22.09.2008 yildagi O‘RQ-181-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar) quyidagi mazmundagi 2411-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2411-modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi ––
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 345-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 97––103, 141––149, 175, 1841, 205––212, 215, 218––221, 230––236, 2411, 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 279––302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 150––163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 104––140, 164––166, 168––173, 183, 186––1862, 193––204, 213, 214, 216–217, 222, 224––2292, 243, 244, 245, 247––264, 266––2786-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan barcha jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 167, 176––181, 184, 185––1852, 188––192, 2441––2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 237––241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tergovning har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qatʼi nazar, bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoxud fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qoʻzgʻatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 382-modda uchinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisi “zarur hollarda” degan soʻzlardan keyin “ushbu Kodeksga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 28-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisi “zarur hollarda” degan soʻzlardan keyin “jinoyat-protsessual qonunga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 29-moddaning ikkinchi qismi “Prokuror” degan soʻzdan keyin “jinoyat-protsessual qonunga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 56-moddaning beshinchi qismi “atama zamirida” degan soʻzlardan keyin “oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-181-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 390-modda)