3/2735-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (bundan keyingi o‘rinlarda — Ma’lumotlar) taqdim etish baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1860-3, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1860-3/2735-son)