Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 8 AVGUSTDAGI 174-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X.Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2008-yil 20-sentabr,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovada:
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash sxemasidagi Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga koʻrsatmalar Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
v) qarorga 3-ilovadagi “Komilov A.A.” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus davlat komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi 295-son qaroriga 3-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 53-modda):
“Qosimov S.Q. — yetakchi mutaxassis (yurist)” soʻzlari “lavozimiga koʻra — yetakchi mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ismoilov B.J.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Abrorov Z.Z.” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 61-modda):
a) 1-ilovaning 14-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-noyabrdagi 515-son qaroriga 2-ilovadagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 121-modda) “Qosimov M.O.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 6-ilovadagi “Axmadjonov F.M.” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 18-ilovada:
“Mamadaliyev R.M.” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Badalov S.S.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Abdullayeva Sh.R. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 19-ilovadagi “Axmadjonov F.M.” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 21-ilovadagi “Turgunov D.A.” va “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Konlarning Kandim guruhi uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qarorining 5-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qarori 1-bandining beshinchi va oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga 3-ilovadagi “Badalov S.S.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra” va Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 394-modda; 2009-y., 26-son, 297-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 32-son, 433-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son; 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)